Nasadkali skrubberlar. Nasadkali skrubberda tozalash jarayonini samarali olib borish uchun apparat ichiga nasadkalar joylashtirilgan. Nasadkalaming asosiy vazifasi gaz va suyuqlik o‘rtasidagi to'qnashish (kontakt) yuzasini oshirishdan iboratdir. Bunda gazlarni o‘tib ketish holatlari kuzatilmaydi. Ho'llangan chang zarralari apparatning quyi qismida yig'iladi. Nasadkalami yaxshi ho'llanishi uchun ular gaz oqimini yo'nalishiga qisman 7 — 10° ga qiyalashtirib joylashtirilgan. Suyuqlik sarfi 0,15 — 0,5 1/m3, zarralarning razmeri d3>2mkm da tozalash darajasi 90% dan oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |