Sangvinik. Sekin va bir xil maromdagi ishlardan boshqa hammasini ishonsa bo‘ladi. Unga serharakat, jonli, topqirlik va idroktalab qiluvchi ishlar yoqadi. U aniq bir maqsadga inti- luvchi. Shuning uchun qunt-matonat bilan va sabr ila maqsadga erishadi. Tez o‘zlashtiradi va bir maromda ishlaydi. Omadsizlik va xatolar uni larzaga solmaydi. Mustaqil va erkin harakatni afzal ko‘radi.
Sangviniklar bilan muloqatda uzoqdan uzoq pand-nasihat qilish va vazifani ikir-chikirigacha uqtirish yaramaydi, ko‘proq sekin va qisqa muloqot samara beradi.
Xolerik. Juda ham shoshqaloq, masalani oxirigacha eshit- may savol beradi. Hamma narsani «tez ilib» olishga intiladi. Ishda juda ham intiluvchan va qiziquvchan bo‘ladi, ammo omadsizlikka va xatoga yo‘l qo‘ysa ishdan «soviydi». Javobgarlik talab qilayotgan ishlarini bajarishda g‘ayrati jo‘shib boradi va javobgarlik hissi kuchayadi. Shuning uchun omadga ishonti- rish va o‘ziga ishonishni oshib ketmaslikka yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Xoleriklar siklli ishda samaraliroqdir, bunday ishni maksimal kuchining og‘irligi bir maromda ko‘chadi. O‘zlashtirishi tez, ammo ish ritmi bir tekis emas. Xolerikga esankirashlik xos. Va bu yerda tinchlik va vazminli xolerikni «sovutadi». Uning asabiy holatini aniq, ammo qattiq baholash kerak.
Flegmatik. Turli harakatlar va tezlikni talab qilmaydigan ish- lar ularga to‘g‘ri keladi. Ish tempi o‘rtacha.
Kuchli taraflari toqatlilik, sabrlilik, tayinlikda o‘zini uzoq vaqt tutib tura olishidir. Ishga puxta va aniq tayyorlanadi.
Bir maromdagi bir xil ishlarni samarali bajaradi. Tirishqoq. Oddiy hollarda flegmatikni tezlashtirib turish kerak, ammo bun-
da tanbeh bilan emas, balki taskin berib, yordam berib shoshil- tirish kerak. Flegmatik yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini rahbar qat- tiq talab qilishi mumkin.
Melanxolik.Flegmatik bilan o‘xshash, ammo uni sustkashlik ajratib turadi, lekin buning orqasida esa kuchli emotsional, ta’sirchanlik, hayajon yashiringan bo‘ladi. Tinch va xavfsiz holatlarda tezlik va javobgarlik talab qilmaydigan hollarda sama- rali ishlaydi. Qabul qilishi sekin, ish ritmi uzoq saqlanmaydi
«o‘chib qoladi».
Yakka o‘zi bo‘lsa muloqatsiz hollarda samarali ishlaydi. Kayfiyat unga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun rahbarlar va uning ishdagi do‘stlari unga e’tiborli bo‘lishlari lozim, kerakli paytda qo‘llab-quvvatlashlari va yordam berib turishlari zarur. Faqat bunday yordamni sezgan melanxoliklar samarali ishlaydi.
XARAKTERLAR TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI
Xarakterlarni bir necha turlarini sanab o‘tamiz.
Isteroidli(o‘zini ko‘rsatish). Bunday turdagi odamlar qan- day bo‘lmasin o‘ziga e’tibor qozonish uchun vaqtini ham, kuchini ham ayamaydilar. Uning shiori «hammaning diqqati menda bo‘lsin».
Isteroidlilar yelkasida ijtimoiy va fan-texnika taraqqiyotining nisbatan ko‘p qismi yotadi. Bu turning asosiy kamchiligi uning izzati ommaviy ravishda shikastlansa, u holda mehnat qobiliya- tini bir necha vaqtga sustlashishida namoyon bo‘ladi. Isteroidni ko‘pchilik xarakter turlarida uchraydigan jazavalik bilan teng- lashtirib bo‘lmaydi.
Beqaror.Bunday xarakterli inson jiddiy, ulkan rejalar tuzadi, ammo ko‘pincha bajarmaydi. Unga qat’iy dam olish va ishlashni boshqarib turadigan hokimlik «qo‘li» kerak. Bunday xarakterli insonlar tavakkalli ishlarni xush ko‘rishadi. U boriga qanoat qiladi, qulaylikni talab qilmaydi. U ekspeditsiya va quri- lishlarga jon deb boraveradi. Beqaror turdagi shaxslar rahbarlik- dan voz kechishadi, ular ko‘proq bajaruvchi ishlarni xush ko‘- radi. Uning shiori «jamoa uchun».
Konformli.Konformizm — fikran o‘zgarmas sharoitga ko‘nikish. Ammo muhit o‘zgarishi bilan u kurashuvchan kon- servantga aylanadi va bir necha vaqtga o‘zining ajoyib xususi- yatlarini yo‘qotadi. Doimiy muhitda bu odam juda xushmuoma-
la va muloyim, uni atrofdagilar yaxshi ko‘rishadi. Beqaror turga nisbatan har bir qadamini o‘ylab ko‘radi, tavakkalchilikni, o‘zgarishlar, qayta tashkil etishlarni yoqtirmaydi. U hammasi kechagiday bo‘lishini xohlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |