Bog'liq Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari M Musayev
Inersion — uriluvchi gaz yuvgichlar (5.11-rasm). Ushbu apparatlarda gazni suyuqlik bilan kontakti gazni suyuqlikka zarb bilan urilishi natijasida amalga oshiriladi. Bunda changli gaz apparatga maxsus soplo orqali 180° qiyalatib beriladi. Natijada gaz tarkibidagi chang zarralari o'zining inersiya tufayli harakatini davom ettirib suyuqlik yuzasiga uriladi va bunda zarralar bo‘kib suvning tagiga qarab yo'naladi. Tozalangan gaz esa apparatning yuqori qismidan chiqib ketadi. Apparat tagiga cho'kkan chang zarralan shlam ko‘nnishida apparatning quyi qismidan chiqarib yuboriladi. Apparat ichidagi suv vaqti bilan almashtirilib turiladi.