7-§. Karrali va o‘zgaruvchan yulduzlar
Karrali yulduzning ko‘rinma ravshanligi (yarqiroqlik darajasi) E uning barcha komponentalarining ko‘rinma ravshanliklari (kelgusida ravshanlik deb ataymiz) Ei larning summasi
ga teng bo‘lib, shu sababli uning ko‘rinma va M absolyut yulduzli kattaliklari ixtiyoriy komponentaning mos yulduzli kattaliklari va lardan hamma vaqt kichikdir.
Pogson formulasi
ni qo‘yib
ni hosil qilamiz.
Ushbu formula bo‘yicha har bir komponentaning ravshanligi ni topib,
formula bo‘yicha karrali yulduzning ravshanligi E va yana
ga ko‘ra hisoblanadi.
Agarda komponentalar ravshanliklarining nisbatlari va h.k. berilgan bo‘lsa, u holda barcha komponentalar ravshanliklarini ularning bittasining ravshanligi orqali ifodalab, masalan, va h.k. so‘ngra
formuladan E topiladi.
To‘siluvchan – o‘zgaruvchan yulduz komponentalarining orbital tezligi ni uning spektridagi chiziqlarning (to‘lqin uzunligi λ) o‘rtacha vaziyatidan davriy eng katta chetlashishi ∆λ ga qarab topiladi, chunki bu holda
deb qabul qilish mumkin bo‘lib, bunda - nuriy tezlik va c — 3 • 105 km/sek (yorug‘lik tezligi).
Komponentalarning topilgan kiymatlari va yulduzning o‘zgaruvchanlik davri P ga qarab ularning absolyut orbitalarining katta yarim o‘qlari va lar xisoblanadi:
So‘ngra nisbiy orbitaning katta yarim o‘qi
va, oxirda va formulalarga ko‘ra komponentalarning massalari topiladi.
formula yangi va o‘ta yangi yulduzlar tomonidan tashlanib turuvchi gaz qobiqlarning kengayish tezligini xisoblashga imkon beradi.
Vizual ravshanligi 3m,70 ga teng bo‘lgan uchkarrali yulduzning ikkinchi komponentasi uchinchisidan 2.8 marta, birinchisi uchinchisidan 3m,32 ga ravshanrok bo‘lsa, shu yulduz komponentalarining ko‘rinma yulduzli kattaliklarini hisoblang.
Ravshanligi har 3,953 sutkada o‘zgaradigan tutiluvchi o‘zgaruvchan yulduz spektridagi chiziklar uning o‘rtacha xolatidan davriy ravishda qarama-qarshi tomonga normal to‘lqin uzunligining va 2 kiymatigacha siljiydi. Bu yulduz komponentalarining massalarini toping.
Komponentalarining ravshanligi 4m,3 va 5m,2 bo‘lgan qo‘shaloq yulduz α baliqlarning vizual ravshanligini aniqlang.
Komponentalarining ravshanligi 5m,12; 6m,03; 5m,11 va 5m,38 ga teng bo‘lgan to‘rt karrali yulduz ε Liraning ravshanligini hisoblang.
Qo‘shaloq yulduz γ hamalning ravshanligi 4m,02 ga, uning komponentalarining yulduz kattaliklarining ayirmasi 0m,18 ga teng. Bu yulduz har bir komponentasining ko‘rinma yulduz kattaligini toping.
Agar uchkarrali yulduzning birinchi komponentasi ikkinchisidan 3,6 marta ravshanroq, uchinchisining ikkinchisidan 4,2 marta kuchsizroq bo‘lib 4m,36 ga teng bo‘lsa, uch karrali yulduz ravshanligini toping.
Agar qo‘shaloq yulduzning komponentalaridan birining ravshanligi 3m,46 ikkinchisiniki undan 1m,68 ga ravshanroq bo‘lsa, uning ko‘rinma yulduziy kattaligini toping.
Vizual ravshanligi 4m,07 ga teng bo‘lgan uch karrali yulduz β Yakkashoxning ikkinchi komponentasi birinchisiga nisbatan 1,64 marta kuchsizroq va uchinchisiga nisbatan 1m,57 ga ravshanroq bo‘lsa, yulduz komponentalarining vizual yorqinligini va karrali yulduzning umumiy yorqinligini toping.
Komponentalarining vizual ravshanligi 1m,99 va 2m,35 ga va parallaksi 0",072 ga teng bo‘lgan qo‘shaloq yulduz α egizaklarning yorqinligini va uning komponentalarining vizual yorqinligini toping.
Vizual ravshanligi 2m,91 ga, birinchi komponentasining ravshanligi 3m,62 ga va parallaksi 0",101 ga teng bo‘lgan qo‘shaloq u Hamal yulduzining ikkinchi komponentasining vizual yorqinligini hisoblang.
Qo‘shaloq Mitsar yulduzining (ξ Katta Ayiq) ravshanligi 2m,17 ga, parallaksi 0",037 ga teng bo‘lib, birinchi komponentasi ikkinchisidan 4,37 marta ravshanroq bo‘lsa, shu yulduz komponentalarining vizual yorqinligini aniqlang.
Komponentalarining vizual ravshanliklari 3m,50 va 7m,19 ga teng, ularning oddiy rang ko‘rsatkichlari +0m,57 va +0m,68 va masofasi 5,49 pk bo‘lgan η Kassiopea qo‘shaloq yulduzning fotografik yorqinligini toping.
333. Quyidagi berilishlarga ko‘ra tutiluvchi o‘zgaruvchi yulduzlar komponentalarining massalarini hisoblang:
Yulduz
|
Komponentalarning nuriy tezligi
|
Uzgaruchanlik davri
|
β Persey
|
44 km/s va 220 km/s
|
2k, 867
|
U Ilon eltuvchi
|
180 km/s va 205 km/s
|
1k,677
|
ww Voznichego
|
117 km/s va 122 km/s
|
2k,525
|
U Sefey
|
120 km/s va 200 km/s
|
2k,493
|
Persey va Oqqush o‘zgaruvchan yulduzlaridan birinchisining vizual ravshanligi 2m,2 dan 3m, 5 gacha, ikkinchisiniki 3m,3 dan 14m,2 gacha chegarada o‘zgarsa, bularning vizual ravshanligi necha marta o‘zgaradi?
O‘zgaruvchan yulduzlar α-Orionning vizual ravshanligi 0m,4 dan 1m,3 gacha, unga mos bolometrik tuzatma esa -3m,1 dan -3m,4 gacha o‘zgarsa, o‘zgaruvchan α Chayon (α Aqrab) yulduzining vizual ravshanligi 0m,9 dan 0m,8 gacha unga mos bolometrik tuzatmasi -2m,8 dan -3m,0 gacha oraliqda o‘zgarsa, bu yulduzlarning vizual va bolometrik yorqinliklari necha marta o‘zgaradi?
O‘zgaruvchan α Orion yulduzining parallaksi 0", 005 va burchak radiusi 0",034 (ravshanlik maksimumida) dan 0",047 (ravshanlik minimumida)gacha o‘zgarsa, o‘zgaruvchan α Chayon yulduzining (α Aqrab)-parallaksi 0",019 , burchak radiusi 0",028 dan 0",040 gacha o‘zgarsa, bu yulduzlarning chiziqli radiuslari qanday chegarada va necha marta o‘zgaradi?
15 va 16 masalalarning berilishlari bo‘yicha Betelgeyze va Antaras yulduzlarining ravshanligi minimumida birinchi yulduz temperaturasi 3200 K, ikkinchisiniki – 3300 K bo‘lsa, ularning ravshanliklarining maksimumida temperaturasini hisoblang.
O‘zgaruvchan yulduz - sefidlar: α - Kichik Ayiq, ξ - egizaklar, η - Burgut, TU - Qalqon, UZ - Qalqon o‘zgaruvchanligi haqida berilgan quyidagi jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra Sariq va ko‘k nurlardagi yorqinlik necha marta va qanday sutkalik gradient bilan o‘zgaradi?
Yulduz
|
Davr
|
Ko‘k nurlanishdagi ravshanlik
|
Rangning asosiy
ko‘rsatkichi
|
maksimum
da
|
minimumda
|
maksimumda
|
1\/.'inimu
da
|
α Kichik Ayiq
|
3k,97
|
2m, 50
|
2m, 66
|
+0m, 56
|
+0m,6;
|
ξ Egizaklar
|
10k,15
|
4,38
|
5,18
|
+0,70
|
+ 1,02
|
η Burgut
|
7k,18
|
4,08
|
5,36
|
+0,59
|
+ 1,04
|
TY Qalqon
|
11k,05
|
11,79
|
13,19
|
+ 1,47
|
+2,00
|
UZ Qalqon
|
14k,74
|
12,43
|
13,80
|
+ 1,63
|
+2,12
|
Oldingi masala berilishlariga ko‘ra ravshanlikning o‘zgarish amplitudasini (Sariq va ko‘k nurlarda), yulduz ranglarining asosiy ko‘rsatkichlarini toping, amplitudalarning o‘zgaruvchanlik davrlaridan bog‘liqlik grafiklarini yasang va grafiklar bo‘yicha topilgan qonuniyatlardan xulosa chiqaring.
Ravshanligining minimumida S - Sefey yulduzining vizual yulduziy kattaligi 4m, 3 ga, R Uchburchak yulduziniki 12m, 6 ga teng. Agar ularning yorqinligi mos ravishda 2,1 va 760 martaga oshsa, yorqinlik maksimumida bu yulduzlarning ravshanligi qanday bo‘ladi?
Oqqush yulduz turkumidagi 1975 yil 29 avgustda topilgan Yangi yulduzning ravshanligi chaqnagangacha 21m, yaqin edi, maksimumda esa 1m, 9 gacha kattalashdi. Agar yangi yulduzlarning o‘rtacha absolyut yulduziy kattaligi ravshanlikning maksimumida 8m atrofida bo‘lsa, bu yulduzning chaqnaguncha va ravshanlik maksimumida yorqinligi qanday bo‘lgan va bu yulduz Quyoshdan taxminan qanday masofada joylashgan?
Burgut yulduz turkumida 1918 yili topilgan Yangi yulduz spektridagi emission vodorod chiziqlari Hβ (4861 Å) va H (4340 Å) lar binafsha rang oxiriga tomon 39,8 Å va 35,6 Å ga, Oqqush yulduz turkumidagi 1975 yilgi Yangi yulduzniki 40,5 Å va 36,2 Å ga siljigan. Bu yulduzlar tomonidan tashlangan gazlarning qobiqlari qanday tezlikda kengaygan?
Katta Ayiq yulduz turkumidagi M 81 galaktikaning burchakli o‘lchamlari 35'x14' ga, Tozilar yulduz turkumidagi M 51 galaktikaniki 14'x10' ga teng. Bu galaktikalarda turli vaqtlarda portlagan o‘ta yangi yulduzlarning eng katta ravshanligi mos ravishda 12m,5 va 15m,1 ga teng. O‘ta yangi yulduzlarning o‘rtacha absolyut yulduz kattaligini ravshanlik maksimumida 15m,0 ga yaqin deb qabul qilib, bu galaktikalargacha masofalarni va ularning chiziqli o‘lchamlarini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |