M. N. Musayev


S8 BOB. TUMANLARNI USHLAB QOLISH



Download 2,99 Mb.
bet39/493
Sana01.01.2022
Hajmi2,99 Mb.
#283219
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   493
Bog'liq
Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari M Musayev

S8

  1. BOB. TUMANLARNI USHLAB QOLISH

Tumanlar bug‘laming termik kondensatsiyasi yoki aerodispers tizimda joylashgan moddalami kimyoviy o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Tumanlar sulfat kislota, termik fosfor kislotasi ishlab chiqarishida, turli kislotalami va tuzlarni konsentrlashda, moylarni bug‘lanishida va shu kabi boshqa jarayonlarda ham hosil bo‘ladi.

Tumanlarni ushlab qolish uchun tolali va setkali filtr- tumanushlagichlar va ho‘l elektrofiltrlar qo'llaniladi. Tolali filtr tumanushlagichlarning ishlash tartibi suyuqlik zarralarini tolalar orqali o‘tkazilganda ulami ushlab qolishiga asoslangan. Tuman zarralarini tolalar bilan to‘qnashishi natijasida zarralami koalessensiyasi vujudga kelib, suyuqlik plyonkasi hosil bo‘ladi va bu suyuqlik plyonkasi alohida tomchilarga aylanib, filtriardan ajratiladi. Filtrlarning afzalligi: tumanlarni ushlab qolishda yuqori samaraga egaligi, ishlashida ishonchliligi, konstraksiyasmi, montajini va xizmat ko'rsatishni soddallgidir.

Kamchiligi: tumanlarni ushlash jarayonida ular tarkibida qattiq zarralar, havo nami va CO2 , SO2, HF gazlari uchraganda tolalar ustida ko‘plab erimaydigan tuzlaming hosil bo‘lib borishidir.

Ushlab qolingan suyuqliklaming harakati gravitatsion, aerodinamik va kapillyar kuchlar ta’sirida vujudga kelib u tolalar qatlamining strukturasiga (qatlam ichida joylashgan tola diametriga, g‘ovakligiga va qatlamni bir jinsligiga), filtratsiya tezligiga, tolalami hollanishiga, suyuqlik va gazlarni fizik xususiyatlariga bog'liqdir. Bunda joylashgan qatlamning zichligi qancha yuqori va tolalar diametri qancha kichik bo‘lsa, unda suyuqlikni ushlab qolinishi shuncha yuqori bo‘ladi.

Tolasimon tumanushlagichlar sekin ishlovchi va tez ishlovchi xillariga bo'Iinadi. Ikkala ko'rinishdagi tumanushlagichlar filtrlash elementlarming to‘plamidan iborat bo'ladi. Sekin ishlovchi tumanushlagichlarning filtrlash elementlari o‘zaro joylashgan sim diametri 3,2 mm li silindrik setkalardan iborat bo‘ladi. Silindrik setkalarning quyi qismi chiqish yo‘liga to‘g‘rilanib kavsharlangan bo‘ladi. Setkalar o‘rtasidagi bo‘shIiq diametri 5 dan 20 mkm gacha bo‘lgan yupqa tolalaming qatlami bilan to'ldirilgan bo‘ladi. Qatlam zichligi 1o0 — 400 kg/m3, qalinligi 0,03 dan 0,10 m gacha bo'ladi.


Tolalar maxsus shishalardan, polipropilendan, poliefirdan, poliviniixlonddan, ftoroplastdan va boshqa shu kabi materiallardan tayyorlanadi.

FUtriash elementlari kolonnaning truba reshotkasiga mahkamlanadi (50-70 ta elementgacha). Tumanushlagichlarda gazlaming tezligi 0.2 rn/sek, ish unumi 180000 m3/soat bo‘ladi.

Tez ishlovchi tumanushlagichlar ichki qismi propilenli kigiz bilan to‘ldirilgan yassi elementlardan iborat bo'ladi. Ular kislota (H2SO4, HC1, HF, H3P04) va konsentrlangan ishqorlarmng tumanlanni ushlab qolish uchun ishlatiladi. Kigizlar diametri 20, 30, 50 va 70 mkm li tolalardan tayyorlanadi.

Ko'pchilik hollarda ikki bosqichli (turli konstruksiyadagi filtrlar) tozalash qurilmalari ishlatiladi. Ulaming ikki xil turlari bor. Binnchi turdagi qurilmada bosh filtr yirik zarralarrn ushlab qolishga mo'ljaUangan bo'lib, tumanlaming konsentratsiyasini kamaytiradi. Ikkinchi filtr esa yuqori dispersli zarralami ushlashga xizmat qiladi. Ikkinchi turdagi qurilmada birinchi filtr aglomerator sifatida xizmat qilib, unda hamma razmerdagi zarralar ushlab qolinadi. Ushlab qolingan suyuqlik esa gaz oqimi bilan yirik tomchilar ko'riuishida ikkinchi filtr — tomchi ushlagichga yuboriladi. Tomchi ushlagichda tolalar diametri 70 mkm bo'lgan kigizlar ishlatiladi. Tomchi ushlagich — flltriarda filtratsiya tezligi 1,5-1,7 m/sek bo'lganda qarshilik 0,5 kPa m, tozalash samarasi esa 3 mkm li zarralar uchun 100% ga yaqin bo'ladi.

Aspiratsion havoni xrom va sulfat kislota tomanlanning zarralandan tozalash filtriari 2 dan 60 ming m3/soat ish unumiga ega. Filtratsiya tezligi 3 — 3,5 m/sek da tozalash samarasi 96 — 99,5% ni, filtrlarnmg qarshiligi esa 150 — 500 Pa ni tashkil etadi.

Moy tumanlarini ushlab qolish uchun aylanib turuvchi silindrik filtrlovchi elementlardan iborat filtrlar ishlab chiqilgan. Bu o'z yo'lida filtrlovchi qatlamni ushlab qolingan moylardan to‘xtovsiz samarali regeneratsiya qilish imkonini beradi. Bunday filtrlarning ish unumi 500 dan 1500 m3/soatm, tozalash samarasi esa 85 — 94% ni tashkil etadi.

Dag'al dispersli tomchilami ushlab qolish uchun legirlangan po'lat, titan asosidagi qotishmalar va boshqa korroziyaga chidamli

60

www.ziyouz.com kutubxonasi matenallardan to'qilgan metall setkali paketlardan iborat tomchi ushlagichlar qo'llaniladi. Setkalar (simlar diametri 0,2 — 0,3 mm) gofrlanadi va paketlarga qalinligi 50 dan 300 mm li qilib joylanadi. Setkalar ftoroplastdan va polipropilendan ham yasalishi mumkin.

Kislota tumanlarini ushlab qolish uchun ho'l elektrofiltrlar ham qo'llanilishi mumkin. Ishlash tartibi ho'yicha ular quruq elektrofiltrlardan farq qilmaydi. Masalan, KT-7 markali elektrofiltr sulfat kislota tumanlarini ushlab qolish uchun ishlatilib, 144 ta tojlanuvchi va cho'ktiruvchi elektrodlardan iborat bo'ladi. Ushbu filtr 500 Pa bosimda va 160 °C haroratda ishlaydi.

Nazorat uchun savollar:



  1. Tumanlar qaysi ishlab chiqarishlarda hosil bo‘ladi?

  2. Tumanlami ushlab qolish uchun qanday apparatlar qo‘llaniladi?

  3. Tez ishlovchi tumanushlagichlarning tuzilishi qanday?

  4. Kislota tumanlarini ushlab qolish uchun yana qanday apparat qo'llaniladi?

  5. Tumanushlagichlarning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

  6. Tolasimon tumanushlagichlar qanday xillaiga bo'linadi va ulami tuzilishi qanday?

  7. Ikki bosqichli tozalash qurilmalari qanday zarralami ushlab qolishga xizmat qiladi?

  8. Dag'al dispersli tomchilarm ushlab qolish uchun qanday tomchiushlagichlar qo'llanlladi?


  1. Download 2,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish