sud notiqligi, siyosiy notiqlik,
maqtov notiqligi.
Sud jarayonida
jabrlanuvchi manfaatini ko‘zlab, nutq so‘zlovchi notiqlarga
sinegorlar
deyilgan. Ularning nutqi sinegoriya deb atalgan. Keyinchalik ana shu
sinegorlar toifasidan sud hay’atining ajralmas qismi advokatlar yuzaga keldiki, u sudda
demokratik rol o‘ynadi, deyish mumkin. Xuddi shuningdek, logograflar ham
sinegorlardan o‘sib chiqqan ixtisoslik egalari. Ular sud matnlarini yozib beruvchi
shaxslar bo‘lgan. Bu kasb egalari o‘z ixtisosliklariga ko‘ra huquqshunoslik, notiqlik va
nutq matnini yozishda iqtidorli shaxslar bo‘lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |