M. Mamadazimov


§. Quyosh va Oy tutilishlari



Download 7,58 Mb.
bet14/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


§. Quyosh va Oy tutilishlari


  1. Quyosh tutilishi. Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba’zan Quyoshni bizdan to‘sib o‘tadi (20-rasm). Bunday hol Quyosh tutilishi deyiladi. Bu hodisa har doim Oyning yangioy holatida ro‘y beradi.

Agar bunda Yerdagi kuzatuvchi Oyning soyasi ichida (O) qolsa, u Quyoshni qisqa vaqtga (bir necha minut) butunlay ko‘rmaydi, ya’ni uning uchun Quyosh to‘la tutiladi. Yerdagi kuzatuvchi Oyning yarimsoyasi ichida (A yoki B nuqtasida) qolsa, unda u Quyoshning bir qismini to‘silgan holda ko‘radi, ya’ni Quyosh qisman tutilayotgan bo‘ladi. Ba’zan Quyoshning tutilishi halqasimon bo‘ladi.

  1. Oy tutilishi. Oy Yer atrofida aylanayotib, ba’zan Yerning soyasi orqali o‘tadi. Bunday hodisa Oy tutilishi deyiladi (21-rasm). Agar bunda Oy Yerning soyasi ichidan o‘tsa, to‘la tutilish, bordi-yu yarimsoyaning ichidan o‘tsa, u holda yarimsoyali tutilish deyiladi. Oy tutilayotganda, u har doim to‘linoy fazasida bo‘ladi.


Yerning ma’lum bir joyida Quyosh tutilishiga nisbatan Oy tutilishlari ko‘proq kuzatiladi. Chunki Quyosh tutilishlari Yerning Oy soyasi tushgan va uncha katta bo‘lmagan maydonidagina kuzatiladi. Oy tutilishi esa Yerning Quyoshga qarama- qarshi yarimsharining hamma qismida bir vaqtda ko‘rinadi.

Oyning to‘la tutilishi paytida (ya’ni u Yer soyasiga to‘liq kirganda) Oy ko‘zdan butunlay g‘oyib bo‘lmay, to‘q qizil rangda jilolanadi. Buning sababi, bu paytda Oyning Yer atmosferasida sochilgan va singan Quyosh nurlari bilan yoritilishidir. Bunda Yer atmosferasi ko‘k va havorang nurlarni kuchli yutib va keskin sochib yuborib, Oy tomonga asosan qizil nurlarni sindirib o‘tkazadi. Natijada Oy aynan shu nurlar bilan yoritiladi va qizarib ko‘rinadi. Oy orbitasining ekliptika tekisligiga og‘maligi tufayli, Oy va Quyosh tutilishlari yangioy va to‘linoy paytlarida har doim ham kuzatilmaydi.






Quyosh va Oy tutilishlarining shartlariga ko‘ra, Quyosh tutilayotganda Oy astronomik yangioy fazasida bo‘lib, Quyosh markazi Oy tugunlarining ixtiyoriy biridan 16,5° dan kichik; Oy tutilayotganda esa Oy to‘linoy fazasida bo‘lib, Quyosh markazi Oy tugunlarining ixtiyoriy biridan 10,6° dan kichik yoy masofada bo‘lishi lozim. Bunday hol Quyosh tutilishi uchun har yili kamida 2 marta, ko‘pi bilan esa 5 martagacha; Oy tutilishi uchun esa bir marta ham bo‘lmasligi yoki, ko‘pi bilan esa 3 martagacha bo‘ladi. Binobarin, bir yilda ko‘pi bilan umumiy tutilishlar 7 ta, kamida 2 ta (faqat Quyosh) bo‘lishi mumkin.



Qadimda Quyosh va Oy tutilayotganda, ularning yuqorida bayon qilingan ko‘rinishlari kishilarda qo‘rqinch va vahima uyg‘otgan. Endi esa Quyosh va Oy tutilishlarining siri to‘la fosh etilgan bo‘lib, u hech kimda vahima tug‘dirmaydi.




Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish