M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu. Xavf ostida qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish



Download 383,96 Kb.
bet25/43
Sana24.06.2022
Hajmi383,96 Kb.
#698092
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
8057ef32de526df47292716c72635b17 bolalar orginal

4-mavzu. Xavf ostida qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish.
Ijtimoiy ish xodimlar faoliyatida deviant xulqlilar bilan ishlash xususiyatlari. Deviant xulq-atvorni oldini olish yo’llari. Deviant xulqlilar bilan ishlashda ijtimoiy ish hodimining kasbiy va ahloqiy sifatlari. Deviantlikning shakllanishi va yo’nalishi. Deviant xulqlilar bilan ishlashga ixtisoslashtirilgan ijtimoiy ish muassasalari faoliyati. Horijiy mamlakatlarda ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xizmatning shakllanishi. Horijiy mamlakatlarda deviant xulqlilar bilan ijtimoiy ishni tashkil yetish. Deviant hulq-atvor turlari va ijtimoiy ish. Ijimoiy deviantlik: umumiy tushunchalar. Turmush tarzi va ijtimoiy me’yor.Ijtimoiy deviantlikning sabablari. Deviant xulq-atvor mexanizmi. Jinoyatchilik va ijtmoiy ish. Ichkilikbozlik va ijtimoiy ish. Giyohvandlik va ijtimoiy ish. O’z joniga qasd qilish va ijtimoiy ish. Fohishabozlik va ijtimoiy ish. Daydilar bilan ijtimoiy ish olib borish. Oilaviy zulm va ijtimoiy ish. O’smir Yoshlar va ijtimoiy ish.
Pedagogikaning asosiy mezoni-tarbiya. Tarbiya - ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs axloqiy hislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko’rib chiqadi.
Birok, bu tarbiya jarayoni har doim ham yetarli darajada samarali bo’lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko’rib-chiqib, ko’rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalar shakllanishi kerak ularning shakllanish jarayoni masalan, otaga, onaga bo’lgan g’amxo’r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog’liq. Agar qandaydir sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, demak munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir mos hislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamaiyatga ega bo’lgan hislatlar shakllangan bo’lishi kerak shuni o’zi ijtimoiy tarbiyani vazifasidir. Ya’ni ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi hislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushiniladi.
Tarbiya jarayoni – uni tiklash, rivojlantirish va hayotda joriy qilish, ta’lim, milliy, ma’naviy – axloqiy qadriyat va normalar bilan bevosita bog’liq. Ular xalq pedagogikasi, urf – odatlari, bayramlari, o’yinlari va boshqalarda o’z ifodasini topadi». Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Ma’rifatparvarlar», «Oltin meros», «Tarixchilar», «Faylasuflar» va boshqa jamoat tashkilotlari, jamg’armalari yuqorida qo’yilgan vazifalarni hal etishga katta imkoniyatlariga egadir.
Tarbiyasi «qiyin» o’smirlar anomalligi o’qishda (o’qishi qiyin, yomon kechali, dangasa) va xulqida (intizom va tarbiyaga rioya qilmaydi) namoyon bo’ladi. «Qiyin bolalar» - jamiyatga zid yo’nalishdagi, beqaror axloqli, irodasi bo’sh, pedagogik ta’siriga doim qarshilik ko’rsatib keluvchi Yoshlardir. Maktab miqyosida ular ko’p uchramaydi (bir sinfda ikki – uchtadan). Ammo sinf, maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. «Qiyin» bolalar o’quvchilarning kam qismini tashkil etsa ham ular o’quv – tarbiyaviy ishlarda barqarorlikka jiddiy to’siq bo’ladilar. Ular maktabda va undan tashqarida (oilada, ko’chada, dam olish joylarida va x.k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashqarida ham o’qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak.
Tarbiyasi qiyin bo’lganlarning kelib chiqishining ijtimoiy – psixologik va psixologik – pedagogik sabab va omillarni besh guruhga ajratish mumkin:
1. Noqulay oilaviy muhit, ota – onalari o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar.
O’qishga bo’lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o’qishdan sovib ketishi (60 – 70 % voyaga yetmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o’qigan).
3. Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay holat mavjud.
4. Mikro muhitning salbiy ta’siri, salbiy referent guruh ta’siri.
5. Biror faoliyat yuzasidan o’z moyilligini, qiziqishini namoyon qilish imkoniyati bo’lmasligi.
Deviasiya va uning turlari.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti - harakatlar, qoidalar va me’yorlardan chekingan o’smirlarni og’ir yoki tarbiyasi qiyin yoki tarbiyasi og’ir o’smirlar deb atashadi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar deganda turli xil sabablarga ko’ra pedagogik ta’sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o’rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi og’ir o’smirlarni ilmda deviasiya deb atashadi.
Deviant hatti-harakat — bu psixik sog’lom shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalarni buzish hollaridir.
Deviasiya — bu ijtimoiy pedagogik muammo bo’lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o’zgarish hollari bilan borliq. Bu hol, ayniqsa, o’smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo’lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo — fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqada jihatlarida o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar o’z navbatida ularning psixikasida o’zgarishlar ro’y berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o’zini tutishida o’zgarishlar ro’y berib, ularni ko’proq «Men kimman?» - degan savol qiynaydi.
Deviasiya o’z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti — harakatlarni birlashtiradi.
(Deviant hatti — harakat — bu kichik ijtimoiy munosabatlar (sila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorlardan, hatti — harakatlar va qoidalardan og’ish, chekinishning bir turidir.! Ya’ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o’z boshimchalikka yo’l qo’yish, bolalar va o’smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assosial xarakatlarga berilish kabilar deviant xarakatlarning asosiy ko’rinishlaridir. Ma’lum vaziyatlarda bolalar va o’smirlarning shu kabi hatti — harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir.
Delinkvent hatti - harakat - deviant harakatlardan farqli ularoq ular vaziyat ta’sirida emas, balki yuqoridagi kabi assosial harakatlarning doimiy harakterga ega bo’lishidir. Delinkvent harakatlarning quyidagi turlari mavjud:
haqoratlash, xo’rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv bosqinchilik harakatlar;
kichik o’g’riliklar, ta’magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlarni o’g’irlash kabi moddiy fonda ko’rishga qaratilgan o’z shaxsiy manfaati yo’lidagi harakatlar;
narkotiklar sotish va tarkatish.
Kriminal hatti — harakat — bu jinoiy javobgarchilikka tortilishta yoshi yetgan shaxslarning xuquklarga zid harakatlari bo’lib, ular ustidan jinoiy ish ko’zg’atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent harakatlar asos yaratadi. Deviant harakterlarning asosiy sabablari bolalar, o’smirlar va umuman ba’zi jamiyat a’zolarining jamiyat tan olgan me’yorlarga zid keluvchi hatti — harakatlarni namoyon etishi — bu birdaniga, o’z-o’zidan bo’ladigan hodisa emas. Ya’ni o’sha insonlarning shunday yo’l tutishiga nimadir sabab bo’ladi. Ya’ni xar bir fazilat o’z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan turli xil faktorlarga bog’liq: irsiy, muhit, tarbiya, iisonning shaxsiy amaliy faoliyati va x.k.
Voyaga yetmagan Yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan:
1.Biologik faktorlar, ya’ni bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar: Ularga:
genetik (o’ta aqli zaiflar, ko’rlar, karlar va x.k),
psixofiziologik (ya’ni inson organizmiga salbiy ta’sir
ko’rsatuvchi, somatik xarakatlarni, allergiyalar va toksik
kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, kimyoviy
moddalar, energiyalar va x. k),
fiziologik (atrofdagilarda nohush kayfiyat uyg’otuvchi
tashqi qiyofa, tilning duduqligi va x..k)
Psixologik faktorlar, ya’ni insondagi psixopotologik yoki
aksentuant (xaddan tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab
kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi kasalliklardir)
Ijtimoiy—pedagogik faktorlar, ya’ni bolalik davridan
boshlab maktab, oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuqsonlar.
Ijtimoiy — iqtisodiy faktorlar, ya’ni bu jamiyatdagi
ijtimoiy tengsizlikdir: jamiyatning boylar va kambag’allar deb
ajratilishi, xalqning ma’lum qismining qashshoqlanib qolishi,
oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyasiya va x.k.
Ma’naviy— axloqiy faktorlar. Ularga birinchidan,
jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning
ma’naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, muayyan jamiyatning
undagi ro’y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, lokaydlik
kiradi.
Deviasiya konsepsiyasida reabilitasiya, profilaktika va korreksiya masalalari.
Deviant hatti — harakatdagi bolalar va o’smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitasiya va korreksiya ishlari amalga oshiriladi.
Reabilitasiya — bu bola shaxsining xuquqi, xuquqiy status, sog’ligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko’p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korreksiya singari aspektlarni o’z ichiga oladi.
Profilaktika — bu reabilitasiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo’qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko’proq ijtimoiy muhit bilan bog’liqdir.
Korreksiya — bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o’smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.
Ijtimoiy-pedagog faoliyati metodikasi va texnologiyasi.
Metodlar -o’rganilayotgan obyektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullaridir ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi bo’lib, uning metodlarini pedagogikada qo’llanadigan tarbiyalash va o’qitishning an’anaviy metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o’zgarib bormoqda. Yana shuni yodda tutish kerakki, buning diqqat markazimizda bola va uni o’rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayon hal qilishga yordam beradi . Ijtimoiy pedagogika bola bilan bevosita yoki bilvosita - oila, do’stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o’tkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarilishi yoki, bola bilan uzoq vaqt davomida ishlashi mumkin oqliqligini hisobga olamiz.
Ijtimoiy pedagog metodlar orqali bolaning ongi, xulqi his-tuyg’ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o’tkazilish hamda uni o’rab turgan ijtimoiy muhitga ta’sir o’tkazilishi mumkin.
Metodlar - bolaning ijtimoiylashilishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to’plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o’zaro boqliq hatti- harakatlari usullaridir. Ijtimoiy pedagogika ham pedagogikaning eng yangi sohalaridan biri bo’lib, ijtimoiy - pedagogik faoliyat yangi shakllanayotgani uchun uning metodlar tizimi haqida gapirish juda erta .
Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida o’z kasbiy faoliyatni bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashkil topgan metodlarni egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir - birlari bilan bog’liqki, metodlar va usullar holatda vositalar rolini bajarishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi metodlari keng qo’llaniladi, Bu metodni qo’llashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko’ra odob - axloqning umumqabul qilingan me’yorlari shakllanmagan yoki noto’g’ri shakllangan bola bilan ish olib boradilar.
Shu jamiyatga qabul qilishgan hayot me’yorlari, ular to’g’risidagi to’g’ri va aniq tasavvurning yuzaga kelishi, og’ir - oqibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi o’rnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi tasavvur bilan boqliq.
Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulqi va faoliyoti motivlariga ko’chirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi.
E’tiqod - bu bolaning ma’naviy bilimlarining xaqiqiyligi va adolatliliga qat’iy ishonch bo’lib, u shaxsning ahloqiy faoliyatga va harakatiga ichki xohishdir.
E’tiqod - bu muayyan harakatning zarurligi va to’g’riligi tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, his-tuyg’ulari va irodasiga ta’sir o’tkazadi.
Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning xulqi, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur.
Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir.
Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar oldiga vazifa qo’yilib, axloq - odob qoidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat.
Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum bo’lgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni hikoya, leksiya, suhbat, disput.
Hikoya va leksiya - bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning monologik formasi.
Hikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda qo’llaniladi, u uzoq vaqt cho’zilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi.
Leksiya katta yoshdagi bolalariga qo’llaniladi, vaqti uzoqroq bo’lib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanium, do’stlik, yaxshilik) ni ochib beradi.
Suhbat va disput - dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlash muhim. Suhbat - bu savol - javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki, savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin.
O’smirlar uchun disput metodi qo’llanadi, bu metod fikrlarini shakllantiradi.
Shunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning to’g’riligi va zarurligini tushuntirish va isbotlash. Agar ishontirish bola ongini «programmalashtirilsa, mashq qilish bilim - ko’nikma va malakalarini shakllantiradi».
Mashq qilish ohir - oqibatda bolalarda odob - axloqni shakllantirishi uchun zarur.
Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur bo’lgan ko’nikma va odat hosil bo’lib, mustahkamlanishga qadar bo’lgan ko’p marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Ko’nikma va odatlarning shakllanishi quyidagi usullardan iborat: vazifani qo’yish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uyg’otish, amalda qilib ko’rsatish, amalliy mashqni tashkil qilishi, talab qo’yishi, talabni bajarishni zslatish va uniig bajarilishini kuzatib borish. Malaka va odat o’rtasida ma’lum distansiya bor. Bu malakani shakllantiramiz keyin ma’lum vaqt muntazam mustahkamlab borib, uni odatga aylantiramiz.
Mashq qilishi metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini o’yin shaklida tashkil qilishi orqali oshadi.
Mashq qilishi va ishontirish metodlari o’zaro chambarchas boqliq..
Ijtimoiy pedagogik metodlar orasida muhim guruhni korreksiya metodlari tashkil qiladi, unga rag’batlantirish va jazolash metodlari kiradi.
Ijtimoiy - pedagogogika tarixi guvohlik beradiki, rag’batlantirishi va jazolash - bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari. Rag’batlantirish va jazolash bir maqsadga yo’naltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni bola harakterida shakllantiradi.
Lekin bu maqsad turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: rag’batlantirish harakat va holatni ma’qullaydi, jazolash noto’g’ri harakat va faoliyatni qoralaydi, unga yomon baho beradi. Jazolash va rag’batlantirish bola harakati va uning oqibati orasidagi muqarrar boqliqlikni eslatadi (rag’batlantirish - qoniqish, jazo - norozilik).
Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qo’llanilishi mumkin.
Modomiki, bolalarda adashish va hato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogohlantirish, qiziqishlarini o’zgartirish va jazolash metodlarni qo’llash mumkin.
Qayta ishontirish bola ongidan noto’g’ri tasavvurlar, hato hayotiy rejalarni, aqliy tasavvurlar va qarashlar orqali surib chiqarish. Bu ishontirish metodining bir turidir .
Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qo’llaniladi va u bola noto’g’ri harakatni oldini oladi va noto’g’ri faoliyatga yo’l qo’ymaydi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohda emas balki bir - biri bilan bog’iq holda qo’llaniladi.
Ijtimoilashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar.
Ijtimoiy maqom va o’rinlar, ijtimoiy o’zini tutish me’yor va kiradilar.Haqida ko’pgina bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek integrasiyasn va jamiyatta kirishiga yordam beraligan turli xil malaka va ko’nikmalarni egallaydi. Agar normal bolada normal bola (jismonan va psixik
sog’lom) tug’ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlariga ko’ra sodir bo’ladi. Bola avval jismoniy maqomni o’zlashtiradi, unda yo’lini topishga o’rganildi: emaklash, o’tirish, yurish, yugirish va h.
Bola yaqin kishilarini ajratadi otani, onani, aka-ukalarini o’z ismiga egaligiga o’rganadi, o’nta javob berishni boshlaydi. Bolada ijtimoiy xush ko’rishlar, his tuyg’ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishda nuh xazinasidagi bor narsa til
yordamida bola diliga o’tadi. Tilda xalq tarixi, harakteri, odatlari, an’nalari saqlanib qoladi. Tilni o’zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy an’analarni ham o’zlashtiradi. Eng muhim bo’lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o’yinlarda sodir bo’ladi. O’yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi. Agar bolalar jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug’ilsa, unla ijtimoiy tajribani o’zlashtirilishi ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug’ilsa bu haqida bolaning ijtimoiy tiklanishi ko’p holda bunga tayyor bo’lmagan ota-onalar zimmasiga to’lanadi. Bola o’zi uchun zarur bo’lgan muhitlaridan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so’ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap.

5-mavzu. Asotsial xodisalarni oldini olish va Yoshlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish




Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo`nalishlari quyidagilardan iborat: 
psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik, huquqiy yordam ko`rsatish va voyaga yetmaganlar hamda boshqa yosh fuqarolarga maslahat berish;
jismoniy nuqsonlari tufayli juda noqulay sharoitda qolgan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko`rsatish;
yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko`rsatish;
mehnat va o`quv jamoalarida Yoshlarni huquqiy himoya qilish;
voyaga yetmagan huquqbuzarlarga maxsus tarbiya muassasalarida ijtimoiy yordam ko`rsatish;
ozodlikdan mahrum etish va maxsus muassasalaridan qaytgan yosh fuqarolarni ijtimoiy jihatdan tiklash (ko`niktirish);
Yoshlarning jamoa bo`lib va yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishlarini qo`llab-quvvatlash hamda bu faoliyatni rivojlantirish;
huquqiy tashviqot, Yoshlarni ishga joylashish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlik ko`rish, bo`sh vaqtni mazmunli o`tkazish, turizm va sport bilan shug`ullanish sohasidagi manfaatlarini ro`yobga chiqarishlari uchun mavjud imkoniyatlar to`g`risida xabardor etish;
Yoshlarning o`zini o`zi boshqarish shakllarini rivojlantirish;
Yoshlarning yashash joylarida o`z bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlarini tashkil etishga ko`maklashish va Yoshlarga yordam ko`rsatish borasidagi boshqa vazifalarni bajarish.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari hududdagi o`ziga xoslikni hisobga olgan holda ijtimoiy xizmatning aniq shaklini belgilaydi.

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi tadbirlarni pul bilan ta'minlash byudjetlar, Yoshlar jamg`armasi va boshqa jamg`armalar mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar, shuningdek respublika jamg`armalari va boshqa jamg`armalarning mablag`lari hisobidan pul bilan ta'minlanadi:
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi respublikaning kompleks va aniq maqsadli dasturlari;
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi kechiktirib bo`lmaydigan vazifalarni hal etishni jadallashtirishga qaratilgan, aniq maqsadlar uchun qilinadigan xarajatlar;
Yoshlar jamoat tashkilotlarining ijtimoiy jihatdan muhim bo`lgan dasturlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha qilinadigan xarajatlar;
O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo`yicha davlat Kengashi va unga bo`ysunuvchi muassasalarni ta'minlashga ketadigan xarajatlar;
O`zbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalarga muvofiq Yoshlarning mintaqalararo miqyosda va xalqaro aloqalarni amalga oshirish uchun qilinadigan xarajatlar;
O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan yosh fuqarolarni ijtimoiy ta'minlashning kafolatlangan umumdavlat minimumiga qilinadigan xarajatlar;
voyaga yetmagan fuqarolarga kompensasiya to`lash bilan bog`liq xarajatlar.

Inson doimo farovon jamiyatni orzu qilib kelgan va bunday jamiyatni qurishni hokimiyatga bog’liq deb hisoblagan. Hozirgi kunda O’zbekiston ozod, obod va farovon jamiyat qurishga intilib yashamoqda. Lekin bunday jamiyatni qurish faqat hukumatga emas, balki ana shu hokimiyatni yaratgan xalqqa ham bog’liq ekanligini unutmasligimiz lozim. Chunki hokimiyatni qandayligi xalqqa bog’liq bo’lib hisoblanadi va u xalqqa xizmat qilish uchun xalq tomonidan nazorat qilib borilishi kerak bo’ladi. Bu esa, odamlarda ma’lum bir darajada bilim va malaka bo’lishini hamda mas’uliyat va javobgarlik hissi bo’lishini taqozo etadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005 yil 7 fevralda o’zini Vazirlar Mahkamasidagi chiqishlarida biz rahbarlardan ikkita narsani, ya’ni ma’suliyat va kompetentlikni talab qilamiz deb aytdi. Ana shu mas’uliyat va kompetentlik nafaqat rahbarlarda, balki barcha odamlarda eng avvalo kelajagimiz bo’lgan Yoshlarda shakllanishi lozim. Ularni shakllanishi esa tarbiya jarayoniga bog’liqdir.
Biz quyida Yoshlarda forovon jamiyat tomon yetaklaydigan mas’uliyatni tarbiyalash to’g’risida gapirishni maqsad qilib qo’ydik. Shu o’rinda tarbiyani mazmun mohiyatini eslashni lozim deb topdim. Tarbiya bu insonni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida uni ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga tizimli va maqsadli ta’sir etish jarayonidir. Demak biz tarbiya jarayonida Yoshlarimizni farovon jamiyat qurishga qodir shaxs qilib tayyorlash uchun ularga ma’nan va jismonan tarbiya berishimiz kerak. Ularga ma’nan ta’sir etishda asosan e’tibor o’tmish va kelajak avlod oldida javobgarlik hissini shakllantirishga qaratilishi lozim. Mamlakattimizda Yoshlarga juda katta e’tibor qilinib, moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirib kelinmoqda. Buni biz 2008 yili Yoshlar yili deb e’lon qilinishda ham ko’rishimiz mumkin. Demak mamlakatimizda Yoshlarga har taraflama qulay sharoit yaratilgan. Yoshlar esa bunga javoban ijtimoiy-siyosiy hyotda faol bo’lib mas’uliyatni his qilib, farovon jamiyat qurishda o’z hissalarini qo’shishlari lozim. Shu o’rinda nima uchun aynan shu bayramda yangi yilga nom berilishini aytib o’tish lozim. Buning bizning nazoratimizda ikkita sababi bor, birinchisi, bayram yangi yil arafasiga to’g’ri kelganligi bo’lsa, ikkinchisi, Konstitusiya inson manfaatini himoya qiladigan hujjat ekanligi uchun bo’lsa ajab emas.
Yoshlar yilini e’lon qilinishi nafaqat yig’ilish qatnashchilari balki butun aholi tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi. Chunki kelajagimiz bo’lgan Yoshlarni taqdiri barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega.
Yoshlar yilining mohiyati nimada desak ushbu yilda ijtimoiy siyosatda Yoshlar manfaati ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Buning uchun hukumat Yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqib amalga oshiradi.
Yana bir muhim fikrni aytib o’tish lozim bu Yoshlarga amaliy ish berish vaqti yetganligi ya’ni Yoshlarga faqat ishonch emas balki amalda ulardan foydalanish kerakligi aytildi. Bu esa aholini 64%ni tashkil qiladigan Yoshlarni ijtimoiy – siyosiy hayotga faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi deb o’ylaymiz. Yoshlarga bo’lgan bunday munosabat ularni mas’uliyatini, javobgarligini ham oshiradi. Bunday mas’uliyatni shakllantirish esa tarbiya jarayonida davlatning Yoshlarga bo’lgan alohida munosabatni tushuntirishga bog’liq.
Har qanday jamiyatni rivojlanishi shu jamiyatda yashayotgan odamlarni ongiga bog’liq. Boshqacha qilib aytganda hayotga ongli munosabatda bo’lishga bog’liq. Hayotga ongli munosabatda bo’lish uchun esa ikkita savolga javob bo’lish kerak. Birinchisi jamiyatimizni hozirgi kunini mohiyati nimadan iborat va ikkinchisi dunyoda qanday jarayon ketyapti, tarix qay tomon ketayapti degan savollarga javob berish kerak.
Zamonamizning mohiyati kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tishdan iborat. Dunyoda esa, demokratik prinsiplarning o’rnatilishi va ularning ustuvorligi amal qilmoqda. Ana shularni tushungan odam ushbu jarayonda o’zini o’rnini va rolini bilishi kerak. Shu jarayonda faol ishtirok etishi lozim. Ana shunda hayotga ongli munosabatda bo’lish shakllanadi.
Albatta buning uchun odamga ma’lum bilim va malaka kerak. Lekin aynan bu bilan cheklanib bo’lmaydi. Odamga hayotga ongli munosabatda bo’lish uchun bilim va malakadan tashqari mas’uliyat, javobgarlik ham kerakki busiz odam hayotga ongli munosabatda bo’la olmaydi. Bunday odamni ya’ni mas’uliyatsiz odamni bilimidan na o’ziga na jamiyatga foyda bo’ladi. Xo’sh odamda mas’uliyat bo’lishi uchun nima kerak.
Insonda mas’uliyat, javobgarlik bo’lishi uchun unda ma’lum bir maqsad va shu maqsadga yetaklaydigan g’oya bo’lishi kerak. Agar o’sha maqsadga yetaklaydigan g’oya inson qalbidan joy olsa, ana shunda odamda mas’uliyat shakllanadi. Chunki insonda mas’uliyat bo’lishi faqat tashqi nazorat faktoriga emas, balki ichki nazorat omiliga ham bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda inson o’zini o’zi nazorat qilib turishi kerak. Bunday ichki nazoratni bo’lishi esa, ezgu maqsad va ezgu g’oyalarni taqozo qiladi. Bizda bunday maqsad va g’oyalar mavjud. Bosh maqsadimiz ozod va obod jamiyat qurish bo’lsa, bu maqsadga yetaklaydigan g’oyalar milliy istiqlol mafkursida mujassam bo’lgan yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligidir. Ana shu ezgu g’oyalar ya’ni yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligi g’oyalarini insonni ongiga singdirish mas’uliyatni shakllantiradigan ichki omil bo’lib hisoblanadi.
Shu o’rinda milliy istiqlol g’oyasini paydo bo’lishi va uni mohiyati to’g’risida gapirishni lozim topdik. Ushbu g’oya mustaqilligimizni ilk yillarida eski mafkura tugab yangi mafkura yaralmay mafkuraviy bo’shliq yuzaga kelib Yoshlarimizni qalbini turli xil soxta g’oyalar egallab borayotgan qaltis bir vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ko’tarilib chiqildi. Ana shundan so’ng yangi milliy g’oya yaratilib mafkuraviy bo’shliq tugatildi va buyuk maqsad sari xalqimizni birlashtirish imkoniyati paydo bo’ldi.
Xo’sh milliy g’oya nima? Buning uchun oldin g’oya nima degan savolga javob berish lozim. G’oya bu obyektiv reallikdagi voqyeylikni inson tafakkurida aks etish shaklidir. Inson ongidagi voqyeylik to’g’risidagi fikr g’oya darajasiga yetishi uchun fikr chuqur anglab olinib o’sha voqyeylikni takomillashtirishiga intilishi lozim. Demak milliy g’oya – bu kishilarni mavjud sharoitga munosabatlari anglab olinadigan va baholanadigan hamda, mavjud sharoitni yanada takomillashtirishga yetaklaydigan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik va falsafiy qarashlar va g’oyalar majmuidir.
Yoshlarda mas’uliyatni shakllantiradigan milliy istiqlol g’oyasini qalbga singdirilishi mustaqillikni qadriga borishni taqozo qiladi. Mustaqillikni qadriga borish uchun esa, uni qanchalik buyuk ne’mat ekanligini anglab olish lozim. Respublikamizda asosiy e’tibor milliy mustaqillikni mustahkamlashga va yanada takomillashtirishga qaratilmoqda. Chunki milliy taraqqiyot faqat mustaqillik orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Lekin bizni mustaqillikka nisbatan osonlik bilan erishganimiz uni ahamiyatini ozroq pasaytirgandan bo’layapti.
Aslida unday emas, biz mustaqillikka ancha qiyinchiliklar bilan erishganmiz. Faqat mustaqillik uchun olib borilgan kurash bilan mustaqillikka erishilgan vaqt o’rtasida ma’lum bir vaqt masofasi borligi mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarni sezilarli qilmayapti. Demak hamma gap ana shu kurashlarni ko’rsata olishda.
O’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashlariga O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinishidan buyon bo’lgan harakatlarni misol qilib qo’rsatish mumkin. Bunday harakatlarga O’rta Osiy xalqlarining mustamlakachilarga qarshi olib borgan kurashlari – Po’latxon qo’zg’oloni, Dukchi Eshon qo’zg’oloni, 1916 yil qo’zg’oloni, fuqarolik urushi yillaridagi «bosmachilik» harakatlari, Quqon muxtoriyati, qatag’onlik yillaridagi o’zbek ziyolilarining eng ilg’or qismidan 40 ming kishini qurbon qilinishini misol qilib ko’rsatish mumkin. O’zbek xalqining Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori, Siddiqiy – Ajziy, Ibrat, Fitrat, Tavallo, Qodiriy, Cho’lpon kabi mutafakkirlari milliy istiqlol g’oyalari uchun qurbon bo’lganliklarini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Mustaqillikka erishgan vaqt bilan mustaqillik uchun olib borilgan kurash o’rtasidagi vaqtning kattaligi tufayli bu qurbonliklarning kurashlari unutilib yuborilmasligi kerak.
Yoshlarimiz ana shu istiqlol yo’lida bo’lgan qurbonliklarni mohiyatini anglab olib ularni ruhi oldida javobgarlikni his qilishi lozim. Undan tashqari biz o’z boy tariximiz bilan ya’ni Ibn Sino, Beruniy va Amir Temurlar bilan faxrlanamiz, g’ururlanamiz va ana shu g’urur bizga ularni ruhi oldida javobgarlik hissini shakllantirishi lozim. Biz o’tmshimiz bilan faxrlanar ekanmiz, shunday yashashimiz kerakki kelajak avlod ham biz bilan faxrlanib yashasin. Demak biz o’tmish va kelajak oldida javobgarlikni his qilib yashashimiz lozim. Bu esa, jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni asriy orzusi bo’lgan mustaqillikni qadriga borib, milliy iftixor tuyg’usi asosida ajdodlarimiz bilan faxrlanib, o’tmish va kelajak avlod oldida javobgarlikni xis qilib yashash bosh maqsadimiz bo’lgan farovon jamiyat sari yetaklaydigan omildir.
6-mavzu. Bolaga va Yoshlarga nisbatan nomunosib va extiyotsiz munosabat
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, O'zbekistonda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta`minlash choralarini yanada rivojlantirish, bu borada davlat, nodavlat va qonunchilik organlari hamkorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilda to'qqizinchi bor o'tkazilgan tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda millati, ijtimoiy holatidan qat`i nazar, barcha bolalarni kuchli va manzilli tarzda ijtimoiy himoyalashga oid amaliy chora-tadbirlar jarayonida Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularda tarbiyalanayotgan bolalarning to'laqonli ta`lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Respublikada aholining 40 % ini bolalar, 65 % ini esa 30 yoshgacha bo’lgan Yoshlar tashkil etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muhofaza qilish tizimining rivojlanish darajasi jamiyatning insonparvar va ma’naviy-axloqiy rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bunday bolalarga g’amxo’rlik qilish ahamiyatli umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar chuqurlashgan sari o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash g’oyasi maqsadli ijtimoiy harakatlar va real ijtimoiy himoya chizig’ini egallagancha yanada konkretlashib boryapti, ijtimoiy dasturlarning samaradorligi to’g’ridan-to’g’ri ularning xususiyatiga – eng yuqori darajada hayotga yaqinlashish, ijtimoiy ko’makning vazifalarini nafaqat aniq deklarasiya qilish, balki, avvalo, ularni yechishning real yo’llarini topish, doimo aniq insonga mo’ljal olgancha manzilli ishlashga ongli intilishga bog’liq.
2013 yilning “Obod turmush yili” deb e’lon qilinganligi respublikaning jamoatchilik tashkilotlari uchun o’z ishini faollashtirish, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirishga o’ta kuchli ehtiyoj sezayotgan islohotchi-davlatning yana bir ijtimoiy asos bo’ladigan buyurtmasi bo’ldi. Abu Ali Ibn Sino ta’kidlaganidek, xayrli ishlarni qilganda uni har qadamda ta’kidlash emas, balki tabiiy, kundalik bir narsadek amalga oshirish juda muhim. Haqiqatan, odamlar va ayniqsa, o’sib kelayotgan avlod ijtimoiy qo’llab-quvvatlash – XXI asr jamoatchilik hayotidagi me’yor ekanini tushunishlari lozim.
Iqtisod, ekologiya va siyosatshunoslikda “barqaror rivojlanish” atamasining mazmunini ochib beruvchi juda ko’p ta’riflar mavjud. Biroq o’sib kelayotgan avlodning turg’un rivojlanishiga erishishda asosiy kafolat mustahkam kelajakni shakllantirish ekanini unutmaslik lozim.
Insoniy manba global ma’naviy-axborot maydonining aksi sifatida tarixiy jarayonni belgilovchi omil hisoblanadi va o’sib kelayotgan avlodning turg’un rivojlanishi zamonaviy bosqichda shunchaki ijtimoiy ko’makni emas, balki maqsadli yo’naltirilgan dasturiy ta’minotni talab qiladi.
“Sen yolg’iz emassan” RJBJ o’z ishini quyidagilarni o’z ichiga olgan o’zaro harakat majmuidan iborat ijtimoiy konstruksiyaning ishlashini ta’minlovchi tizimli yondoshuv asosida olib boradi:

  • zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni maqbullashtirishni kiritgan holda respublika miqyosida Mehribonlik uylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarning umumiy koordinasiyasi;

  • Mehribonlik uyi bolalarini mustaqil hayot ko’nikmalariga o’rgatishni amalga oshirgancha ijtimoiy moslashtirishning majmuaviy rejasini amalga oshirish;

  • yetim va imkoniyati cheklangan bolalarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish;

  • imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan alohida muhtoj oilalarga manzilli yordam ko’rsatish bilan bunday bolalarning jismoniy va psixologik reabilitasiyasi uchun respublika darajasida sharoit yaratish;

  • yuqori malakali tibbiy yordam, o’ta murakkab xirurgik operasiyalar, shuningdek, dunyoning yetakchi tibbiy markazlarida maslahat va davolashni tashkil etish yuzasidan manzilli ish;

  • Mehribonlik uyi bitiruvchilarining o’rta maxsus va oliy ta’lim olishi, ish va yashash joyiga ega bo’lish imkoniyatini taqdim etish.

Bu vazifalarni amalga oshirish Jamg’arma tomonidan yaratilgan, o’zida mahalliy ijtimoiy konstruksiyaning moddiy-texnik, intellektual, tashkiliy va ilmiy-amaliy sinchi sifatidagi ishchi mexanizmlarining ishlashi jarayonida sodir bo’ladi:
1) butun respublika bo’ylab Mehribonlik uylarining ishlashini umumiy maqbullashtirish kabi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; kam ta’minlangan oilalarning bolalari; og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar; vasiylikdagi bolalarni ijtimoiy, tibbiy va yuridik kuzatib borish bo’yicha individual ishga yo’naltirilgan tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshiruvchi “Sen yolg’iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg’armasi;
2) Mehribonlik uyi bolalari va kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlanish va ta’limning inklyuziv metodikasini ishlab chiquvchi hamda tatbiq etuvchi, bolalarga kelgusida mamlakatning o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’qishlari uchun qo’shimcha tahsil olish imkonini beruvchi “Sen yolg’iz emassan” jamg’armasi qoshidagi o’quv markazi.
3) imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga amaliy korreksion-psixologik, tibbiy va maslahat yordamini amalga oshiruvchi, shuningdek, xatar guruhidagi bolalar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va ularning ota-onalariga psixologik hamda yuridik ko’mak beruvchi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi.
Bu barcha jamoatchilik tuzilmalari – Jamg’arma ishlab chiqqan konstruksiyaning ishchi mexanizmi bo’lib, mohiyati bo’yicha – ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning dolzarb vazifalarini qo’yishdan boshlab ularning amaliy jihatdan ro’yobga chiqishigacha bo’lgan ishni amalga oshiruvchi yagona tizimdir.
Harakat va mexanizmlarning bu konstruksiyasini Jamg’arma ijtimoiy jihatdan birmuncha himoyaga muhtoj yetim va imkoniyati cheklangan bolalar muhitini qamrab olish nuqtai nazaridan kelib chiqib yaratdi. Shu tarzda o’sib kelayotgan avlodni turg’un rivojlantirishni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash muammosining kengayishiga yo’l qo’ymasdan Jamg’arma 11 yil davomida ishni ijtimoiy reallikni quyidagi tarzda qo’ygancha bosqichma-bosqich olib bordi:
a) respublika miqyosida ijtimoiy planda himoyaga muhtoj bolalarning butun muhitini qamrab olish;
b) tizimli ishning barcha elementlari – ijtimoiy qo’llab-quvvatlash harakatlarini amalga oshirish mexanizmlarini yo’lga qo’yish;
v) ijtimoiy qo’llab-quvvatlash konstruksiyasiga yetim va imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy realligini qayta tashkil etishning o’sib boruvchi dinamizmini bergancha harakat dasturini ishga solish.
Shuni ta’kidlash joizki, ishning mahsuldorligi ko’p jihatdan davlat tuzilmalarining ko’magi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko’p profilli departamentlari, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari bilan o’zaro harakatlari bilan bog’liq. Shu bilan birgalikda, o’sib kelayotgan avlodning birmuncha himoyaga muhtoj ijtimoiy guruhdagi muhitini insonparvarlashtirish jarayonini rivojlantirish va chuqurlashtirish jamiyat hamda davlatning integrasion kuchlanishini faollashtirish, ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning barcha asosiy yo’nalishlari bo’yicha Majmuaviy maqsadli dasturlarni yaratish, birinchi navbatda, ota-ona qaramog’isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashni maqbullashtirishni talab etadi.
7-mavzu. Qiyin xayotiy vaziyatga tushib qolganlar bilan ishlashda ijtimoiy ishchining roli va majburiyatlari
Ijtimoiy xizmatchi minimumni maksimallashtirish tamoyilidan (ijtimoiy ko’makning minimal zahiralarini maksimal kengaytirishga intilishdan) kelib chiqar ekan, oilaga homiylarning mablag’larini jalb etish yoki davlatning ko’magini adolatli taqsimlashni kuzatibgina qolmay, oilalarni o’z-o’ziga va bir-birlariga yordam berishga ham o’rgatishi lozimki, bunday yordam eng saxiy nafaqalarga nisbatan ham ko’proq samara beradi. Shuni unutmaslik kerakki, axloqiy jihatdan o’zi ishlab topgan mablag’ ijtimoiy boqimandalikdan ancha yuqoridir. Kichik va o’rta oilaviy biznesni rivojlantirish dasturi, bu ishda munisipal organlarning ko’magi Rossiyadagi ko’pchilik oilalarning o’zlarini-o’zlari ta’minlashi va farovon hayot kechirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Oilaning muhim va ziddiyatli muammolaridan biri mas’uliyatli ota-onalik muammosidir. Mas’uliyatli ota-onalik deganda, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa shart-sharoitlar tushuniladiki, ular oilaga qancha bola ko’rishni istasa, shuncha ko’rish; faqatgina tug’ilishi istalgan bolalarni tug’ish va tug’ilishi istalmagan bolalarni esa hayot uchun xavfli bo’lmagan madaniyatli vositalar yordamida tug’ishdan saqlanish imkonini beradigan tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Ming yilliklar davomida zarurat bola tug’ishni biologik mahsuldorlik darajasida ushlab turishga majbur etdi: dunyoga qancha tug’ilishi mumkin bo’lsa, shuncha bola kelar edi. Urushlar, epidemiyalar, bolalar o’limining dahshatli darajasi natijasida tug’ilgan bolalarning oz qismi tirik qolar edi, lekin baribir ular aholining uncha tez bo’lmasa ham barqaror o’sishini ta’minlar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik va ilmiy yutuqlar hamda XX asrda yuz bergan o’zgarishlar xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etdi. Chaqaloqlarning ko’pchiligi hayotini saqlab qolish imkoniyati ta’minlandi, rivojlangan mamlakatlarda oilalarning demografik ustnovkalari o’zgardi.
Ijtimoiy ishchining majburiyatlari:

  • Va’zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik, ta’qiqlamaslik;

  • Mijoz shaxsining sha’ni va unikalligini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash;

  • Mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko’rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, uning o’rniga o’zini qo’ya bilish, nazokat va odob ko’rsata bilish;

  • Muloqotmand bo’lish, ochiq bo’lish, mijozni “gapirtira bilish”, birgalikda muammolarning yechimini aniqlash;

  • Atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo’lish;

  • Mijoz va uning atrofidagilar o’rtasida vosita, bog’lovchi xalqa bo’lish, mijozga ko’rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha’ni pastga urilishiga yo’l qo’ymaslik;

  • Mijoz bilan ishlashda norasmiy bo’la bilish, mijozning o’z muammolarini hal qilishda maslahatchi, ko’makchi vazifasini bajarish; o’zaro munosabatlarni tenglik asosidagi dialogga qurish;

  • Doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtai nazaridan yondashish;

  • Mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik;

  • Shaxs yoki odamlar guruhiga g’ayriinsoniy va diskriminasion yondashuvlarning oldini olish;

  • Mijozni jismoniy yoki ruhiy o’ng’aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va haqoratlardan himoya qilish;

  • O’z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash, har qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok hatti-harakatlarni istisno qilish;

  • Doimo faqatgina mijoz manfaatlari yo’lida harakat qilish;

  • O’ziga ko’makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda jamoatchilik ko’magini ta’minlash;

  • Faqatgina o’zi vakolatli bo’lgan doirada ish yuritish, o’z ishining sifati uchun shaxsan mas’ul bo’lish;

  • Tashqi ta’sir va bosimlarga berilmaslik;

  • Mijozni qo’llanilayotgan tadbirlar, unga ko’rsatilayotgan yordam xarakteri, yozuvlar, to’planayotgan ma’lumotlar haqida xabardor qilish;

  • O’zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo’lida foydalanmaslik;

  • Vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish;

  • Mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik;

  • Ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish;

  • Bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg’alar olmaslik;

  • Kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish;

  • O’z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;

  • Kasbning obro’si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish;

  • Kasbiy o’zaro munosabatlar va o’zaro ta’sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash;

  • Kim bo’lishidan qat’iy nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko’rish.

Odatda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me’yorlarni buzish yoki xatolar “beg’amlik, malakasizlik yoki oldindan o’ylangan niyat tufayli kasbiy me’yorlarni buzish” sifatida baholanadi. Ijtimoiy ish xodimlari maxfiylikni buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo’linayotgani haqidagi shubha to’g’risida xabar bermaganlari, suiiste’molliklar, so’z bilan haqoratlash yoki jismoniy zo’ravonlik tahdidi singari holatlarga befarqlik, hatti-harakatlar yordamida haqoratlash, davolash yoki axloq tuzatish muassasasiga xato natijasida yotqizish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan ta’qib qilinishi mumkin.
Malaka tavsifi bilan belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun ijtimoiy ish xodimi o’zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanadi:
- Mijozlarning manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati organlarida ifodalash va himoyalash;
- Maxsus ma’lumot to’g’risidagi diplom yoki sertifikat bo’lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy amaliyotni yuritish;
- Mijozlar ehtiyojlari bilan bog’liq ma’lumotlarni to’plash, aholi orasida sosiologik so’rovlar, diagnostik tadqiqotlar o’tkazish;
- Mijozlarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish to’g’risidagi rasmiy so’rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga murojaat qilish;
- O’z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati to’g’risida
davlat idoralariga axborot berish;
- Ijtimoiy tashabbus va faollik ko’rsatganlari uchun ota-onalar, oilalar, ijtimoiy ish volontyorlarini taqdirlash to’g’risida korxonalar va muassasalar, tijorat tuzilmalari va jamoat birlashmalariga takliflar kiritish;
- Oiladagi tarbiya, ijtimoiy ishdagi tajribani ommaviy axborot vositalari yordamida targ’ib qilish uchun faol ish yuritish;
- Muayyan ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan jamoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.
Ijtimoiy ko’makka muxtoj bolalarning qobiliyatlarini aniqlab, uni rivojlantirishning muhim tashkiliy tamoyillaridan biri ularga berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va tekshirishdir. Ijtimoiy xizmatlarning nazorat qilish-tekshirish funksiyasi alohida bir soha bo’lmasdan uning ajralmas tarkibiy qismidir. Ijtimoiy xizmatlar va boshqaruv organlari faoliyatidagi nazorat qilish-tekshirish faoliyatining mazmuni davlat tomonidan aholi turli guruhlarini ijtimoiy muhofazalash bo’yicha belgilangan tadbirlarning ro’yobga chiqarilishini ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy ishning asosiy tashkiliy tamoyillaridan biri vakolat va mas’uliyat, huquq va majburiyatlarning birligidir. Ijtimoiy xizmatlar va ularni boshqaruv organlari faoliyatini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularning aniq faoliyat yuritishiga har bir ijtimoiy xizmatchi o’z funksiya va vazifalarini aniq bilishi orqali erishiladi.
Hayot kichik mas’uliyat bilan ulkan vakolatlarning birikishi ma’muriy o’zi bo’larchilik, yaxshi o’ylanmagan qarorlar qabul qilish uchun qulay sharoit yaratishini ko’rsatmoqda. Ayni paytda, kadrlarning katta mas’uliyatga va kichik vakolatga ega bo’lishi tezkor, qat’iy harakat qilishga yo’l qo’ymaydi, amalda ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarining tashabbusini bo’g’adi va mas’uliyatsizlikni keltirib chiqaradi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy ish bo’yicha har bir mutaxassisning vakolatlariga mutanosib tarzda mas’uliyatini belgilash va ularga yuklatilgan funksional majburiyatlarning aniq bajarilishini ta’minlash ijtimoiy ish samaradorligining zaruriy shartidir.
Ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotida psixologik-pedagogik tamoyillarga katta o’rin ajratiladiki, ular ijtimoiy ishning shakl va usullariga, mijozlarga ko’rsatiladigan ta’sir usullariga qo’yiladigan talablarni ifodalaydi.
Ijtimoiy ishning mana shu guruhga kiruvchi aosiy tamoyillaridan biri kompleks yondashuv tamoyilidir. Ijtimoiy ishdagi kompleks yondashuv bir tomondan ijtimoiy ish obyektiga o’tkazilayotgan ta’sirning bir butunligi va har tomonlamaligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, idorachilik, mahalliychilik va ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi cheklanishlarga yo’l qo’ymaydi hamda odamlarning manfaatlari, ehtiyojlari, kayfiyatlarini o’rganishni, ularning xulq-atvori, o’zini-o’zi his qilishlariga o’tkazilayotgan ta’sir xarakterini prognozlashni; shuningdek, odamlarda ehtiyoj va istaklar, ularning kasbiy masu’lligi, ijtimoiy mavqyei, maishiy turmush shart-sharoitlari va hayot tajribasi bilan bog’liq bo’lgan real shaxslarni ko’ra bilishni talab qiladi.
texnologik jihatdan vakolatliligiga bog’liq.
Texnologik vakolatlilik – ijtimoiy xizmatchining vujudga kelayotgan muammolarni hal qilish sharoitlari va texnologiyasidan chuqur xabardorligi va o’z bilimlarini amaliyotga kasbiy savodxonlik bilan amalga oshirish ko’nikmasi bo’lib, u muntazam o’qishni va xizmatchilarni qayta tayyorlashni, aniq axborotni, boshqaruv tizimining barcha bo’g’inlaridagi tahliliy va prognozlash faoliyatini, ijtimoiy ish obyektlari to’g’risida chuqur va atroflicha bilimga egalik, ularning tasnifi va xususiyatlarini bilishni, ijtimoiy xizmat mijozlari bilan ishlashda ishchanlik va tashkiliylilikni taqozo qiladi.
Ijtimoiy-psixologik tamoyillarning eng muhimlaridan biri ijtimoiy faollikni rag’batlantirish bo’lib, u insonni ongli, manfaatni anglagan holda uning kuch-g’ayratini sarflashdagi, qobiliyatlarini, axloqiy va iroda salohiyatini ijtimoiy muhim maqsadga erishish yo’lidagi faolligini oshirishga undaydi. Bunda har qanday faoliyat turida rag’batlantirish kuchining manbai bo’lib, manfaatlar va ehtiyojlarning o’zi emas, balki ularni qondirish darajasi xizmat qiladi.
Ko’makka muxtoj bolalarni tarbiyalashda ularni jamoadan chetlashib, yolg’izlanib qolishiga yo’l qo’ymaslik pedagogik usullarning muhim bo’g’inidir. Ijtimoiy ishning pedagogik mazmuni odamlar xulqini korreksiya qilish va qayta tarbiyalash bilan belgilanadi. Korreksiya har qanday faoliyatning zaruriy elementi hisoblanadi, chunki na o’qishda, na mehnatda va na muloqotda birdaniga ijtimoiy muhim bo’lgan natijalarga erishish mumkin emas. Sog’lom va ishga layoqatli jamoani shakllantirish ijtimoiy ishning muhim pedagogik jihatlaridan biri hisoblanadi. Shu yo’l bilan rasmiy va norasmiy liderlikning uyg’unligiga erishiladi, bu esa o’z navbatida nizolarning ehtimolini pasaytiradi, guruhdagi o’zaro yordamni kuchaytiradi.
Ishlab chiqarish razryadini, malakani oshirish, uzluksiz ta’lim, o’zini-o’zi boshqarishda ishtirok etish – bular shunday bosqichlarki, ulardan o’tib borar ekan, inson o’zini namoyon qilish va qaror toptirishning yangi bosqichlariga ko’tariladi.
O’quv-mehnat, sport, badiiy va boshqa turdagi faoliyatlarda yutuqlarga erishishni ta’minlaydigan usullar muhim pedagogik xususiyatlarga ega. Ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatning o’zi shaxsni yuksakliklarga ko’taradi. Biroq, ko’pincha unga erishish uchun maxsus usullardan, masalan, mehnatni ilmiy tashkil qilish, individual xususiyatlarni hisobga olish, psixologik jihatdan asoslangan samarali yordam kabilardan foydalanish kerak bo’ladi.
Shaxsning rivojidagi eng yuqori samaraga uni ijodning turli sohalariga jalb etish orqali erishiladi. Muammoli darslar, qo’shimcha darslar, qayta o’qishlar, malakani oshirish jarayonidagi tadqiqotlar tafakkurni rivojlantiradi.
Ijtimoiy rivojlanishga odamlar o’zlarining rivojlanish darajasi, qiziqishlariga ko’ra a’zo bo’lib kiradigan turli ijodiy guruhlar va jamoat birlashmalari ancha katta hissa qo’shadilar.
Ijtimoiy xizmatchining mahorati uning madaniyati, umumiy va kasbiy ma’lumotiga bog’liq bo’ladi. Nazariy va amaliy, psixologik va pedagogik tayyorgarlikdan o’tish ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Fan va amaliy faoliyatning birligi sifatida ko’riladigan ijtimoiy ish pedagogikasi sohasining eng muhim vazifasi insonni tarbiyalash maqsadlari, mazmuni, usullari va vositalarini, uning xulq-atvoriga, turli mintaqaviy sharoitlardagi ijtimoiy o’zaro ta’sirlarining keng doirasiga ta’sir o’tkazish yo’llarini aniqlashdir. U aholining, oilalarning barcha toifalariga qaratilgan bo’lib, ijtimoiy yordam tizimini shakllantirish, eng yaxshi munosabat iqlimini yaratish, ruhiy qulaylik, sosiomadaniy maydonni shakllantirish shaxsning rivojlanishi va o’zini namoyon qilishiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ijtimoiy ish pedagogikasi, shu jumladan, ko’makka muxtoj bolalarni axloqan tarbiyalash va ularni jamiyatning faol a’zolari qatoriga qo’shish harakatlari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, uning shakllanishi amerikalik Meri Richmond, Jeyms Adams va germaniyalik Adolf Disterveg va Paul Natorplarning nomlari bilan bog’liq bevosita bog’liqdir. “Inson tarbiyasidagi eng asosiy yo’l ishontirishdir, ishontirishga esa faqat ishonch yordamida erishish mumkin”.
Bahslashuvda ko’pincha haqiqatni ifodalayotgan odam emas, balki raqibi nutqini tez va aniq tahlil qila oladigan, unga mutanosib va samarali tarzda o’z nutqini tuza oladigan odam g’olib chiqadi.
Muloqot strategiyasi nutq taktikasida, ya’ni muayyan vaziyatda belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradigan nutq priyomlaridan foydalanish orqali erishiladi. Masalan, “taxmin qilish”, “yumshatish”, “bo’rttirish”, “siljitish”, “aybni boshqa bir kishiga to’nkash”, “takrorlash”, “misol keltirish” va boshqalar.
Nutq taktikasiga quyidagilarni ham kiritish mumkin: kutilmaganlik, ig’vogarlik, obro’ga murojaat qilish, prognozlash, norasmiy elementlar kiritish, yumor va boshqalar. Ijtimoiy xodim uchun muayyan vaziyatga hammadan ko’ra mosroq keladigan nutq taktikalarini tanlay bilish ko’nikmasi juda muhim.
Bolalar bilan ularning turli muammolari bo’yicha muzokaralar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Muzokaralar samimiy dialog shaklida mo’ljallangan natijalarga erishish yo’lida o’tkaziladigan suhbat ko’rinishidir. Ular asosan o’zaro fikr almashish yo’li bilan har ikki tomon manfaatlariga mos keladigan bitimga erishish va barchaga manzur bo’ladigan natijani qo’lga kiritish uchun o’tkaziladi. Yutuqqa erishish va bola, subyekt manfaatini eng yaxshi tarzda himoya qilish uchun muzokara olib borish san’atini mukammal egallash lozim. Muzokara olib borishning mutaxassislar tomonidan tajriba asosida ishlab chiqarilgan muayyan qoidalari mavjud.
Muzokara olib borish qoidalari:
O’z oldingizga qo’ygan vazifani nazardan qochirmang, nima bilan shug’ullanayotganingiz haqida beriladigan savolga javob berish uchun tayyor bo’lib turing.
E’tiborli bo’ling va suhbatdoshingizning gapini bo’lmang.
Suhbatdoshingizni u yetti uxlab tushiga ham kirmagan narsada ayblamang. Bu uni mudofaa mavqyeiga o’tib olishga majbur qiladi va muzokaralarning umumiy asabiyligi va agressivligiga sabab bo’ladi.
Muzokara boshidanoq samimiy va oqko’ngil bo’ling. Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo’ling, lekin uning oldida yaltoqlanmang.
Suhbatdoshni eshitishni biling. Uning haqiqiy motivlari va istaklarini tushunishga hatti-harakatlari, imo-ishoralari va so’zlari nimalarni ifodalayotganini anglashga harakat qiling.
Suhbatdoshingizni o’z tomoningizga “ag’darib olishga”, uning muammolarini o’zingiz hal qilib berishga urinmang.
O’z muammoingizda vakolatli bo’ling, sizga berilgan savolning javobini bilmasangiz, uni ichingizdan to’qib chiqarmang, va sizga berilmagan savolga javob berishga harakat qilmang.
Kambag’allik va nochorligingiz bilan “maqtanmang”.
O’tmish to’g’risida emas, kelajak to’g’risida ko’proq gapiring.
“Mayda gap” bo’lmang va muhim bo’lmagan masalalar yuzasidan tortishmang. Tashakkur bildiring (yordam, ajratilgan vaqt, masalahat va h. k. uchun). Suhbatdoshingizga u bilan uchrashuvingiz siz uchun juda muhim bo’lganini yetkazib qo’ying.
Muzokara boshidanoq samimiy va oqko’ngil bo’ling. Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo’ling, lekin uning oldida yaltoqlanmang.
Suhbatdoshni eshitishni biling. Uning haqiqiy motivlari va istaklarini tushunishga hatti-harakatlari, imo-ishoralari va so’zlari nimalarni ifodalayotganini anglashga harakat qiling.
Suhbatdoshingizni o’z tomoningizga “ag’darib olishga”, uning muammolarini o’zingiz hal qilib berishga urinmang.
O’z muammoingizda vakolatli bo’ling, sizga berilgan savolning javobini bilmasangiz, uni ichingizdan to’qib chiqarmang, va sizga berilmagan savolga javob berishga harakat qilmang.
Kambag’allik va nochorligingiz bilan “maqtanmang”.
O’tmish to’g’risida emas, kelajak to’g’risida ko’proq gapiring.
“Mayda gap” bo’lmang va muhim bo’lmagan masalalar yuzasidan tortishmang. Tashakkur bildiring (yordam, ajratilgan vaqt, masalahat va h. k. uchun). Suhbatdoshingizga u bilan uchrashuvingiz siz uchun juda muhim bo’lganini yetkazib qo’ying.
Muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga doimo tayyor turing.
Mijozlarning muammolarini hal qilishda ijtimoiy xizmatchi ko’pincha boshqa muassasa, tashkilot va idoralarning mutaxassislariga yordam so’rab murojaat qilishiga to’g’ri keladi. Bir marotabali shaxsiy muloqotlar uzoq muddatli o’zaro majburiyatlarga nisbatan ijtimoiy xizmatchi uchun murakkabroq bo’ladi, uning faoliyati samaradorligini pasaytiradi. “Kerakli” odamlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini to’g’ri o’rnata bilish ijtimoiy xizmatchi muvaffaqiyatining kafolatidir.
Hamkorlik munosabatlari rivojlanishiga xalaqit berayotgan muammolar: tomonlar manfaatlarining noaniqligi va kelishtirilmagani.
Kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tasavvurlarning turlichaligi.
o’zaro axborot almashishning zaifligi.
Munosabatlarni huquqiy jihatdan shakllantirilmagani.
Moliyaviy mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish masalasidagi noaniqlik. Rejalashtirishning yo’qligi, kim nima uchun mas’ul ekani to’g’risida tasavvur shakllantirilmagani.
Ijtimoiy xizmatchining faoliyatida verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladigan, rasmiy-xizmat doirasida amalga oshiriladigan, bevosita muloqot shakli bo’lgan suhbatga katta o’rin ajratiladi. Bolalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar quyidagi xususiyatlarga ega:

  • hamkorlarning o’z mavqyelarini aniq va ishonarli qilib bayon qila olish layoqatlari va muloqot maqsadlarini hisobga olgan holda muzokara predmetiga tanlab yondashish;

  • sherikning so’zlariga munosabat bildirishning tezligi; sheriklar fikri va takliflariga tanqidiy baho berish;

  • subyektiv va obyektiv omillarni hisobga olish va baholashga tahliliy yondashuv;

  • mazkur muammo bo’yicha mavjud nuqtai nazarlarni tanqidiy tahlil qilish orqali o’zining ahamiyatini bilish va sheriklarning malakalarini oshirish;

  • muammoni hal qilishga aloqadorligi va mas’ulligini his qilish.

9-mavzu. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish nazariyasi va xuquqiy asoslari


Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etishning ilmiy asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish mavzuning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. SHu ma’noda, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi bilan bog‘liq tadqiqot yagona kompleks tadqiqot sifatida o‘rganilmagan bo‘lsada, ammo u bilan bog‘liq yoki uning atrofidagi masalalar xorij va mamlakatimiz olimlarining qator ilmiy tadqiqot ishlarida u yoki bu darajada o‘z aksini topgan.
Bu borada xorijlik olimlardan A.Freyd “Razluka s materyu”, G.Ammon “Mozg, obuchenie i zdorove”, S.A.Belicheva “Eto opasnыy vozrast”, Y.Langmeer va Z.Mateycheklar “Psixicheskaya deprivatsiya v detskom vozraste”, R.Bernis “Razvitie YA-konsepsii i vospitanie”, S.A.Dzenushkayte “Nash dom” kitobida, A.M.Prixojan “Deti bez semi”, A.YU.Marokko “Adaptatsiya podrostkov, lishennыx roditelskogo popechitelstva, v strukture ALBD” asarida, R.A.SHipits “Povedenie deprivirovannыx detey”, P.Kotli “Novыe priyomnыe roditeli (pervыy opыt)”, A.S.Spivakovskaya “Psixologicheskaya pomoщ semyam, vzyavshim na vospitanie detey iz gosudarstvennыx uchrejdeniy”, N.P.Ivanova va O.V.Zavodilkinalar “Deti v priyomnoy seme: Sovetы nachinayuщim roditelyam” da, M.N.Akimova “Organizatsiya rabotы s priyomnыmi semyami” nomli tadqiqotlarida, L.S.Alekseeva va V.YU.Menovshikovlar “Sotsialnыy patronat semi v sisteme sotsialnogo obslujivaniya”, E.Bilson va D.Xarvinlar “Nabor metodicheskix instrumentov dlya vnedreniya kuratorskix funksiy v praktiku sotsialnoy rabotы s sotsialno uyazvimыmi detmi i semyami” asarlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalardagi ruhiy o‘zgarishlar, axloqiy, aqliy, xarakter va bir qancha ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yo‘llariga oid ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Respublikamizda I.Zokirov “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi”, A.X.Saidov “Xalqaro huquq”, “Bola huquqlari monitoringi”, F.M.Otaxo‘jaev “O‘zbekiston Respublikasining Oila huquqi” da, SH.YUldasheva va A.Qurbonovlar “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilish”a, G.Inamdjanova “Ota-ona va bolalarning huquqlarini oila huquqiy himoya qilish muammolari”, D.Axmedov “O‘zbekistonda davlat ijtimoiy himoyasi: huquqiy asoslari va takomillashtirish muammolari” da, B.N.Normurodov “Hozirgi zamon tarbiya nazariyasi va amaliyoti”, N.S.Aliqoriev “Umumiy sotsiologiya”, M.B.Bekmurodov “Sotsiologiya asoslari”, F.H.Nabiev “Ijtimoiy siyosat” o‘quv kurslarida, A.SH.Norbekov “O‘zbekistonda ijtimoiy kafolat tizimini yaratish muammolari: siyosiy-sotsiologik tahlil”, A.B.YUnusov “O‘smir Yoshlarda ijtimoiy deviantlik holatlarining sotsiologik xususiyatlari”, YU.G‘.Salimov “O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida tarbiyaning milliy xususiyatlari: sotsiologik tahlil”, E.To‘xtamurodov “Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy va pedagogik asoslari”, U.Asqarova “Mehribonlik uyi o‘smirlarida milliy g‘ururni tarbiyalashning pedagogik asoslari”, I.Xaydarov “Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar shaxsining individual ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, E.A’zamxo‘jaeva “Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining muomila maromining dinamikasi va yosh xususiyatlari” monografiyalarida, M.X.G‘anieva “Ijtimoiy ish asoslari”a, S.X.Tadjieva “Etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ijtimoiylashuvi masalalari”, D.G‘.Sobirova “Qay biri ma’qul: Patronat oila yoki Mehribonlik uyi?” kabi asarlarida va boshqalar o‘z ilmiy izlanishlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish, bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy hayotga tayyorlash kabi masalalarini huquqiy, sotsiologik, pedagogik, psixologik jihatdan o‘rganinishga harakat qilishgan.
Ota-ona qaramog‘isiz bolalar ijtimoiy muhofazasining asosiy yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasining 2-qismiga binoan, davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan hayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
Oila kodeksini maxsus 6-bo‘limi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllariga bag‘ishlangan. 19-bob, 148-150-moddalar.
Oila kodeksining 148-moddasiga muvofiq, ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘hshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
2017-yil mamlakatimizda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilindi. Ushbu yilda amalga oshiriladigan tadbirlarda alohida ta’kidlanadiki, oilalarning mustahkamligi bolalarning bekamu-ko‘st hayot kechirishlari, komil inson bo‘lib voyaga etishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlar yuzasidan sud-prokuror amaliyoti hamda mazkur huquqlardan mahrum qilingan shaxslarning farzandlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ahvoli umumlashtiriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ishlari Oila kodeksi 80-moddasining talablariga binoan vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rilishi lozim.
2016-yilda respublikamizda sudlar tomonidan ko‘rilgan 330 ta fuqarolik ishlarining 14 tasida vasiylik va homiylik organlari ishtirok etmaganlar.
Oila kodeksining 148-moddasida nazarda tutilgan holatlar yuz berganda vasiylik va homiylik organlarida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati vujudga keladi. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va majburiyatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlarining ham huquqi va majburiyatidir. CHunki bu huquq va majburiyatlarni amalga oshirish vakolti davlat tomonidan vasiylik va homiylik organlariga berilgan. SHuning uchun ham bolaning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlik fakti qachon ro‘y berganligi va bu faktning mavjudligini nimalar tasdiqlashini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Ma’muriy organlar faoliyatida ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari o‘z vaqtida ijroga qaratilsada vasiylik va homiylik organlari o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, qarorlar ijrosini o‘z vaqtida bajarmaslik holatlari hamon uchrab turmoqda.
Ota-onasidan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joylari ular voyaga etgunga qadar saqlanishi lozim bo‘lsada, lekin ayrim hollarda bunday bolalarning uy-joylari sotilishga yoki ularning boshqa moddiy va ijtimoiy huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida vasiylik va homiylik organlari tomonidan Oila kodeksining 182-moddasiga binoan vasiy va homiylar o‘z vazifalarini bajarishlari ustidan nazorat etarli darajada o‘rnatilmaganligidan dalolat beradi.
Ota-onasidan mahrum bo‘lgan bolalar aniqlangandan keyin dastlabki tekshirishda ikkita hujjat: bolaning turmush sharoitini tekshirish yakunlari haqidagi bayonnoma va unga asoslangan xulosa tuziladi. Tekshirish davomida, agar zarurat tug‘ilsa, bolaning mulkini qo‘riqlash choralari ko‘riladi. Bunda mahalla faol ishtirok etishi talab etiladi. Bugungi kunda bolalarini qarovsiz qoldirib, boshqa davlatlarga noqonuniy ishga ketib qolayotgan ota-onalarning bolalariga ham e’tibor qaratish masalasi dolzarb masalaga aylanmoqda. SHu sababli bunda jamoatchlik nazoratini yanada kuchaytirish, bu borada qonunchilikka ma’lum normalarni kiritish hamda mahalla va ta’lim muassasalarining ma’suliyatlarini oshirish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, hisobga olish va joylashtirish.
Oila kodeksini 149-moddasi vasiylik va homiylik organlari tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida Nizom"da belgilab qo‘yilgan.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Oila kodeksini 149-moddasini 3-qismiga binoan quyidagilar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida vasiylik va homiylik organlariga habar berishga majburlar:
Maktabgacha tarbiya muassasasining mansabdor shaxslari;
Umumta’lim muassasalarining mansabdor shaxslari;
Davolash muassasalarining mansabdor shaxslari;
Aholini ijtimoiy himoyalash muassasalarining mansabdor shaxslari;
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (fuqarolar yig‘ini, mahalla qo‘mitalari va boshqalar)ning mansabdor shaxslari;
-qarovsiz qolgan bolaning yaqin qarindoshlari;
-fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari (FHDYO) ning mansabdor shaxslari (agar shaxsning o‘lganligini yoki o‘lgan deb e’lon qilinganligini qayd etishda bolaning qarovsiz qolganligi ma’lum bo‘lib qolsa);
-sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ota-onalik huquqini cheklash, muomalaga layoqatsiz deb topish haqida va bolaning ota-ona qaramog‘idan mahrum qilinishiga sabab bo‘lgan holatlar haqida hal qiluv qarori chiqarganda;
-o‘z faoliyati turiga muvofiq oila va bolalar bilan bog‘liq boshqa muassasalarning mansabdor shaxslari;
-shunday bolalar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shahslar va fuqarolar.
O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandiga binoan Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga binoan vasiylik va homiylik organlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
A) ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydilar, ularni hisobga oladi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir holatidan kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydilar (Oila kodeksini 149-moddasi)
B) bola manfaatlari uchun zarur hollarda unga vasiy yoki homiy tayinlaydilar (Oila kodeksini 177, 179-moddalari);
Vaqtinchalik bolalarni joylashtirish ularni qarindosh-urug‘lariga yoki bolalarga yaqin bo‘lgan shaxslarga berishdan iborat. O‘zbek oilalarida bolalar tog‘asi, ammasi, amakisi va holasiga beriladi. Qadimdan mahalliy halqlarda etim bolalar yaqin qarindoshlari tarbiyasida qoldirilgan. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qarindosh-urug‘larida qoldirish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanib bolalar yaqin kishilaridan uzoqlashib ketmagan. Bolalar yaqin qarindoshlarida qoldirilsa ota-onasidan ajralib qolganliklarini unchalik sezmaydilar. Agarda bolalarni bunday shaxslarga berishlikni iloji bo‘lmasa unday holatda ular bolalar muassasalariga joylashtirilgan. Bunday joylashtirishdan asosiy maqsad bolalarga oila tarbiyasini berishdan iborat. Bolalarni oilada tarbiyalashning ustunligini ko‘rsatadi.
Ota-ona homiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar, tarbiyalanish uchun oilaga joylashtiriladigan bolalar albatta hisobga olinishi kerak.
Hisobga olishni bunday tartibi bolalar manfaatlarini har taraflama himoya qilishga qaratilingan. Undan maqsad bunday bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani markazlashtirilgan va hammabop bo‘lib har bir bola osonlikcha joylashtirilishi uchun imkoniyatga ega bo‘lib o‘ziga tegishli sharoitlar bo‘lishi kerak. Bir yo‘li bolalarni bunday qayd etish tizimi ularni oilaga tarbiyalash uchun berishda suiste’mol qilishlikka yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Oilaga bolalarni tarbiyalash uchun berishda dastlabki ma’lumotnomani birinchi navbatda ularni davolash va tarbiyalash muassasalarining rahbarlariga topshiriladi. Qoida asosida birinchi navbatda ularga bolalarni tarbiyaga berish to‘g‘risida u nima bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risida xabar beriladi. Masalan, bolani ota-onasining vafot etishi ushbu muassasadan bolani olib ketishlikni rad etish, ota-onalarni ota-onalik huquqidan mahrum etish. etti kun ichida bunday bolalar to‘g‘risida vasiylik organlariga bunday bola oilaga tarbiyaga berish to‘g‘risida bolalar muassasalarini rahbarlariga ma’lum bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berishlari lozim.

10-mavzu. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni joylashtirish shakllari


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasining 2-qismiga binoan, davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan hayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
Oila kodeksini maxsus 6-bo‘limi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllariga bag‘ishlangan. 19-bob, 148-150-moddalar.
Oila kodeksining 148-moddasiga muvofiq, ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘hshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
2017-yil mamlakatimizda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilindi. Ushbu yilda amalga oshiriladigan tadbirlarda alohida ta’kidlanadiki, oilalarning mustahkamligi bolalarning bekamu-ko‘st hayot kechirishlari, komil inson bo‘lib voyaga etishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlar yuzasidan sud-prokuror amaliyoti hamda mazkur huquqlardan mahrum qilingan shaxslarning farzandlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ahvoli umumlashtiriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ishlari Oila kodeksi 80-moddasining talablariga binoan vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rilishi lozim.
2016-yilda respublikamizda sudlar tomonidan ko‘rilgan 330 ta fuqarolik ishlarining 14 tasida vasiylik va homiylik organlari ishtirok etmaganlar.
Oila kodeksining 148-moddasida nazarda tutilgan holatlar yuz berganda vasiylik va homiylik organlarida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati vujudga keladi. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va majburiyatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlarining ham huquqi va majburiyatidir. CHunki bu huquq va majburiyatlarni amalga oshirish vakolti davlat tomonidan vasiylik va homiylik organlariga berilgan. SHuning uchun ham bolaning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlik fakti qachon ro‘y berganligi va bu faktning mavjudligini nimalar tasdiqlashini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Ma’muriy organlar faoliyatida ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari o‘z vaqtida ijroga qaratilsada vasiylik va homiylik organlari o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, qarorlar ijrosini o‘z vaqtida bajarmaslik holatlari hamon uchrab turmoqda.
Ota-onasidan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joylari ular voyaga etgunga qadar saqlanishi lozim bo‘lsada, lekin ayrim hollarda bunday bolalarning uy-joylari sotilishga yoki ularning boshqa moddiy va ijtimoiy huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida vasiylik va homiylik organlari tomonidan Oila kodeksining 182-moddasiga binoan vasiy va homiylar o‘z vazifalarini bajarishlari ustidan nazorat etarli darajada o‘rnatilmaganligidan dalolat beradi.
Ota-onasidan mahrum bo‘lgan bolalar aniqlangandan keyin dastlabki tekshirishda ikkita hujjat: bolaning turmush sharoitini tekshirish yakunlari haqidagi bayonnoma va unga asoslangan xulosa tuziladi. Tekshirish davomida, agar zarurat tug‘ilsa, bolaning mulkini qo‘riqlash choralari ko‘riladi. Bunda mahalla faol ishtirok etishi talab etiladi. Bugungi kunda bolalarini qarovsiz qoldirib, boshqa davlatlarga noqonuniy ishga ketib qolayotgan ota-onalarning bolalariga ham e’tibor qaratish masalasi dolzarb masalaga aylanmoqda. SHu sababli bunda jamoatchlik nazoratini yanada kuchaytirish, bu borada qonunchilikka ma’lum normalarni kiritish hamda mahalla va ta’lim muassasalarining ma’suliyatlarini oshirish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, hisobga olish va joylashtirish.
Oila kodeksini 149-moddasi vasiylik va homiylik organlari tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida Nizom"da belgilab qo‘yilgan.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Oila kodeksini 149-moddasini 3-qismiga binoan quyidagilar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida vasiylik va homiylik organlariga habar berishga majburlar:
Maktabgacha tarbiya muassasasining mansabdor shaxslari;
Umumta’lim muassasalarining mansabdor shaxslari;
Davolash muassasalarining mansabdor shaxslari;
Aholini ijtimoiy himoyalash muassasalarining mansabdor shaxslari;
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (fuqarolar yig‘ini, mahalla qo‘mitalari va boshqalar)ning mansabdor shaxslari;
-qarovsiz qolgan bolaning yaqin qarindoshlari;
-fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari (FHDYO) ning mansabdor shaxslari (agar shaxsning o‘lganligini yoki o‘lgan deb e’lon qilinganligini qayd etishda bolaning qarovsiz qolganligi ma’lum bo‘lib qolsa);
-sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ota-onalik huquqini cheklash, muomalaga layoqatsiz deb topish haqida va bolaning ota-ona qaramog‘idan mahrum qilinishiga sabab bo‘lgan holatlar haqida hal qiluv qarori chiqarganda;
-o‘z faoliyati turiga muvofiq oila va bolalar bilan bog‘liq boshqa muassasalarning mansabdor shaxslari;
-shunday bolalar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shahslar va fuqarolar.
O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandiga binoan Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga binoan vasiylik va homiylik organlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
A) ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydilar, ularni hisobga oladi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir holatidan kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydilar (Oila kodeksini 149-moddasi)
B) bola manfaatlari uchun zarur hollarda unga vasiy yoki homiy tayinlaydilar (Oila kodeksini 177, 179-moddalari);
Vaqtinchalik bolalarni joylashtirish ularni qarindosh-urug‘lariga yoki bolalarga yaqin bo‘lgan shaxslarga berishdan iborat. O‘zbek oilalarida bolalar tog‘asi, ammasi, amakisi va holasiga beriladi. Qadimdan mahalliy halqlarda etim bolalar yaqin qarindoshlari tarbiyasida qoldirilgan. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qarindosh-urug‘larida qoldirish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanib bolalar yaqin kishilaridan uzoqlashib ketmagan. Bolalar yaqin qarindoshlarida qoldirilsa ota-onasidan ajralib qolganliklarini unchalik sezmaydilar. Agarda bolalarni bunday shaxslarga berishlikni iloji bo‘lmasa unday holatda ular bolalar muassasalariga joylashtirilgan. Bunday joylashtirishdan asosiy maqsad bolalarga oila tarbiyasini berishdan iborat. Bolalarni oilada tarbiyalashning ustunligini ko‘rsatadi.
Ota-ona homiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar, tarbiyalanish uchun oilaga joylashtiriladigan bolalar albatta hisobga olinishi kerak.
Hisobga olishni bunday tartibi bolalar manfaatlarini har taraflama himoya qilishga qaratilingan. Undan maqsad bunday bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani markazlashtirilgan va hammabop bo‘lib har bir bola osonlikcha joylashtirilishi uchun imkoniyatga ega bo‘lib o‘ziga tegishli sharoitlar bo‘lishi kerak. Bir yo‘li bolalarni bunday qayd etish tizimi ularni oilaga tarbiyalash uchun berishda suiste’mol qilishlikka yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Oilaga bolalarni tarbiyalash uchun berishda dastlabki ma’lumotnomani birinchi navbatda ularni davolash va tarbiyalash muassasalarining rahbarlariga topshiriladi. Qoida asosida birinchi navbatda ularga bolalarni tarbiyaga berish to‘g‘risida u nima bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risida xabar beriladi. Masalan, bolani ota-onasining vafot etishi ushbu muassasadan bolani olib ketishlikni rad etish, ota-onalarni ota-onalik huquqidan mahrum etish. etti kun ichida bunday bolalar to‘g‘risida vasiylik organlariga bunday bola oilaga tarbiyaga berish to‘g‘risida bolalar muassasalarini rahbarlariga ma’lum bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berishlari lozim.
Ota-onasiz qolgan bolalar to‘g‘risida birinchi hisob bolalar yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Vasiylik va homiylik organlari bir oy davomida bolalarni oilaga joylashtirish ma’lum bo‘lgandan so‘ng habar beriladi.
Oila kodeksini 150-moddasiga, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa, etim bolalar yohud ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘hshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari har xildir.
Amaldagi oila qonunchiligi bolalarni joylashtirishda ularni oilaga tarbiyaga olinishini ta’minlovchi shakllarga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga berish) afzallik beradi.
Bolani oilada yashashi va tarbiyalanishi uning "Bola huquqi to‘g‘risida"gi Konvensiyada va Oila qonunchiligida nazarda tutilgan eng muhim huquqlaridandir. Bu holatda, odatda bolaning o‘z ota-onasi oilasida yashashi va tarbiyalanishi tushuniladi.
Bolalarni joylashtirishda uni etnik kelib chiqishi, ma’lum din va madaniyatga tegishli ekanligi, ona tili, tarbiyalash va ma’lum olishda izchillik holati hisobga olinishi kerak.
Oila kodeksini 150-moddasini 2-qismiga binoan, oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish masalasi hal bo‘lguniga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.

11-mavzu Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni jamiyatga integratsiya bo‘lish imkoniyatlari


O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari intilmoqda. Bunday yuksak maqsadga erishishda oilaga bo‘lgan munosabat muhim o‘rin egallaydi. CHunki oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Har bir oilaning farovonligi, oiladagi naslning sog‘lomligi, barkamolligi jamiyat farovonligida, davlatning yuksalishida kafil bo‘lib xizmat qiladi.
Har jihatdan barkamol bo‘lgan sog‘lom avlodni shakllantirish muammosi bugungi kunda davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. CHunki har qanday davlatning taraqqiyoti kelajak poydevori bo‘lgan yosh avlodga, ular tarbiya topayotgan oilaviy muhitning sog‘lomligiga, mustahkamligiga uzviy bog‘liqdir. Istiqlol yo‘lidan ildam odimlayotgan mamlakatimiz bolalarni samarali ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida dastavval oilada salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z vaqtida bartaraf etishga, har jihatdan sog‘lom bo‘lgan avlodni tarbiyalab o‘stirishga e’tibor qaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 1997-yilning “Inson manfaatlari yili”, 1998-yilning “Oila yili”, 2000-yilning “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yilning “Onalar va bolalar yili”, 2007-yilning “Ijtimoiy himoya yili”, 2012-yilning “Mustahkam oila yili”, 2013-yilning “Obod turmush yili” - deb e’lon qilinishi ham jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamini ma’naviy hamda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, davlatning kelajak vorislariga nisbatan g‘amxo‘rligining yana bir dalilidir.
Bugungi kunda himoyaga muhtoj bolalarni, jumladan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalarga aylanib borayotgan bir davrda ularni ijtimoiy himoyalash vazifasi turli darajadagi tashkilot va muassasalarning diqqat e’tibori markazidagi masalalar qatoriga kirib bormoqda. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, ushbu mavzuning dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, Aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo‘lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi;
Ikkinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar soni ko‘payib qoldi. Bunday holat jamiyatimiz, davlatimiz kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki barcha bolalar davlatning, jamiyatning kelajagi hisoblanishadi. Ular voyaga etishgach, o‘sha davlatning, o‘sha jamiyatning asosiy boshqaruvchilari bo‘lishadi;
Uchinchidan, oilaviy-huquqiy munosabatlar orasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari kun tartibida bo‘lib turibdi;
To‘rtinchidan, bugungi kun ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashning muqobil shakllarini izlab topish hamda ularni hayotga keng tadbiq qilish masalasi ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan bir davrda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni oilaga tarbiyaga berish, ularni hayotga har tomonlama tayyorlashni talab etmoqda;
Beshinchidan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash bugungi kunda Mehribonlik uylari rahbar hamda pedagog xodimlari faoliyatining asosiy mazmun va mohiyatiga aylanib bormoqda, ammo mazkur muassasa bitiruvchilari kelgusida mustaqil hayotga moslashish jarayonida muammolarga duch kelmoqdalar;
Oltinchidan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarining tashkillashtirilishi masalalariga oid jahon tajribasini o‘rganish hamda mahalliy va milliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda jahon tajribasi yutuqlarini amaliyotga keng joriy qilish zamon talabiga aylanib bormoqda.
12 mavzu Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi bilan bog‘liq tadqiqotlar.
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etishning ilmiy asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish mavzuning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. SHu ma’noda, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi bilan bog‘liq tadqiqot yagona kompleks tadqiqot sifatida o‘rganilmagan bo‘lsada, ammo u bilan bog‘liq yoki uning atrofidagi masalalar xorij va mamlakatimiz olimlarining qator ilmiy tadqiqot ishlarida u yoki bu darajada o‘z aksini topgan.
Bu borada xorijlik olimlardan A.Freyd “Razluka s materyu”, G.Ammon “Mozg, obuchenie i zdorove”, S.A.Belicheva “Eto opasnыy vozrast”, Y.Langmeer va Z.Mateycheklar “Psixicheskaya deprivatsiya v detskom vozraste”, R.Bernis “Razvitie YA-konsepsii i vospitanie”, S.A.Dzenushkayte “Nash dom” kitobida, A.M.Prixojan “Deti bez semi”, A.YU.Marokko “Adaptatsiya podrostkov, lishennыx roditelskogo popechitelstva, v strukture ALBD” asarida, R.A.SHipits “Povedenie deprivirovannыx detey”, P.Kotli “Novыe priyomnыe roditeli (pervыy opыt)”, A.S.Spivakovskaya “Psixologicheskaya pomoщ semyam, vzyavshim na vospitanie detey iz gosudarstvennыx uchrejdeniy”, N.P.Ivanova va O.V.Zavodilkinalar “Deti v priyomnoy seme: Sovetы nachinayuщim roditelyam” da, M.N.Akimova “Organizatsiya rabotы s priyomnыmi semyami” nomli tadqiqotlarida, L.S.Alekseeva va V.YU.Menovshikovlar “Sotsialnыy patronat semi v sisteme sotsialnogo obslujivaniya”, E.Bilson va D.Xarvinlar “Nabor metodicheskix instrumentov dlya vnedreniya kuratorskix funksiy v praktiku sotsialnoy rabotы s sotsialno uyazvimыmi detmi i semyami” asarlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalardagi ruhiy o‘zgarishlar, axloqiy, aqliy, xarakter va bir qancha ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yo‘llariga oid ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Respublikamizda I.Zokirov “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi”, A.X.Saidov “Xalqaro huquq”, “Bola huquqlari monitoringi”, F.M.Otaxo‘jaev “O‘zbekiston Respublikasining Oila huquqi” da, SH.YUldasheva va A.Qurbonovlar “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilish”a, G.Inamdjanova “Ota-ona va bolalarning huquqlarini oila huquqiy himoya qilish muammolari”, D.Axmedov “O‘zbekistonda davlat ijtimoiy himoyasi: huquqiy asoslari va takomillashtirish muammolari” da, B.N.Normurodov “Hozirgi zamon tarbiya nazariyasi va amaliyoti”, N.S.Aliqoriev “Umumiy sotsiologiya”, M.B.Bekmurodov “Sotsiologiya asoslari”, F.H.Nabiev “Ijtimoiy siyosat” o‘quv kurslarida, A.SH.Norbekov “O‘zbekistonda ijtimoiy kafolat tizimini yaratish muammolari: siyosiy-sotsiologik tahlil”, A.B.YUnusov “O‘smir Yoshlarda ijtimoiy deviantlik holatlarining sotsiologik xususiyatlari”, YU.G‘.Salimov “O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida tarbiyaning milliy xususiyatlari: sotsiologik tahlil”, E.To‘xtamurodov “Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy va pedagogik asoslari”, U.Asqarova “Mehribonlik uyi o‘smirlarida milliy g‘ururni tarbiyalashning pedagogik asoslari”, I.Xaydarov “Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar shaxsining individual ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, E.A’zamxo‘jaeva “Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining muomila maromining dinamikasi va yosh xususiyatlari” monografiyalarida, M.X.G‘anieva “Ijtimoiy ish asoslari”a, S.X.Tadjieva “Etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ijtimoiylashuvi masalalari”, D.G‘.Sobirova “Qay biri ma’qul: Patronat oila yoki Mehribonlik uyi?” kabi asarlarida va boshqalar o‘z ilmiy izlanishlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish, bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy hayotga tayyorlash kabi masalalarini huquqiy, sotsiologik, pedagogik, psixologik jihatdan o‘rganinishga harakat qilishgan.

13-mavzu. Ijtimoiy ish (yordamga muxtoj bolalar bilanqonunni buzishga bo‘lgan moyillikni profilaktikasi ) bo‘yicha mutaxassis faoliyatining o‘ziga xosligi


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridayoq Respublika hukumati tomonidan oilalar mustahkamligini ta’minlash, farovonligini oshirish, oila muhitida har jihatidan yetuk, komil insonni tarbiyalash masalalarining davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanishi bu borada qator ijobiy ishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Xususan, «Oila» ilmiy-amaliy Markazi, «Sog’lom avlod» nodavlat jamg’armasi tashkil etildi. Mazkur muassasalarda yo‘lga qo‘yilayotgan faoliyatining bosh maqsadi oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga nazariy va amaliy yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Jamoatchilik imkoniyatlari, shuningdek, nomlari yuqorida qayd etib o‘tilgan muassasalarning faoliyat yo‘nalishlari mazmuni bilan tanishish


Har yili dunyo bo‘yicha 200 million atrofidagi bolalar seksual zo‘ravonlik qurbbonlargia aylanmoqda. Bundan tashqari voyaga yetmaganlarga ma’naviy zarar yetkazish va bog’chalarda, maktablarda va uyda urishlar yuz bermoqda. Bu barcha mamlakatlarda – va ijtimoiy mavqeiga qaramasdan barcha oilalarda yuz bermoqda. BMTning yangi ma’ruzasidagi ma’lumotlar shuni tasdiqlamoqda.
BMT bolalarga nisbatan amalga oshirilayotgan jismoniy, seksual va ruhiy zo‘ravonlik haqidagi birinchi ma’ruzasini e’lon qildi. Asosiy tashabbuskori BMTning Bosh kotibi hisoblanuvchi Kofi Annan bo‘lgan tadqiqot to‘rt yil mobaynida dunyoning yigirma bir mamlakatlarida (ularning aksariyati rivojlangan mamlakatlar) olib borildi. Ma’ruzaning mualliflaridan biri, professor Paulo Serxio Pineyroning ta’kidlashicha vaziyat bir necha o‘n yillar davomida «o‘ta ayanchli» bo‘lib qolmoqda. Aniqlanishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik barcha mamlakatlarda va barcha qatlamlarda amalga oshirilmoqda.1
Aniqlanishicha, har yili dunyo bo‘yicha 220 million bola faqat seksual zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda.
BMT tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, har yili 150 million qiz bolalar (dunyodagi barcha bolalarning 14%) va 73 million o‘g’il bolalar (dunyodagi barcha bolalarning 7%) pedofillar yoki tengdoshlarining qurboni bo‘lishmoqda. Hozir yasha yotgan katta yoshlilarning 36% ayollar va 29% erkaklari bolaligida seksual ta’qib ob’ektlari bo‘lishgan.
Bundan tashqari, bolalarni ko‘pchilik ruhiy kamsitmoqda va qisman urmoqda. To‘g’ri: mazkur dalillarni aniqlash qiyin: bolalar «uyalaganliklaridan, shuningdek yuridik himoyaga ishonmaganliklaridan» bu hao‘da hech kimga gapirmaydilar. Pineyro Bi-bi-siga «maktabda, turli muassasalarda va uyda amalga oshirilgan va ko‘zdan yashirin qolayotgan ko‘plab holatlar mavjudligi» haqida gapirdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, 80 dan 90%gacha bolalarni uylarida urmoqdalar. Ma’lumotlarning noaniqligiga sabab, tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, mehribon ota-onaning ota-onaning beg’araz shapatlashi bilan «yomon xulq» uchun ayovsiz kaltaklash o‘rtasidagi chegarani aniqlashning qiyinligidadir. Olimlarning ta’kidlashlaricha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, izsiz ketmaydi, butun umr inson ruhiyatida chandiq bo‘lib qoladi – va yuz berish ko‘lamiga ko‘ra, butun jamiyatga xavf solmoqda.
Masalan, bolalikdagi seksual zo‘ravonlikning kechiktirilgan ruhiy samarasi noto‘g’ri seksual xulq yoki ichkilikka ruju qo‘yishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda, dunyodagi katta yoshli aholining 27% gachasi bolalikda ko‘rgan zo‘ravonligi oqibatlaridan zarar ko‘rib kelishmoqda. Ma’ruzachilarning ma’lum qilishlaricha, bolaligida zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan katta yoshlilarning 6% uzoq davom etuvchi depressiyadan qutula olmaydi, alkogolik yoki narkoman bo‘lib qoladi. «Bi-bi-si» xabariga ko‘ra, bolaligida jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan katta yoshlilarning 8% o‘z joniga qasd qilishga urinib ko‘radilar, 10% ruhiy va psixologik muammolarga duchor bo‘ladilar. Qurbonlarning bir qismi katta bo‘lgach o‘zlari zo‘ravonga aylanishadi.
«Zo‘ravonlikdan muhofaza kechiktirib bo‘lmaydigan ishdir. Bolalar asrlar mobaynida kattalar tomonidan zo‘ravonlikka duchor bo‘lib kelmoqdalar va buni hekim ko‘rmayapti va hech kim bu haqda eshitmagan – deydi Pineyro. – Va eng katta muammo – ayrim ijtimoiy mo‘ljallar borki, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni indamasdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu boisdan, BMT ishtirokchi davlatlarga murojaat etib, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni qonunga zid deb e’lon qilishga va bolalarni muhofaza qilishni kafolatlashga chaqirdi.1
BMT har birmamlakatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish bo‘yicha milliy strategiyani, shuningdek, bolalarni muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi maxsus vakillik muassasalarini shakllantirishni tavsiya etmoqda. Tadqiqot dunyoning 135 hukumati tomnidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Paulo Serxio Pineyro: «XIX asrda mehnatkashlar ozodligi, XX asrda ayollar ozodligidan keyin, mening o‘ylashimcha endi bolalarni ham oilaning mulki yoki qanaqadir insoniyatga tegishli kichik mavjudot deb emas, balki teng huquqli fuqaro deb tan olish vaqti keldi» - dedi.
BMT mutaxassislarini rossiyalik psixologlar ham qo‘llab-quvvatlamoqdalar. «Haqiqatdan ham, bolani jazolash an’anaga aylanib qolgan. Rossiyada har yili 2 mln atrofidagi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar kaltaklashga duchor bo‘lmoqda. Oddiy hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, bizning mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 9-10% uyda kaltaklanayotganligini ko‘rishimiz mumkin», deydi rossiyalik qonun himoyachisi, «Bola huquqlari» jamoat tashkilotining rahbari Yuriy Altshuler «Gazeta.Ruga bergan intervyusida. K.A.Timiryazev nomidagi №20 sonli bolalar Travmatologiya klinik kasalxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Rossiya kasalxonalariga 700 atrofidagi bola ota-onalarining kaltaklashidan zarar ko‘rib yotqiziladi. Biroq, huquq himoyachisining fikriga ko‘ra, bu ma’lumotlar voqelikka mos kelmaydi.
Rossiyada bolalarga nisbatan amalga oshirilayotgan seksual va ruhiy zo‘ravonlik to‘g’riisida ma’lumotlar hozircha yo‘q.
«Bolaga nisbatan ruhiy zo‘ravonlikni aniqlash usuli menga tushunarsiz – bolalarning ko‘pchiligi uyda yashashadi va ularning ota-onalari bilan munosabatlari hech kimni qiziqtirmaydi. Biroq ko‘pincha bolani shaxs emas, balki tarbiyalash va jazolash ob’ekti deb qarashadi, - deydi Altshuler. – Seksual zo‘ravonlik ham ota-onalar yoki boshqa qarindoshlar, ya’ni bolalar ishongan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular shunchaki «uni jinsiy aloqaga o‘rgatib qo‘yishi mumkin». Shu boisdan, bolalarga nisbatan seksual zo‘ravonlik Rossiyada keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, uni aniqlash juda qiyin».1
Altshuler ota-onalari tomonidan zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan 14-15 yoshli bolalar ko‘pincha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishlarini, biroq bu befoyda ekanligini ma’lum qiladi.
«Bizda aniqlash tizimi ishlamayapti, shu boisdan bolaning noilojlikdan o‘z joniga qasd qilishi yoki ota-onasini o‘ldirishi holllari yuz bermoqda. Shundagina sudlashishlar boshlanadi va hech kim fojeaning oldini olish muminmidi deb o‘ylab ko‘rmaydi» - deydi qonun himoyachisi. Vaholanki, bizda bolani muhofaza qilishi mumkin bo‘lgan uchta instantsiya mavjud – bular sudlar, voyaga yetmaganlar ishlri bo‘yicha komissiyalar va vasiylikni belgilash orgnlari. Boris Altshulerning ta’kidlashicha, «ushbu organlarning birontasi mos ish olib borish uchun lozim bo‘lgan spetsifik me’yoriy bazaga ega emas. Bu yo‘nalishda ma’lum ishlar qilinmoqda, biroq juda sekin».
Ko‘pincha erlari bolaligida zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan oilalarning ayollari zo‘ravonlikka duchor bo‘ladilar
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik dunyoda keng tarqalganolat hisoblanadi. YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizning 275 million bolasi uydagi zo‘ravonlikning qurbonlaridir – bularga zo‘ravonlikning beixtiyor guvohlari ham kiradi. 6 mln.ga yaqin bola ishlashga majbur. Barcha raqamlar taxminiy, chunki bolalarga nisbatan zo‘ravonlik jamoatchilikdan yashirin tarzda amalga oshiriladi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik dunyoda keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Ushbu qarorga to‘rt yil mobaynida dunyoning yigirma bir mamlakatida, ularning aksariyati rivojlangan davlatlar, tadqiqot olib borgan BMT mutaxassislari kelishgan.
Tadqiqot olib borgan BMT mutaxassislari ta’kidlashlaricha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hodisasi oddiy hol sifatida qaraladi va jamoatchilik tomonidan qoralanmaydi, deb xabar beradi BBC.
BMT ma’lumotlargia ko‘ra, deyarli 6 million bolalar ishlashga majburlar, ko‘pchiligini fohishabozlik bilan shug’ullanishga yoki pornosanoatda ishlashga majbur qilishadi. Mualliflarning taxminlariga ko‘ra, 1 milliard atrofidagi bolalar maktabda jismoniy jazolashdan qonun bilan himoyalanmagan.
Oldinroq BMTning Bolalar jamg’armasi mutaxassislari maishiy zo‘ravonlikka doir xalqaro tadqiqotlar natijalarini e’lon qilgan edilar. Unga ko‘ra, sayyoramizning 275 million bolasi uydagi zo‘ravonlikning qurbonlaridir – bularga zo‘ravonlikning beixtiyor guvohlari ham kiradi.
BMT matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu baho taxminiy bo‘lib, haqiqiy ahvoldan keskin farq qilishi mumkinligini, chunki bolalarga nisbatan uyda sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlari haqida huquqni muhofaza qilish organlari ham ko‘pincha ma’lumotlarni yashiradilar.1
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kichik bolalar o‘smirlarga qaraganda ko‘proq uydagi zo‘ravonlikka duchor bo‘ladilar va bu alrning aqliy va hissiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Ular kattaroq bo‘lganlarida maktabda muammolar paydo bo‘ladi, tengdoshlari bilan muloqotda qiynaladilar, depressiya, keskin qo‘zg’alish va boshqa ruhiy buzilishlardan qiynaladilar. YuNISEF ekspertlarning ta’kidlashlaricha, ushbu bolalarning ichida ko‘pincha alkogolizm va narkomaniya, o‘smirlar jinoyatchiligi holatlari ko‘p uchraydi. Oilaviy zo‘ravonlik muhitida o‘sgan bolalar nisbatan tajovuzkor bo‘ladilar.
Hatto o‘zlari kaltaklashga yoki seksual tajovuzga duchor bo‘lmagan bolalar ham, birga yashayotgan ota-onalari orasida shunga o‘xshash holatlarni ko‘rsa, bu ularning ruhiy va psixologik sog’lig’iga ta’sir qiladi. Uydagi zo‘ravonlikning qurboni yoki guvohi bo‘lgan 40% atrofidagi bolalar katta bo‘lganlarida ham uning oqibatlaridan qutula olmaydilar – ular yana zo‘ravonlikning qurboni bo‘lishadi yoki o‘zlari zo‘ravonlikni sodir etishadi, chunki ular oilaviy zo‘ravonlik jinoyat emas, balki oiaviy ziddiyatni hal qilish yo‘li deb hisoblovchi muhitda katta bo‘ladilar.
Shu tariqa aytish mumkinki, oilaviy zo‘ravonlikka moyillik avloddan avlodga o‘tadi. Buni eksperlar ham ta’kidlamoqdalar – ularning ma’luotlariga ko‘ra, aksariyat oilaviy zo‘ravonlikka duchor bo‘layotgan ayollarning erlari yoshligida yoki o‘zlari zo‘ravonlik qurboni bo‘lishgan, yoki oilada onalarining zo‘ravonlikka duchor bo‘lganligiga guvoh bo‘lganlar.
Uydagi zo‘ravonlik muammosi jamoatchilik e’tiboridan yashirin qolmoqda. YuNISEF ma’ruzasi mualliflari hukumatlarni va jamoat tashkilotlarini bunga e’tibor qaratishga va uydagi zo‘ravonlikni jinoiy deb hisoblovchi va unga qarshi kurashuvchi qonunlarni qabul qiliga chorladi.
BMTda shuningdek dunyoning turli burchaklarida bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlikning sabablari, ko‘lami va tavsifini atroflicha o‘rganmoqchilar hamda ushbu hodisaga qarshi kurash rejasini ishlab chiqmoqchilar.
Zo‘ravonlikning xatar omillari va ximoya omillarini tushinish uchun ekologik model:

Download 383,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish