197
nutqiga o‘zining salbiy tasirini o‘tkazishi mumkin.
Tajribali o‘qituvchi faqat baland yoki past ovozda dars o‘tmaydi. Tovushlarning
balandligi, kuchi, tovlanishi va cho‘ziqligidan iborat akustik sifatlarining turli
darajalari (bu darajalarning diapazoni juda keng )ni bayon qilinayotgan axborotning
mazmuni va tabiati, ayni paytda dars xonasidagi talabalarrning ruhi –kayfiyatiga
muvofiq ravishda modulyasiya qilinadi, ya’ni almashtirib turadi.
Ana shu tarzda
monoton, quruq, ifodalilikdan mahrum nutq shaklidan qutuladi va nutqning
ohangdorligi, tasirchanligiga erishadi. O‘qituvchining nutq texnikasi bilan bog‘liq
nuqsonlardan yana bir nutq sur’ati, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-
sekinlikning maqsadga ko‘ra mo‘tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. Nutqning
sur’ati, albatta, bayon qilinayotgan
materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr
qurilishiga uyg‘un bo‘lishi
maqsadga muvofiq, aks holda, ya’ni o‘qituvchi materialni
faqat jadal sur’atda bayon qilsa, o‘quvchi axborotni o‘ziniki qilib olishga, axborot
tarkibidagi muhim jihatlarni o‘z vaqtida ilg‘ashga, to‘la idrok etishga qiynaladi.
Boshqacha
qilib aytganda, o‘quvchining idrok surati o‘qituvchining nutqi tezligidan
orqada qoladi, unga “etib borolmaydi”. Zotan, o‘qituvchi nutqidagi me’yoridan ortiq
jadal sur’at dars berish metodikasi qoidalari uchun ham begonadir. O‘qituvchi
o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlari, ayni dars paytidagi ruhiyatni, charchagan
yoki charchamaganligi materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chiqqan holda
nutq sur’atini tanlasa, ham pedagogik, ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.
O‘qituvchi
nutqida fonatsiya jarayoni, ya’ni nutq paytida nafas olish nafas
chiqarish bir tekisda, bir me’yorda va davomiy bo‘lishi lozim . Bazan noto‘g‘ri
taqsimlangan nafas olish noo‘rin to‘xtamning yuzaga kelishiga, fikrning mazmuni va
estetik qurilishiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Bu holat , ayniqsa, o‘qituvchining dars
jarayonida haddan ziyod yoki ortiqcha his-hayajonga berilib ketishi va uni boshqara
olmasligi tufayli sodir bo‘ladi. CHunonchi, qo‘shma gaplar
bayonida sodda gaplar
orasida to‘xtamga erishish, bayon qilinayotgan axborotning mazmuni va zaruriyatini
chuqur his qilish orqaligina amalga oshirish lozim. Masalan: Parpitayyor
Ibrohimboyning hovlisida chorikorlik qilar ekan. U boy bug‘doyini o‘rar, ”ho‘p” ilar
va don qilib, boyga eltib berar ekan. (N.Aminov ”Kekirdak” hikoyasi)Agar o‘qituvchi
198
ushbu gapda to‘rt o‘rinda(ikki o‘rinda ekan, o‘rar va qilib so‘zlaridan keyin) to‘xtamga
rioya etmasa, hatto fikr mazmuni va izchilligiga ham raxna solinadi. Tajribali
o‘qituvchi dars jarayonida nutq suratini baland yoki past ovozda doimiyligini
belgilamaydi. Nutq surati (sur’ati) bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga,
xabarning oddiy yoki hissiy bo‘yoqdorligiga alohida axamiyat etiladi. Zero o‘qituvchi
nutqidagi jadal surat o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatini susaytiradi, dars
samaradorligiga putur yetkazadi.
Nutq texnikasida ohang ham alohida o‘rin tutadi. Har bir tovush alohida, to‘g‘ri
va aniq talaffuz qilish muhim axamiyat kasb etadi. So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etish
ularning gapdagi o‘zaro o‘rni va bog‘lanishini yaxshi anglamaslik fikr mantiqiyligiga
ham putur yetkazadi. Masalan, asil-asl, azim-azm, maxsul-masul,
asir-asr kabi
so‘zlarning manosini chuqur anglamasdan qo‘llash, bo‘lsa, kelsa kabi so‘zlarda - l
tovushi tashlab aytish, shuningdek, -lar qo‘shimchasini -la tarzida qo‘llash nutq
ohangdorligiga raxna soladi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng
murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo‘ladigan jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: