Nazorat savollari:
Biznes jarayonni qanday qayta tashkil etish mumkin?
Jarayonga mo‘ljallanganlik bilan bo‘g‘liq maqsadlarni keltirib o‘ting.
An’anaviy ishlab chiqarish jarayonlari nimadan iborat?
Ish jarayonining qaysi joyida jarayon boshlanadi?
Ish jarayonining qaysi joyida jarayon tamom bo‘ladi?
Ushbu jarayonning oxirida qanday aniq natija yoki qanday ish kutiladi?
Jarayonning qaysi joyida boshqa jarayonlar bilan kesishuv mavjud?
Bu jarayonni qanday ITT tizimlar yoki qanday dasturlar qo‘llab- quvvatlashi kerak?
17-B O B. JARAYONLARNI TAHLIL QILISH
17.1. JARAYONLARNI VA ULARNING XOSSALARINI ANIQLASH
«Jarayon» tushunchasini to‘liqroq o‘rganib chiqamiz.
Jarayonlar konkret obyektga biriktirilgan kiritishorqali ishga tushiriladi. Kiritishhodisa, qaror yoki ishga tushirilgan jarayonning chiqarishi bo‘lishi mumkin. Bizning «Mijozning» buyurtmasi asosida kompyuter tizimini o‘rnatish» misolimiz- da, mijoz buyurtmachi sifatida obyekt hisoblanadi, undan fir- maga tushgan tizimli dasturiy ta’minot yaratish haqidagi buyurtmasi esa o‘rnatish jarayonini aniqlovchi kiritish bo‘lib xizmat qiladi.
Mijozga yo‘naltirilgan, natijaga erishish maqsadida qayta ishlashning barcha qadamlari jarayonga misol bo‘la oladi. Mijoz uchun o‘rnatilgan ITT tizim bu yerda ko‘rilayotgan jarayonning tugallanganligini bildiradi. Jarayonning tugalla- nishini baholash zarur, ya’ni natija tekshiriluvchi birlikning ko‘rinishida bo‘lishi kerak yoki ma’lum bir qiymatga ega bo‘- lishi yoki mijoz uchun foyda keltirishi kerak (masalan, o‘rna- tilgan tizim). Mijoz sifatida nafaqat ayrim iste’molchilarni, balki keng ma’noda, qaralayotgan jarayondan natija oluvchi- larning barchasini tushunish kerak (bajarilgan ishni qabul qilib oluvchi). Bundaylar shaxslar yoki tashkiliy birliklar bo‘li- shi mumkin (bo‘limlar, korxonalar). Bizning misolimizda jara- yonning tugallanish sifati bajarilgan o‘rnatishdan mijoz ehti- yojining va kutishining qanchalik qoniqtirilganligiga bog‘liq.
Jarayonlar quyidagi xossalar bilan xarakterlanadi:
mijoz uchun o‘lchamli birlik sifatida qaraladigan qoida sifatidagi «kiritish» va natija sifatidagi «chiqarish» mav- jud;
har bir jarayon ishning takrorlanuvchi standart murak- kab yo‘llarini tasvirlaydi. Chunonchi, resurslarni qo‘l- lash (xodimlar, jihozlar, ITT qo‘llash) ham standart- lashtiriladi va amalga oshiriladi;
ba’zi jarayonlarni bo‘limlar bo‘yicha ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Ular korxonaning tashkiliy strukturasiga ta’sir etadi.
Jarayonlarga misollar.
Tarmoqlarga yoki bo‘limlarga bog‘liq holda har xil jara- yonlarni tavsiflash mumkin.
Quyidagi chizmada har xil sohadan jarayonlar uchun mi- sollar keltirilgan.
Hunar
Ta’mir
�
Mijoz
Ta’mirlangan isitish tizimi
Kelib tushgan buyurtma
�
�
Xavfsizlikni
ta’minlash Sozlash
�
�
�
Industriya
Xarid jarayoni
�
Xarid
Jo‘natilgan mahsulot
Zarur narsalar ro‘yxati
�
�
ITT- soha
Dasturiy ta’minotni yaratish jarayoni
�
Mijoz
Nazoratdan o‘tgan dastur
Tuzilgan shartnoma
�
�
Jarayonlarga misollar
17.2 JARAYONLARNI TAHLIL QILISH YO‘LI
Jarayonni va uning ketma-ketligini aniqlash.
Ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda birinchi navbatda mavjud jarayonlar aniqlanadi va uni tahlil qilish hamda rasmiylashtirish ketma-ketligini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Biznes — jarayonni qayta tuzish barcha ishlab chiqa- rish jarayonini radikal qayta tuzishga qaratilgan bo‘lishi mumkin yoki eng ko‘p foyda keltiruvchi alohida, tanlangan jarayonlarga (hal qiluvchi jarayonlar, asosiy jarayonlar) te- gishli bo‘lishi mumkin. Tanlashda quyidagilar asosiy mezon bo‘lishi mumkin:
jarayonning korxona uchun qiymatliligi. Bu holda kor- xonaning raqobatbardoshligini sezilarli oshirishi mumkin bo‘lgan barcha masalalar hisobga olinadi, ya’ni transport vaqtini, bo‘sh turishlarni minimallashtirish, xarajatlarni reduksiya qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash orqali jara- yonni qo‘llab-quvvatlash;
standartlashtirish darajasi va jarayonlarning chastotali- ligi;
mahsulotning va ishning sifatini oshirish yoki mijozga yo‘naltirilgan yuqori sifatli xizmat hisobiga raqobatbar- doshlikni oshirishi mumkin bo‘lgan jarayonlar hisobga olinishi kerak. Tavsiyalar bozorni va raqobatni tahlil qilish- dan kelib chiqishi mumkin;
mavjud ish jarayonida tashkiliy nozik joylarni aniqlash. Masalan, ish jarayonida aniqlikning yo‘qligi, bir-biri- ning vazifalarini keraksiz ravishda takrorlash, ko‘proq qog‘ozbozlikka berilish, ish jarayonida qoniqarsiz struk- turlashtirish, mijozlarning shikoyati;
yutuqning imkoniyati va natijalarni navbatdagi jarayon- larga uzatish imkoniyati.
Faktik holatni modellashtirish.
Tanlab olingan jarayonni uning faktik holati bo‘yicha tasvirlash zarur. Faktik holatning bu modeli navbatdagi tahlil- lar uchun asos bo‘ladi. Hisobga olishning bunday usuli, masalan, ikkilamchi funksiyalar va ularni bajaruvchilar haqi- da, bunda qatnashyotgan tashkiliy birliklar haqida, bu funk- siyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar haqida, vaqt haqida hamda texnik va dasturiy ta’minot hisobiga qo‘llab- quvvatlash haqida ma’lumotlar olish mumkin.
Faktik holatni tahlil qilish.
Hisobga olishni kiritish evaziga jarayonga yo‘naltirilganlik nuqtayi nazaridan faktik holatni tahlil qilish mumkin. Tahlil qilish yordamida nozik joylari va ularni yaxshilash imko- niyatlari aniqlanadi hamda boshqa jarayonlar bilan aloqalari va hujjat yuritish aniqlanadi. Bunday tahlil shu paytning o‘zida ITT tizim tomonidan qayta ishlash qadamlarining qan- chalik qo‘llab-quvvatlanayotganligi va qo‘llab-quvvatlanayot- maganligi haqida ham ma’lumotlar beradi.
Faktik holatni tahlil qilish natijasida mijozlarning shikoyat- larini va kutish vaqtlarini o‘rganib chiqish mumkin. O‘tkazilgan faktik holatni tahlil qilish asosida jarayonning navbatdagi bosqichlarini tashkil etish uchun talablar ishlab chiqilishi mum- kin.
Do'stlaringiz bilan baham: |