M. Mamadazimov


MAVZU. 43-§. Kometalar («dumli yulduzlar»)



Download 7,58 Mb.
bet42/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

MAVZU. 43-§. Kometalar («dumli yulduzlar»)

«Kometa» yunoncha so‘z bo‘lib, «sochli» degan ma’noni anglatadi. Ko- metalarga «sochli» yoki «dumli yulduzlar» degan nom ularning Quyosh yaqi- nidan o‘tayotgandagi ko‘rinishlariga binoan berilgan (83-rasm). Xususan, kometa Quyosh tomon kelayotib, gigant planetalarning orbitalariga yaqinlashganda, uning massasi mujassamlashgan yadrosi xira yulduz shaklida ko‘zga tashlanadi.



Kometaning osmon jismlaridan ekan- ligini 1577-yilda astronom T. Brage aniq- lagan. Ungacha kishilar kometani Yer atmosferasi hodisasi deb tushunishgan.

  1. asrning boshlarida I.Kepler va G.Galiley «dumli yulduzlar» Quyosh sis- temasini to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesib o‘tadi va keyin unga butunlay qaytmaydi, deb taxmin qildilar.

Nyutonning shogirdi Edmund Galley

1337-yildan 1698-yilgacha bo‘lgan davr- da kuzatilgan 24 ta kometani o‘rganib, ularning orbita elementlarini aniqladi. Qi- zig‘i shunda ediki, bu kometalardan uchta-

sining, aniqrog‘i, 1531, 1607, 1682-yillarda kuzatilganlarining orbita elementlari deyarli bir xil bo‘lib chiqdi. Bu hol tasodifiy emasligiga qattiq ishongan E.Galley 1705-yilda shunday yozadi: «1531-yili Apian tomonidan, 1607-yilda Kepler va Longomontan tomonidan kuzatilgan kometa, 1682-yili men o‘zim kuzatgan kometaning aynan o‘zi bo‘lishi kerak, degan fikr menga tinchlik bermaydi. Bu uchala kometaning elementlari bir-biriga aniq mos keladi. Shuning uchun ham men bu kometaning 1758-yili qaytib kelishini ishonch bilan ayta olaman. Agar u qaytib kelsa, u holda boshqa kometalarning ham Quyosh yaqiniga qaytib kelishlariga (ya’ni davriyligiga) shubha qolmaydi».

Olim yanglishmagan edi. Galley bashorat qilgan «dumli yulduz» 1759-yilning 12-martida perigeliydan o‘tdi va uning bashorati tasdiqlandi. Bu Nyutonning tortishish qonunining haqligini isbotladi. Quyosh sistemasining a’zosi ekanligi tasdiqlangan kometa, uning kashfiyotchisi sharafiga Galley deb ataladigan bo‘ldi.

Kometalarning yadrosi muzlagan gazlar va ularga yopishgan turli o‘lcham- dagi chang, tosh va metall zarrachalardan tashkil topadi. Muzlagan gaz aksariyat ammiak, metan, karbonat angidrid, sian va azotdan iborat bo‘lib, kometa Qu- yoshga yaqinlashayotganda yadro uning taftidan intensiv bug‘lana boshlaydi va yadro atrofida qalin gaz qatlami – komani vujudga keltiradi.

Bunda kometalarning dumlari Quyosh nurlarining bosimi va Quyosh

«shamoli» (korpuskular zarrachalarining oqimi) ta’sirida paydo bo‘ladi. Kometa Quyoshga yaqinlashgan sayin, komaga gaz va changning intensiv ajralib chiqishi oqibatida unga ta’sir etuvchi bosim kuchi ham ortib, kometaning dumi Quyoshdan teskari tomonga qarab kun sayin cho‘zila boradi va millionlab kilometrni tashkil etadi.

Kometaning dumini tashkil etgan gaz va chang, odatda, juda siyrak bo‘lib, uning spektrida ionlashgan azot, karbonat angidrid va is gazining emission (nurlanish) chiziqlari paydo bo‘ladi. Changli kometa dumlarining spektri Quyosh nurlarini qaytargani tufayli Quyosh spektri bilan bir xil bo‘ladi.

Kometa massasining asosiy qismi uning yadrosida mujassamlashgan bo‘- lib, eng yirik kometalarda ham u Yer massasining yuz milliondan bir qismidan ortmaydi. Komaning zichligi esa atigi 10-12–10-13 g/cm3 ni tashkil qiladi. Kometa bosh qismining diametri, uning massasi va Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra ming km dan (xira kometalarda) 2 mln. km gacha (ravshan kometalarda), dum qismi esa 150 mln. km gacha boradi. Kometalarga tegishli yangi ma’lumotlarning ko‘pchiligi Galley kometasining 1986-yilda Quyosh yaqinidan navbatdagi o‘ti- shida «Jotto» (Buyuk Britaniya), «Planeta» (Yaponiya) va «Vega» (sobiq Ittifoq) avtomatik stansiyalari yordamida qo‘lga kiritildi.



1950-yilga qadar 1500 dan ortiq ko- meta qayd qilindi, shulardan 400 ga yaqini teleskoplar ixtiro qilingunga qadar, qolgan- lari esa teleskoplar yordamida ochilgan. Bir guruh kometalarning Quyosh atrofidagi orbitalari 84-rasmda keltirilgan. Kometalar qayerda «tug‘iladi»? Niderland astronomi

Y. Oort, o‘z tadqiqotlari asosida, Quyoshga yaqinlashib ko‘rinayotgan kometalarning man- bayi – Quyosh sistemasini o‘rovchi va Quyosh- dan juda uzoq masofada yotuvchi kometalar yadrolarining gigant buluti Oort buluti deb ataladigan bo‘ldi. Bunday bulut qariyb 1 par- sek masofacha cho‘zilgan bo‘lib, bunday katta uzoqlikda harakatlanayotgan kometa yadro-

lari orbitalarining ayrimlari yulduzlarning chetlantiruvchi tezlanishi ta’sirida o‘z yo‘lini o‘zgartirib, oxir-oqibatda Quyoshning yo‘ldoshiga aylanib qolishi mumkinligi hisoblashlardan aniqlandi.

Bunday o‘ta uzun davrli kometalar doimo muzlagan holatda bo‘lgan- liklaridan o‘z gazlarini planetalararo bo‘shliqqa aytarli sarflamaydi va shuning uchun ham milliardlab yillar davomida deyarli o‘zgarishsiz yashaydi. Shu bois ularni o‘rganib, Quyosh sistemasi evolutsiyasining dastlabki bosqichi haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritish mumkin. Ba’zan Quyosh va planetalarning ta’sirida kometalar orbitalarining perigeliyi pasaya borib, Quyoshga yaqin masofadan o‘tuvchi orbitalarda harakatlanadigan bo‘lib qolishlari mumkin. Hisoblashlar «dumli yulduz»larning ayrimlari bunday ta’sir oqibatida juda katta tezlikka erishib, Quyosh sistemasini butunlay tashlab ketadigan parabolik orbita- larga (Quyoshga nisbatan) o‘tib ketishi ham mumkinligini ko‘rsatadi.


Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish