Xulosalar
1.Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi
savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi,
ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq
iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi.
2.Xalqaro valyuta-moliya tizimida quyidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
elementlar turadi (ularga nisbatan alohida tizimlar sifatida qarash ham mumkin:
•
valyuta munosabatlari, milliy valyutani o‘zaro konvertatsiyasi,
valyuta kurslarini boshqarish mexanizmi va muomala sharoitlari;
•
moliyaviy munosabatlar, xalqaro moliya bozori va savdo mexanizmi
shaklidagi moliyaviy instrumentlar (valyuta, qimmatli qog‘ozlar,
kreditlar);
•
iqtisodiy munosabatlar, xalqaro hisob-kitoblar jarayoni
yig‘indisi, mamlakatni to‘lov balansini ifodasi. Xalqaro hisobkitoblar tovar va xizmatlar
harakatiga xizmat qiladi, shuningdek, ishlab
chiqarish, valyuta, qimmatli qog‘ozlar va kreditlar olish bo‘lib xizmat
qiladi.
201
3.Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan
belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi.
4.
Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan
bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini
taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-
tadbirlari hisoblanadi.
Nazorat savollari
XULOSA
Xulosa o’rnida shularninaytib o’tish kerakki ,birinchi navbatta bu islohotlarning
hammasi xalqimiz yashash tarzini yaxshilash , mamlakarimiz rivojlanishi va
raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirib chiqarish uchun olib boorilayotgani bejiz
emas.Keyingi paytlarda mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularni
rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 2008-2016- yillar davomida
mamlakatimizda atigi 3 ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat olib borgan bo’lsa,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmon va qarorlari asosida keyingii qisqa
vaqt mobaynida ularning soni 21 taga yettdi . Bugungi kunda Respublikamzida 10 ta erkin
ishlab chiqarish zonasi, 8 ta farmasevtika , 1 tadan turizm , baliq xo’jaligi hamda
agrosanoat sohasini rivojlantirish yo’nalishidagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyat
yuritmoqda . Erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 3660.5 million doolarga teng
(ulardan tog’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya 1544 million dollar ) 629 ta loyiha
maqullangan . Mazkur loyihaning 158 tasi hayotga tadbiq etilgan , 431 tasi amalga
oshirilmoqda , yana 40 tasi istiqbolli loyihadir. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki
tashqi bozorda ham xaridorgir bo’lgan yengil sanoat , kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari,
elektr texnikasi buyumlari , zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonalar tomonidan jami 194 million dollarlik
mahsulot eksport qilindi.
Davlatimiz rahabarining 2016-yil 26-oktyabridagi farmoniga muvofiq, erkin iqtisodiy
zonalar uchum yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi. Ularning ishtirokchilari bir qator
to’lovlardan ozod qilindi. . Erkin iqtisodiy zonalar hududlarda ishlab chiqarish hamda
resurs salohiyatlaridan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari
202
ochish, pirovardida aholi daromadi va turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat
qiladi . Shu bilan birga chetga ketib ishlab keluvchilar sonining kamayishiga olib keldi.
1.Valyuta munosabatlari va uning mohiyatini ayting.
2.Xalqaro valyuta - moliya tizimi va uning elementi xaqida tushuncha bering.
3.Milliy va chet el valyutalari.
4.Valyutani konvertatsiyasiga izoh bering.
5. Pul kredit siyosatining mohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |