M. Mamadazimov


-§. Sun’iy yo‘ldoshni orbitadan tushirish



Download 7,58 Mb.
bet76/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


72-§. Sun’iy yo‘ldoshni orbitadan tushirish


Orbital manyovrlar ichida eng soddasi kosmik apparatni orbitadan Yerga tushirish hisoblanadi. Odatda, KAni Yerga tushirish trayektoriyasi uch qismga bo‘linadi (122-rasm, I, II, III).

Bulardan birinchisi – trayektoriyaning pasayish uchastkasida, yo‘ldoshning orbitadan chiqishi juda kichik burchak ostida amalga oshirilib, bu joydan to atmosferaning qalin qatlamiga kirgungacha bo‘lgan qismini o‘z ichiga oladi. Atmosfera qalin qatlamining yuqori qismi sifatida, shartli ravishda, Yer sirtidan taxminan 100 kilometr uzoqlikdagi sirt olinadi.



Tushish uchastkasining ikkinchisi – Yerning qalin atmosferasidan o‘tish qismi shu 100 kilometrli balandlikdan boshlanib, bunda kosmik apparat va uning ekipaji og‘irlik kuchidan bir necha marta ortiq zo‘riqishni «his» qiladi. Shuningdek, mazkur uchastkada KAning atmosfera bilan ishqalanishi tufayli kema korpusining keskin qizishi ro‘y beradi. Bunday hol qo‘ndiriluvchi kema korpusi va ekipaj a’zolarining hayoti uchun katta xavf tug‘diradi.

Tushishning uchinchi uchastkasida kosmik apparatning trayektoriyasi Yer markazi tomon keskin buriladi va oxir-oqibatda qarshilik kuchi harakat yo‘na- lishi bo‘yicha og‘irlik kuchining proyeksiyasiga tenglashib, qo‘ndiriluvchi appa- ratning Yerga tomon erkin tushishini ta’minlaydi. Odatda, tushish qulay va tejamli bo‘lishi (eng kam tezlik impulsi talab qilishi) uchun sharoit – KAni orbitadan chiqish nuqtasidan atmosferaning qalin qatlamiga kirishgacha bo‘lgan 180° li yoy chegarasida amalga oshiriladi. Bunda KAning atmosferaning qalin qatlamiga



kirishi taxminan 5° burchak ostida bo‘lishi ta’minlanadi. Orbitadan chiqishda esa kosmik kemaga beriladigan tezlikning transversal tashkil etuvchisidan tashqari, Yer tomon yo‘nalgan radial tashkil etuvchiga ega bo‘lishiga erishish lozim bo‘lib, uning impulsi 150–200 m/s dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Atmosferaning qalin qatlamidan o‘tishida, aerodinamik tormozlanish tufayli kosmik kemaning tezligi birinchi kosmik tezlikdan to 150–250 m/s gacha pasayib boradi.

Yerga qo‘nishning bayon qilingan metodida raketaga atmosferaning qarshilik kuchidan tashqari uning ko‘taruvchi kuchi ham ishtirok etib, u yordamida yuklama keskin kamaytiriladi va so‘ngra kemani Yerga aerodinamik sifat bilan qo‘ndirishga erishiladi. Agar kemani qo‘ndirishda aerodinamik kuch faqat qarshilik kuchidangina iborat bo‘lsa, bu kemani yerga tushirishning ballistik metodi deyiladi. Bunda ekipaj uchun yuklama katta bo‘lishi tufayli kema qobig‘i keskin qiziydi va ekipaj hayoti uchun halokatli xavf tug‘iladi.

Kemani qo‘ndirishda aerodinamik sifat deb, ko‘tarish kuchining qarshilik kuchiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi. Har ikkala kattalik ham havoning zichligi va tezligining kvadratiga bog‘liq bo‘lib, ushbu formulalar bilan ifodalanadi:




Fqarshi c S nis , ko‘tarx
2

  y ,

2
bu yerda: cx va cy lar, mos ravishda, qarshilik va ko‘tarish kuchlarining koef- fitsiyentlarini; S – yo‘ldoshning maksimal ko‘ndalang kesim yuzasini; υnis – yo‘l- doshning tashqi muhitga nisbatan tezligini ifodalaydi. U holda, tushishning aero- dinamik sifatini xarakterlovchi koeffitsiyent k ushbu formuladan topiladi:



k =Fko‘tar / Fqarshi= cy / cx .

Agar cy = 0 bo‘lsa, kemaning tushishi aerodinamik sifatsiz yoxud ballistik deyiladi. Aerodinamik tushishda yuklama koeffitsiyenti 3–4 ni tashkil etgani holda, ballistik ko‘rinishda yerga tushishda u 8–10 ni tashkil etadi. Xususan,

«Soyuz» tipidagi avtomatik stansiyalarni yerga tushirish Yer sirtidan 9,5 kilometr balandlikda ishga tushiriladigan parashut sistemasi yordamida amalga oshirilgan. Kema yer sirtiga 1 m qolganda, uning qo‘ndiriluvchi qismining qattiq yoqilg‘ili raketa dvigateli avtomatik ravishda ishga tushib, kemani yer bilan atigi 3–4 m/s tezlik bilangina to‘qnashishini, ya’ni ohista qo‘ndirilishini ta’minlaydi.




  1. Download 7,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish