M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

So‘zlashuv uslubi
So‘zlashuv uslubi- ikki yoki undan ortiq kishining o‘zaro so‘zlashuvi, suhbati va 
muloqoti vaziyatida kechadigan og‘zaki nutq shaklining ko‘rinishidir. So‘zlashuv 
uslubi erkin uslub ham deyiladi. Chunki ijtimoiy hayotda har bir shaxs o‘z orzu- istak, 
tashvish va qarashlarini o‘zi xohlagan tarzda, ona tilimizdagi bor bo‘lgan, his qilgan 
so‘zlari orqali bayon etadi. Bunday paytda u o‘z shevasidan, o‘z kasbiga xos bo‘lgan 
so‘zlardan, piching, hazil-mutoiba, erkalash, maqol va latifa yoki boshqa unsurlardan 
ham foydalanishi mumkin. 


156 
So‘zlashuv uslubida, bundan tashqari, quyidagilar ham qo‘llaniladi: 
- imo-ishoralar, 
- nutqda so‘zlarni qisqartirish (Zulfiya-Zulya, Nargiza-Nargiz) 
Nutq orasida noo‘rin ruscha, chet so‘zlarni qo‘llash ( tak, znachit, uje, daje, va 
hokazo);
Parazit(takror) so‘zlarni qo‘llash (demak, o‘sha, nima, anavi, masalan va 
hokazo); 
Sheva (sigir-inak, supurgi- jo‘rob, tovoq-tavaq, buzoq- go‘sala, qazon- qozon, do‘ppi- 
kalapo‘sh) grammatik vositalarni xohlagancha qo‘llash:-lar-la: kelinglar, boringla, -
aytayapman-aytopman, kelopman. 
Jargon, argo va vulgar so‘zlar: go‘zalim-asalcham, qushcham, kabutarcham kabi, 
vulgar: yaramas, iflos kabi so‘zlar; 
Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar: biznes, sotka(qo‘l telefon), kompyuter, dollar va 
hokazo; 
So‘zlashuv uslubida ijtimoiy hayotning turli toifadagi kishilari o‘zlarining 
hayoti, nutqiy tajribalari asosida ish ko‘radilar. Umumiy iste’moldagi so‘zlardan 
foydalanadilar. Shu bilan bir qatorda har bir toifa kishilari orasida ham madaniy nutqqa 
intiluvchi shaxslar uchraydi. So‘zlashuv nutqini go‘zal, adabiy til me’yorlariga mos 
tarzda tashkil etuvchi kishilar borligi nutq madaniyatini ijtimoiy hayot talablari 
darajasida ko‘rishga intiladilar. Bu esa ajdodlarimizdan ma’naviy meros bo‘lgan ona 
tilimizga cheksiz hurmat namunasi bo‘lgan ruhiy, hissiy vatanparvarlik namunasidir. 
Ana shu milliy madaniy tuyg‘uni his etgan har bir shaxs adabiy til me’yorlariga qat’iy 
rioya qilib so‘zlashuv nutqini yanada yuksak ko‘rinishga ko‘tarishga intilmog‘i lozim. 
So‘zlashuv nutqi ijtimoiy hayotda ega ko‘p qo‘llanadigan uslub turi bo‘lib, u quyidagi 
ijobiy xususiyatlarga ega: 
- so‘zlovchi tinglovchini ko‘rib turadi, unda o‘z nutqining ta’sirchanligini his qiladi; 
- so‘zlovchining nutqi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo‘lishga erishmog‘i lozim; 
- nutqda har gap, so‘z, ibora, maqol, latifa, rivoyat yoki dalil so‘zlovchining 
bildirayotgan maqsadiga, fikrining mohiyatiga haratilmog‘i lozim; 
- suhbat o‘zaro hurmat, samimiyat va yuksak insoniy fazilatlarga asoslangan bo‘lishi 


157 
lozim. So‘zlashuv uslubining o‘ziga xos yutuq va kamchiliklari mavjud. YUtuqlari: 
- tinglovchi ko‘z oldingizda bo‘ladi. Uning sizning nutqingiz, so‘zingizdan qanchalik 
muttaa’sir bo‘layotganligini ko‘rib turasiz; 
- so‘zlashuv uslubida tinglovchi bilan siz o‘rtangizda vaqt har doim ham chegaralangan 
bo‘lmaydi. Xohlagan paytda muloqotda bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘ladi; 
- so‘zlashuv uslubida ko‘pincha tayyorgarliksiz muloqotga kirishiladi
- tinglovchiga javobingiz yoki zarur fikrlaringizni qisqa, oson bayon eta olasiz, buning 
uchun hech qanday vosita kerak bo‘lmaydi. 
Kamchiliklari: 
- so‘zlashuv uslubida ko‘pincha tayyorgarliksiz muloqotga kirishiladi; so‘z, gap va 
fikrlar uzviyligi har doim ham tartibli bo‘lavermaydi; 
- so‘zlashuv uslubida fikrlar, munosabatlarning barchasi ham barqaror emas, doimiy 
esga saqlanib qolavermaydi. O‘zaro suhbat, so‘zlashuv vaqt o‘tishi bilan tez esdan 
ko‘tariladi, unutiladi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish