MAVZU. 45-§. Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqida hozirgi zamon qarashlari
asrda dastlab I. Kant Quyosh sistemasi sovuq holdagi mayda qattiq zarrachalardan vujudga kelganligini, Laplas esa u katta massali va aylanuvchi tumanlikning siqilishidan paydo bo‘lganligini e’tirof etishdi.
Oxirgi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh sistemasi qator sabablarga ko‘ra Kant va Laplas aytgan yo‘l bilan shakllana
olmasligi ma’lum bo‘ldi. Biroq, shunga qaramay, Kant va Laplasning Quyosh sistemasining vujudga kelishi, Quyosh sistemasi materiyaning boshqa (gaz-chang) tuzilishidan shakllanishi to‘g‘risidagi bu nazariyalari Koinotning rivojla- nish jarayonini tushuntirishda bildirilgan mate- rialistik g‘oyalarni qo‘llashi bilan muhim sanaladi.
O‘tgan asrning 40-yillarida bu kosmogonik faraz ustida taniqli rus olimi O. Shmidt shu- g‘ullandi. Uning fikricha, protoplanetalar bu- luti Quyosh tomonidan chang tumanligini ush- lab qolishidan shakllangan. Agar ushlab qolish markaziy bo‘lmasa, unda bu tumanlik aylana boshlaydi va uning harakat miqdori momenti juda katta bo‘ladi. Olimning bunday fikrga kelishiga protoplanetalarning zimmasiga harakat miqdori momenti katta qismining to‘g‘ri kelishi asos bo‘lgan edi (89-a rasm).
Uning gipotezasiga ko‘ra, gaz-chang muhitida zarrachalarning harakati va to‘qnashuvi natijasida
Quyosh atrofida aylanayotgan va gaz-changdan tashkil topgan yirik bulut ekvator tekisligigacha siqilgan holdagi shaklini vujudga keltirgan. Faqat bu masalada qachonlardir Quyosh atrofini o‘rovchi gaz-chang bulutlarining o‘zi qanday paydo bo‘lganligi muammo sanaladi. O. Shmidt va boshqa olimlar, qadimda o‘zi ham shunday muhitda paydo bo‘lgan Quyosh, yirik gaz-chang tumanlikdan bir qismini tortish kuchi ta’sirida o‘z atrofida ushlab qolganligi to‘g‘risidagi fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar.
Quyosh nurlanishining uni o‘rovchi gaz va chang massasini qizdirishi oqi- batida, Yer rusumida shakllanayotgan protoplanetalarning kimyoviy tarkibi differensiatsiyalanishi natijasida, og‘ir elementlari markazda zichlashib yadroni, yengillari ko‘tarilib, ularning mantiya va qobiqlarini vujudga keltirgan deb qaraydi. Bunda vodorod va geliydan tarkib topgan yengil elementlar esa, Quyoshdan katta uzoqlikka uloqtirilib, ulardan gigant protoplanetalar vujudga kelgan deb tushuntiriladi. Bu, Quyoshdan uzoqda joylashgan gigant planetalar qiyin eruvchi moddalardan tashqari suv, metan va ammiakning «muzlaridan» shakllanganliklaridan ko‘rinadi. Yer rusumidagi planetalar faqat qiyin eruvchi uchmaydigan (bug‘lanmaydigan) moddalardangina kondensatsiyalanishi mumkin bo‘lib, ular gaz-chang bulut tarkibida «muzlarga» nisbatan kam miqdorni tashkil etadi. Shuning uchun ham Yer rusumidagi planetalar Quyosh yaqinidagina vujudga kelgan degan fikr ilgari suriladi (89-b rasm).
Shuningdek, to‘qnashishlar natijasida zarrachalar o‘zaro birlashib, bu sohada katta-kichik quyuqliklarni vujudga keltirgan. Hosil bo‘lgan bu quyil- malarning orbitalari Quyosh atrofida ko‘rinish olib, barchasi taxminan bitta orbita tekisligiga yaqin yotishi bilan tasdiqlangan va oxir-oqibatda eslatilgan quyilmalar orbitalar orasidagi butun moddani o‘zlarida mujassamlashtirib, planetalar ko‘rinishini olganligi haqidagi olimning fikri ham yangi nazariyada o‘z tasdig‘ini topganligi bilan ahamiyatga molik (89-d rasm).
Gravitatsion tortishish ta’sirida bunday yangi moddaning planeta dara- jasigacha kelishi uchun juda katta vaqt talab etiladi. Xususan, Yer o‘zining hozirgi o‘lchami kattaligiga qadar siqilishi uchun ketgan vaqt, hisob-kitobning ko‘rsatishicha, 100 mln. yildan kam bo‘lmagan.
Bu gipoteza tortishish qonunining hisob-kitobiga ko‘ra vujudga kelgan pla- netalar orasidagi masofalar ham, Quyosh sistemasi tuzilishida kuzatilgani kabi,
Quyoshdan uzoqlashgan sayin bir tekis ortib borishini ko‘rsatishi bilan kosmo- goniyada o‘z tasdig‘ini topdi.
Yirik massali va o‘lchamli jismlar nisbatan sovuq planetaga, jumladan, Yerga tushib uni qizdirgan. Yer mantiyasining erishida boshqa bir fizik jarayon – radioaktiv elementlarning yemirilishi tufayli ajralgan qo‘shimcha issiqlik ham kam rol o‘ynamagan. Bunday qizish vulkanik hodisalar, okeanlarni va birlamchi atmosfera qatlamini vujudga keltirib, yer qobig‘ining shakllanishiga olib kelgan. Yer va Veneraning birlamchi atmosferalari dastlab bir-biriga juda o‘xshagan bo‘lib, keyin ularning evolutsiyalari oqibatida keskin o‘zgargan. Masalan, olimlarning tadqiqot natijalari, Yer okeani suv zaxiralari va o‘simlik dunyosi bilan karbonat angidridni yutib, atmosferani kislorod bilan boyitishi tufayli Yerda hayotni boshlab berganligini ko‘rsatadi. Akademik V.G. Fesenkov esa keyinroq Quyoshni vujudga keltirgan markaziy quyilma ham aynan shu aylanayotgan yirik gaz-chang muhitdan paydo bo‘lganligining ehtimoli katta ekanligiga ishora qilib, bunday quyilma shakllanishining boshlang‘ich bosqichida, nisbatan siyrak moddalarni o‘zining ekvator tekisligiga uloqtirgani haqiqatga yaqin degan fikrni beradi. Uning fikricha, markaziy quyilmadan uloq- tirilgan bu moddalar bilan boyitilgan Quyoshni o‘rovchi bulutdan planetalar vujudga kelgan. Bu nazariyaga asoslangan oxirgi hisob-kitoblar Quyosh vaqt o‘tgan sayin kichrayib va sovib, bugungi holatiga kelgan degan xulosani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |