M. Mamadazimov


-§. Yer atmosferasida yo‘ldosh orbitasining evolutsiyasi



Download 7,58 Mb.
bet74/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


70-§. Yer atmosferasida yo‘ldosh orbitasining evolutsiyasi


Yer atmosferasining sun’iy yo‘ldosh harakatiga qarshilik kuchi ushbu for- muladan topiladi:

Fqarsh

cS nis ,

2

bu yerda: c – atmosferaning yuqori qatlamlari uchun kattaligi 2–2,5 bo‘lgan o‘lchamsiz qarshilik koeffitsiyentini; S – yo‘ldoshning harakat yo‘nalishiga tik bo‘lgan maksimal kesim yuzini; ρ – atmosfera zichligini; υnis esa yo‘ldoshning tashqi muhitga nisbatan tezligini ifodalaydi.

Atmosfera qarshiligi ta’sirida vujudga kelgan chet- lantiruvchi tezlanish yo‘ldoshning massasiga teskari pro- porsional bo‘lib, uning ko‘ndalang kesim yuziga to‘g‘ri proporsional hisoblanadi. Shu bois ichi deyarli bo‘sh bo‘lgan yo‘ldoshga atmosfera qarshiligining ta’siri juda kuchli bo‘ladi. Aynan shu omil tufayli quyi orbitaga chi- qarilgan tashuvchi raketaning yo‘ldoshdan ajratilgan va

yonilg‘idan bo‘shagan oxirgi bosqichi atmosfera qar- A



shiligini ilmiy apparaturalar zich joylashtirilgan kontey-

nerga nisbatan kuchli «his» qilib, tezda orqada qolishini ta’minlaydi.

Qarshilik kuchi tufayli yo‘ldosh harakatiga ta’sir etuvchi chetlantiruvchi tezlanishning kattaligi 200 km balandlikda 2,2 · 10–4 m/s2 ni, 400 km balandlikda 3,1 · 10–6

m/s2 ni, 800 km balandlikda esa atigi 2,6 · 10–8 m/s2 ni tashkil etadi. Yo‘ldosh

100 km balandlikda uchayotganda bunday tezlanishning miqdori sezilarli darajada katta bo‘lib, 30 m/s2 ga teng bo‘ladi.

110–120 km balandlikdan pastga atmosferaning zichligi keskin ortishi tufayli SY navbatdagi aylanishini yakunlay olmaydi. Bunda uning trayektoriyasi qo‘l soati prujinasining spirali ko‘rinishida bo‘lib, SY har safar perigeyidan o‘tishda tezligi keskin kamayib boradi (120-rasm).

Atmosferada yo‘ldosh harakatining tormozlanish jarayonini diqqat bilan o‘rganish atmosfera yuqori qatlamlarining zichliklarini hisoblashga imkon berib, u qimmatli nazariy va amaliy xulosalarga olib keladi.


Sun’iy yo‘ldosh orbitasini ma’lum maqsadni mo‘ljallab har qanday o‘zgar- tirish (tezlatish, tormozlash, burish) orbital manyovrlar deyiladi. Kosmonavtikada ko‘p hollarda yo‘ldosh orbitasini ko‘p impulsli shunday manyovrlar yordamida o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Keyingi paragrafda shunday hollardan ayrimlari bilan tanishamiz.


  1. Download 7,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish