ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-846-850 Academic Research, Uzbekistan 848 www.ares.uz So‗nggi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy
manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan
zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar
yo‗naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport
qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Kichik qishloq xo‗jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali
mexanizmlari to‗liq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha
qolmoqda.
Xalqaro standartlar va havfsizlik sifat talablariga javob beradigan ishlab
chiqarish va sinov laboratoriyalar, ulgurji bozorlar va logistika markazlari,
shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini
fitosanitariya nazoratidan o‗tkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi ―
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi to‗g‗risidagi
umumiy texnik reglament‖ 119-sonli qarorida tehnik reglamentning quyidagi
maqsadi
va
qo`llash
doirasi
belgilab
qo`yilgan:
- Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi
to‗g‗risidagi umumiy texnik reglament insonning hayoti va sog‗lig‗iga zarar
yetkazilishidan saqlash maqsadida meva, sabzavotlar va rezavor mevalardan
tayyorlangan sharbat mahsulotlarining xavfsizligiga bo‗lgan talablarni belgilaydi.
- Texnik reglamentning texnik jihatdan tartibga solinadigan obyektlariga ishlab
chiqarish texnologik jarayonlari, transportda tashish, saqlash va tashishga bo‗lgan
talablar o‗rnatilgan meva va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan
tayyorlangan sharbat mahsulotlari kiradi.
Texnik reglament odamlarning hayoti va sog‗lig‗ini muhofaza qilish va sotib
oluvchilarning (iste‘molchilarning) adashishiga olib keluvchi harakatlardan
ogohlantirish maqsadida obyektlarga nisbatan quyidagi talablarni o‗rnatadi:
-mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan
sharbat mahsulotlariga qo‗yiladigan talablar;
-mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan
sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va tashish
jarayonlariga qo‗yiladigan talablar;
-mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan
sharbat mahsulotlarini identifikatsiya qilish qoidalari;