M. R. Tursunova xalqaro menejment



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

Отформатировано: Шрифт: Times New Roman, узбекский
(кириллица)
57 


ko’pchiligi esa 2003 yilda tugatiladi. Energoresurslar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, 
avtomobillar va to’qimachilik tovarlari bozorini asta-sekin liberallashtirish mo’ljallangan. 
Meksika qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha har bir shimoliy sherik bilan alohida 
ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o’z bozoriga Kanada va AQShning 
yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini ta’minlash uchun Amerika va Kanadada ishlab 
chiqarilgan kompyuterlarga avvalgi 20%lik boj to’lovini butunlay olib tashladi, uchinchi 
mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to’lovi asta-sekin 3,9%gacha pasaytiriladi. 
Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika bozoridan arzon yapon va Janubiy Koreya 
texnikasini siqib chiqarish imkoniyati beriladi. 10 yil mobaynida Meksika avtomobillar 
importiga ko’pgina cheklashlarni olib tashlashi kerak, bu esa amerika eksportyorlariga 
bozorni kengaytirish imkonini beradi. Meksika banklar va sug’urta kompaniyalarida 
xorijiy firmalarning ishtirok etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa 
Amerika va Kanada moliyaviy kapitalining Meksika sug’urta bozorining 3 dan 1 qismini 
egallash imkoniyatini yaratadi. 
4.4. ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari 
1967 yilda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida 
tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo rivojlanayotgan mamlakatlari mintaqaviy 
integratsion guruhi o’zining 40 yillik faoliyati davomida iqtisodiy rivojlanishi, diniy 
e’tiqodlari, etnik xususiyatlari bo’yicha keskin farqlanuvchi mamlakatlar o’rtasida 
kelishuvlarga erishish qobiliyatini namoyish etdi va 90-yillar oxirida AQSh, YeI va 
Yaponiyadan so’ng dunyoda tovar aylanishi bo’yicha to’rtinchi o’rinni egalladi. ASEAN 
mamlakatlari murakkab va ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarishni tobora 
rivojlantirmoqda. 
ASEAN miqyosida milliy va xorijiy kompaniyalar hamkorligi rivojlanishiga 
ko’maklashish “ASEANda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan mahsulot ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalarga berilgan imtiyozlarda namoyon bo’ladi. Bunday belgi bilan chiqariladigan 
mahsulotlarda ASEAN mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentlar ulushi 40 % dan 
kam bo’lmasligi kerak. 
58 


Yaponiya TMKlari samarali, zamonaviy texnologiyaga asoslangan yapon industriyasi 
bilan bog’langan sanoat tuzilmalarini o’z sheriklari sifatida shakllantirish maqsadida 
o’zining osiyo filiallari va mahalliy yetkazib beruvchilar ishlab chiqarishini mintaqaviy 
ko’lamda muvofiqlashtiradilar. Bunday hamkorlikka misol qilib, “TOYOTA” firmasi 
avtomobillarini ASEANning to’rtta mamlakatida ishlab chiqarilishini keltirish mumkin. 
Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida XXI asr boshida 
ASEAN miqyosida yerga va qator sanoat tarmoqlaridagi korxonalarga yuz foizlik xorijiy 
mulkchilikka ruxsat etish, erkin investitsiyalar hududini (xorijiy kompaniyalar huquqlari 
mahalliy sarmoyadorlar huquqlariga tenglashtiriladi) tashkil qilish, valuta 
chayqovchilariga qarshi keskin cheklovlar kiritish, mintaqa miqyosida ko’pchilik 
mahsulotlarga boj tariflarini pasaytirish mo’ljallanmoqda. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish