85
32- rаsm.
Oy аtrofini аylаnib о‘tishdа ungа urilib ketmаslikni tushintiruvchi effektiv rаdius
kаttаligini аniqlаsh.
𝑟
𝑒𝑓
= √𝑟
𝑝𝑙
(
𝐾
𝑝𝑙
𝑣
𝑒𝑟
2
+ 𝑟
𝑝𝑙
)
Oy uchun ikkinchi kosmik tezlikkа (2,375 km/s) erishаdi. Endi gomon
orbitаsi bо‘ylаb Oygа yetib borgаn KАning elliptik orbitа аpogeyidа uning
geosentrik tezligi 0,187 km/s tushub qolishini vа u Oy tа’sir sferаsigа, Oygа
nisbаtаn tаxminаn 0,833 km/s (ya’ni 1,02 – 0,187 = 0,833 km/s) tezlik bilаn
kirishini (oldingi pаrаgrаfgа qаrаng) e’tiborgа olsаk, u Oy sirtigа ikkinchi kosmik
tezlikdаn kаttа tezlik bilаn tushushini аnglаsh qiyin emаs. Shu tufаyli KАning Oy
sirtigа ohistа qо‘ndirish uchun tormozlovchi impuls yordаmidа uning tezligini
sо‘ndirishgа tо‘g‘ri kelаdi.
1. Agar Oyning garizontal ekvatorial parallaksi 55',1 bo‘lganda uning ko‘rinma
diskini radiusi 15',0 ga teng bo‘lsa, Oyning chiziqli radiusini Yer radiuslarida va
kilometrlarda hisoblang.
2. O‘rtacha ro‘para turis paytida Yupiterning garizontal ekvatorial parallaksi
2'',09 ga, Saturnniki esa 1'',03 ga teng. Agar birinci sayyoraning burchakiy
ekvatorial diametri 46'',8 , qutbiy diametrining burchagi 43'',9 , ikkinchi
sayyoraniki esa mos ravishda 19'',4 va 17'',5 ga teng bo‘lsa, bu sayyoralarning
ekvatorial, o‘rtacha va
qutbiy radiuslarini, shuningdek siqiqliklarini hisoblang.
3. Quyoshdan o‘rtacha 5,20 a.b. masofada turgan Yupiterning qarama-qarshi
turish vaqtida, uning juda kichik cho‘zinchoq orbitalar bilan aylanayotgan to‘rtta
Galiley yo‘ldoshlarini eng katta elongatsiyalari Yerdan kuzatilganda mos ravishda
138'',5; 220'',3; 351'',2 va 618'',1 ni tashkil etdi. Bu yo‘ldoshlar orbitasining katta
yarim o‘qlari qiymatlarini toping?
4. Marsning Fobos va Deymos yo‘ldoshlari undan taxminan qanday
masofalarda aylanadi? Yerdan kuzatishar bo‘yicha sayyoraning o‘rtacha qarama-
qarshi turishida yo‘ldoshlari undan mos ravishda 24'',7 va 61'',8 ga uzoqlashgan,
Mars orbitasining katta yarim o‘qi 1,524 a.b. ga teng.
5. Venera (0,723 a.b.), Yer (1,00 a.b.) Yupiter (5,20 a.b. )va Pluton (39,5 a.b.)
lardan o‘rtacha uzoqlikdagi Quyoshga nisbatan aylanma va parabolik tezliklar
86
nimaga teng? Umumiy natijalar bo‘yicha topilgan qonuniyatni tushuntiring.
Sayyoralarning Quyoshdan uzqligi qavs ichida ko‘rsatilgan.
6. Lidiya va Adonis asteroidlarini o‘rtacha , perigeliy va afeliy masofalaridagi
tezliklarini, shuningdek, ushbu masofalardagi aylanma va parabolic tezliklarini
hisoblang. Birinchi asteroidning katta yarim o‘qi va orbitasining ekssentrisiteti
2,73 a.b. va 0,078 ga, ikkinchi asteroidniki esa 1,97 a.b. va 0,778 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: