Anod oksidlanish va katod qaytarilish. Quyidagi 18.16-rasmda elektrolizyorning sxemasi keltirilgan. Musbat elektrodlarda — anodda ionlar elektronlarni beradi, ya'ni elektrokimyoviy 196
oksidlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Manfiy elektrodlarda — katodda elektronlami birikishi, qaytarish reaksiyasi sodir bo‘ladi.
Ushbu jarayonlar oqova suvni engan aralashmalardan tozalash uchun qo‘llaniladi. Bunday aralashmalarga sianidlar, rodanidlar, aminlar, spirtlar, aldegidlar, nitrobirikmalar, azobo‘yoqlar, sulfidlar, merkaptanlar va shu kabilar kiradi. Elektrokimyoviy oksidlanish jarayonlarida oqova suv tarkibidagi moddalar to'liq parchalanib, CO,, NH3, suv va oddiy hamda toksik bo‘lmagan moddalarga aylanib, ulami boshqa usuliar yordamida ajratib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |