Statsionar va nostatsionar sistemalar
Barcha parametrlari vaqtga bog‘liq bo'lmagan sistema statsionar sistema deyiladi. Nostatsionar sistemaning ba’zi parametrlari vaqtga bog‘liq bo‘lib, ular vaqt bo‘yicha funksiyalar deyiladi. Bu sistemalami matematik tavsiflaganda differensial tenglamaning ba’zi koeffitsiyentlari vaqtga bog'liq bo‘ladi. Statsionar sistemalardan farqli o‘laroq nostatsionar sistemalaming tashqi ta’sirga reaksiyasi ushbu ta’siming qo‘yilish momentiga bog‘liq bo‘ladi.
Nostatsionar sistemaning yaqqol misoli sifatida raketaning boshqarish sistemasini ko'rsatish mumkin, bu holda raketaning massasi vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |