M. Mamadazimov


-§. Uchish paytida kosmik apparatga ta’sir etuvchi kuchlar



Download 7,58 Mb.
bet68/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


66-§. Uchish paytida kosmik apparatga ta’sir etuvchi kuchlar


  1. Uchish paytida KA (kosmik apparat)ga ta’sir etadigan eng muhim tabiat kuchlaridan biri butun olam tortishish kuchidir. Moddiy jismlar orasidagi tortishish kuchi Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonuniga bo‘ysunadi. Ma’lumki, uning matematik ifodasi:

F =G m1m2 ,

r 2

bu yerda: F – moddiy jismlar orasidagi tortishish kuchini; m1 va m2ularning massalarini; r – ular orasidagi masofani ifodalaydi, proporsionallik koeffitsiyenti G esa gravitatsion doimiylik deyilib, massalar kg larda, masofa m (metr) da, kuch N (Nyuton) da ifodalanganda 6,672 · 10-11N · m2/kg2 ga teng qiymat bilan o‘lchanadi.



  1. KAning harakati paytida unga ta’sir etadigan boshqa bir kuch atmosfe-

raning qarshilik kuchidir. Uchish qancha kichik balandlikda (Yer sirtiga nisbatan) ro‘y bersa, bu kuch shuncha katta bo‘ladi, chunki balandlik kamaygan sayin atmosferaning zichligi ortadi. Bunday kuch aerodinamik kuch deyiladi.

  1. Planetalararo bo‘shliqda uchayotgan KAga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan yana bir kuch bo‘lib, u Quyosh nurlanishlarining bosim kuchidir. Agar KAning massasi uncha katta bo‘lmay, yuzasi sezilarli darajada katta bo‘lsa, u holda Quyosh nurlarining bosim kuchi uzoq uchishlarda yetarlicha katta bo‘lib, uni albatta hisobga olishga to‘g‘ri keladi.

  2. Kosmik fazoda KAga kuchsiz bo‘lsa-da ta’sir etadigan boshqa bir kuchlar elektr va magnit kuchlari deyilib, ular KAning to‘g‘ri chiziqli harakatiga emas, balki og‘irlik markazi atrofidagi aylanma harakatigagina ta’sir qiladi.

Vaznsizlik. Kosmik fazoda ma’lum aylanma orbita bo‘ylab erkin harakat- lanayotgan jismning barcha nuqtalari bir xil tezlik bilan harakatlanishini tu- shunish qiyin emas. Kosmik kema turli alohida qismlardan tashkil topgan va KAga faqat markaziy osmon jismining tortishish kuchi ta’sir etadi deb qaralsa, uning barcha qismlari (detallari)ning tezligi bir xilligicha qoladi, bordi-yu o‘zgarganda ham hammasiniki bir xilda o‘zgaradi. Chunki gravitatsion tezlanish harakatlanayotgan jismning massasiga bog‘liq bo‘lmaydi:

a GM ,

r r 2
bu yerda: M – KA detallarini tortayotgan jismning massasi (detallarniki emas!); r – KA markaziy jismdan uzoqligi bo‘lib, KK detallarining barchasi uchun bir xil deb qarash mumkin. Shunga ko‘ra KA detallarining trayektoriyalari ham bir xil bo‘lib, fazoda ularni bir-biridan tarqab ketmasligini ta’minlaydi. Binobarin, KA alohida detallari orasida bosim vujudga kelmaydi, ya’ni bir-biriga nisbatan vazni yo‘qoladi. Kosmonavt o‘zi o‘tirgan o‘rindiqqa bosmaydi, osilgan lampa shnurga taranglik berib tortmaydi, qo‘yib yuborilgan qalam stolga tushmay muallaq qoladi va hokazo, chunki ularning barchasining tezligi va tezlanishi bir xil bo‘ladi. Kema kabinasi ichida pol, ship degan so‘zlarning ma’nosi yo‘qoladi. Kema ichida jismlarning o‘zaro harakatiga Yerning tortishish kuchi «aralasha olmaydi».

Tashqi boshqa kuchlarning (tashqi muhitning qarshilik kuchi, tayanch reaksiya kuchi va boshqalar) paydo bo‘lishi vaznsizlikni yo‘qotib, vaznlilik holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.







  1. Download 7,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish