IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASINING -SONLI YIG‘ILISHI BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA 14.02.2022 Termiz shahri Majlis raisi: M.O.Norbosheva.
Majlis kotibasi: M. Quvvatova
Qatnashdilar: Kafedra professor-o‘qituvchilaridan katta o’qituvchilar M.Norbosheva, F.Yuldosheva, o’qituvchilardan N. Qurbonova, A. Bobokeldiyeva, M. Sheraliyeva, stajyor o’qituvchilar (jami 10 nafar) va 2 kurs magistrlari (jami 26 nafar)
Kun tartibida: 1.5A111801 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistri Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovnaning “Maktabgacha ta’limda bolaning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oilalar bilan ishlash texnologiyasi ” mavzusidagi ilmiy seminar ma’ruzasini tinglash va muhokamasi haqida.
SO‘ZGA CHIQDILAR: Kafedra mudiri M.Norbosheva, so‘zga chiqib,bugungi ilmiy seminarda 2-kurs magistri Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovnaning “Maktabgacha ta’limda bolaning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oilalar bilan ishlash texnologiyasi ” mavzusi muhokamaga qo‘yilayotganligini aytib o‘tdi va barchani muhokamada faol ishtirok etishga chorladi. Ma’ruza uchun taqdimotning mavjudligini aloxida qayd etib, reglament ma’ruzachiga 15 daqiqa berilishini aytib o‘tdi.
Ushbu magistrning magistrlik dessertatsiyasi II bobi yuzasidan 2-kurs magistri Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovnaning ma’ruzasi va fikr-muloxazalari tinglandi.
II bob bo‘yicha kamchiliklar aytib o‘tildi. Ilmiy seminar davomida barcha o‘qituvchilar savollar bilan murojat qilib savollariga javob oldilar.
ESHITILDI: Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri M.Norbosheva so‘zga chiqib, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistri Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovnaning “Maktabgacha ta’limda bolaning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oilalar bilan ishlash texnologiyasi ” mavzusi II bobi yuzasidan ilmiy seminar ma’ruzasi bo‘yicha o‘z fikr va muloxazalarini bildirdi. Magistr tomonidan ko‘pgina tadqiqotlarga murojaat etilgan, bugungi kunda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlaridanoq kitobxonlikka jalb qilish haqida tadqiq qilishning dolzarb masala ekanligi asoslandi. II bob yuzasidan qanday adabiyotlar bilan ishlash lozimligini aytdilar.
KAFEDRA YIG‘ILISHI QAROR QILADI: 2-kurs magistri Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovnaning “Maktabgacha ta’limda bolaning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oilalar bilan ishlash texnologiyasi ” magistrlik dissertatsiyasining II-bobi yuzasidan ma’ruzasini axborot uchun qabul qilinsin.
10 kun muddatda ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatish va shu materiallar asosida ilmiy maqola tayyorlash vazifasi Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovnaga yuklatilsin.
Ilmiy seminar bayonnomasidan ko‘chirma magistratura bo‘limiga taqdim etilsin.