M. Mamadazimov


MAVZU. 62-§. Galaktikalarning Koinotda taqsimlanishi **



Download 7,58 Mb.
bet64/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

MAVZU. 62-§. Galaktikalarning Koinotda taqsimlanishi **


Galaktikalarning fazoda taqsimlanishini o‘rganish ham yulduzlarning galak- tikada taqsimlanishini o‘rganishdagi kabi bo‘lib, osmonning ma’lum sohasidagi (aksariyat 1 kvadrat gradusda) galaktikalar soni Nm deganda shu sohasidagi yulduz kattaligi m va undan kichik kattalikdagi galaktikalarning soni anglashiladi. Bu muammo birinchi marta 2,5 metrlik reflektorda osmonning 1283-sohasida yulduz kattaliklari 20m gacha obyektlar tushirilgan fotorasmlarni tahlil qilish orqali E. Xabbl tomonidan 1934-yilda aniqlandi. Xabbl shu yo‘l bilan 1 kvadrat gradusli maydonga 20m kattalikkacha ravshanlikdagi 131 galaktika to‘g‘ri keli- shini aniqladi. Butun osmon sferasiga (u jami 41253 kvadrat gradusni tashkil qiladi) to‘g‘ri keladigan galaktikalarning o‘rtacha soni esa 5,4 · 106 ga teng chiqdi.

Dunyodagi eng yirik teleskop yordamida 24 yulduz kattaligigacha obyektlarni (jumladan, galaktikalarni ham) ko‘rish mumkinligiga e’tibor qilinsa, unda butun sferada 1,4 milliard galaktikani kuzatish mumkinligi aniqlanadi (112-rasm).

Bizning galaktikamiz Andromeda (M-31), Uchburchak yulduz turkumidagi galaktika (M-33), Katta va Kichik Magellan bulutlari hamda boshqa yana bir qancha yulduz siste- malari bilan birgalikda (jami 35 taga yaqin ga- laktika) mahalliy galaktik to‘dani hosil qiladi.

Ayni paytda shu xildagi 4000 ga yaqin galaktikalarning mahalliy to‘dasi ma’lum bo‘lib, ularning o‘rtacha diametri 8 Mpk atro- fida. Yirik galaktik to‘dalardan biri Veronika

Sochlari yulduz turkumida proyeksiyalanib, salkam 40 000 ga yaqin galaktikani o‘z ichiga oladi. U bizdan 70 Mpk masofada joylashib, diametri 12° gacha cho‘- zilgan. Bizning mahalliy to‘damizga eng yaqin joylashgan galaktik to‘da 12 Mpk masofada bo‘lib, u Sunbula yulduz turkumiga proyeksiyalanadi. Unda yettita gigant galaktika (ulardan biri «Sunbula A» radiogalaktikasi) va o‘nta spiral galaktika kuzatiladi. Bunday bir nechta mahalliy galaktikalar to‘dasini (jumladan, bizning mahalliy to‘damizni ham) o‘z ichida mujassamlashtirgan va o‘zaro dinamik bog‘lanishda bo‘lgan tuzilma o‘tagalaktika deyiladi. O‘tagalaktikaning o‘rtacha diametri 40 Mpk bilan baholanadi. Bugun quvvatli teleskoplar yordamida har biri o‘nlab mahalliy galaktik to‘dani o‘z ichiga olgan 50 ga yaqin o‘tagalaktika ro‘yxatga olingan. O‘tagalaktikalardan tashkil topgan Koinotning ko‘rinadigan qismi metagalaktika deb yuritiladi.




Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish