M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

6. Vositachilik: 
- guruh jamoasini boshqara bilishi; 
- o`qitishni tashkil qilish shakllari (frontal, individual, guruh)ni egallagan bo`lishi; 
- o`quvchilarning ota-onalari bilan ishlay olishi; 
- muloqot jarayonida axloqiy normalarga rioya qilishi; 
- lektor-tarqibotchi malakasini egallagan bo`lishi. 
7. Tashkilotchilik: 
- darsni tashkil qila olishi; 
- guruh rahbari ishini rejalashtirishi; 
- guruhdan va darsdan tashqari ishlarni, o`z faniga oid ommaviy tadbirlarni tashkil 
qilishi va ularni mohirona o`tkazishi. 
8. Tadqiqotchilik: 
- dars, shuningdek, o`quv-tarbiya tadbirlarini tanqidiy tahlil qila olishi; 


30 
- ta`lim-tarbiyaga oid uncha murakkab bo`lmagan pedagogik tajribalarni o`tkazishi va 
ishlab chiqishi; 
- boshqa o`qituvchilarning tajribalarini tahlil qilish va ulardan tanqidiy foydalanishi;
- ilmiy va pedagogik ijodiyotga qiziqishi; 
- mulohaza yuritganda fikrlashning dialektik usulini qo`llashi. 
Ko`rib o`tganimizdek pedagogik faoliyat muhim ijtimoiy-pedagogik hodisa. 
Uni aniq tashkil qilish, o`quvchi-yoshlar bilim olish jarayonini, ularning ehtiyojlari, 
qiziqishlari, motivlari, maqsadlari, amalga oshirish shakllarini to`g`ri yo`naltirish 
pedagogik mahoratning shakllanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Har qanday 
faoliyat singari, pedagogik faoliyat ham maxsus tayyorgarlik (ma`lumotlilik), tajriba, 
ixtisoslik bo`yicha bilimga ega bo`lishini talab etadi. 
Pedagogik faoliyatning tuzilishi uning boshqa jihat va sohalarga qaraganda 
kam o`rganilgan. Lekin, bu sohada ba`zi bir tadqiqotlar amalga oshirildi. Sankt - 
Peterburg universitetining professori N.V. Kuzminaning ilmiy - tadqiqod ishlarini 
pedagogik mahoratni shakllantirish yo`nalishidagi pedagogik faoliyat to`g`risida
yaratilgan ilmiy ishlardan deb alohida ko`rsatib o`tish mumkin. O`qituvchilarning 
faoliyatini uzoq vaqt kuzatish, natijalarni ilmiy asosda ishlab chiqish, ta`lim 
muassasasi rahbarlarining o`qituvchilar haqidagi fikrlarini sinchiklab o`rganishlari 
natijasida olima N.V. Kuzmina pedagogik faoliyat tuzilmasini uch asosiy sohadan: 1) 
konstruktiv; 2) tashkilotchilik; 3) pertseptiv, ya`ni o`qituvchi-o`quvchilar 
munosabatidan iborat deb biladi. Pedagogning ish sohasida o`quvchilar, ularning ota-
onalari va hamkasblari bilan aloqasidan iborat yaxlitlik pedagogik faoliyat va 
pedagogik mahorat asosini tashkil etadi. 
N.V. 
Kuzminaning 
pedagogik 
faoliyat 
tuzilmasidagi 
o`qituvchining 
konstruktiv faoliyati o`quvchilarga beriladigan materialni tanlash, ulardan eng 
asosiysini aniqlab olish hamda bu materialni o`quvchilarning yoshi, individual 
xususiyatlariga moslab qayta ishlab chiqish va shu asosda dars, suhbat tashkil etish, 
tarbiyaviy ishlar olib borish, o`quvchilar shaxsi, bilim saviyasi, dunyoqarashini 
aniqlash va rivojlantirishni nazarda tutsa, ushbu tuzilmadagi o`qituvchining 
tashkilotchilik faoliyati esa, ishni tashkil etish va o`quvchilarning darsda va darsdan 


31 
tashqari vaqtlarda o`zlariga hamda mehnatlariga rahbarlik qilish, shu bilan birga ular 
faoliyatini tashkil etishdir. 
Agar, o`qituvchi o`quvchilar bilan to`g`ri munosabatda bo`lib, aloqa o`rnata 
olsa, uning konstruktiv va tashkilotchilik faoliyati ham muvaffaqiyatli bo`ladi. Bu 
esa, pedagogik ishning sifat va xislatlariga, o`quvchilar psixologiyasini tushunishiga, 
o`quvchi-yoshlar bilan o`zaro munosabatini yo`lga qo`yishga, ularning yosh hamda 
individual xususiyatlarini e`tiborga olishiga, shuningdek, o`quvchilarga ta`sir eta 
bilishiga bog`liqdir. Bu pedagogik mahoratni shakllantirishning birinchi sharti 
hisoblanadi. 
Pedagogik mahorat - bu o`qituvchi - tarbiyachining kasbiy va shaxsiy faoliyati
natijasining umumlashmasi sifatida, muayyan bilim, ko`nikma, malakalar 
yig`indisidan iborat bo`ladi va o`zining shakllanishi jarayonida bir necha yo`lini 
bosib o`tadi: 
- birinchi yo`l - o`quv -pedagogik faoliyat yo`li bo`lib, u o`z o`quv predmetini, 
pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini ilmiy texnikaviy taraqqiyot va davr 
talablari darajasida bilishni nazarda tutadi; 
- ikkinchi yo`l - shaxsiy faoliyat yo`li bo`lib, u o`ziga, o`z ishiga, hamkasblariga, 
o`quvchilarga, ularning ota-onalariga bo`lgan munosabatini bildirib, o`z mavqeini 
tushunishi, o`z -o`ziga baho berish, o`z-o`zini anglash, mustaqil ravishda bilimini 
oshirishga intilish, o`zini - o`zi kamolotga yyetkazish, bunyodkorlikka, ijodkorlikka, 
tadbirkorlikka layoqatini yangilikka muntazam intilishini anglatadi; 
- uchinchi yo`l - ijtimoiy - pedagogik faoliyat yo`li bo`lib, u o`qituvchi-
tarbiyachining o`quvchilarni, jamoani "ko`ra bilishini", o`quvchi yoshlarning 
qiziqishi va talablarini, ular duch keladigan qiyinchiliklarni oldindan anglay olishini; 
har bir o`quvchi-tarbiyalanuvchining individual - psixologik xususiyatlarini ilg`ay 
olishini; darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish bo`yicha 
bilim, ko`nikma, malakalarning shakllanganligini; turli ijtimoiy - foydali ishlarga 
o`quvchilarni jalb eta olishini; fanga, hayotga, san`atga, ijtimoiy-foydali mehnatga 
havas uyg`ota olish kabi qobiliyati qirralarining mavjudligini anglatadi; 
- to`rtinchi yo`l - axborot - kommunikativ faoliyat yo`li bo`lib, u o`qituvchi - 


32 
tarbiyachining ma`lumot-axborotga ega ekanligini; voqelik, pedagogik olamdagi 
voqea-hodisalar to`g`risidagi ma`lumotlar bilan qurollanganligini; axborot va 
kommunikativ texnologiyalardan ma`lumotlar ola bilishini, uni o`z tafakkur elagidan 
o`tkazib, hamkasblari, o`rtoqlari, o`quvchilariga yetkaza olish qobiliyatiga ega 
ekanligini ko`rsatadi. 
Qayd etib o`tilgan hamda tavsiflangan pedagogik mahoratni egallashning 
mazkur yo`llari o`qituvchi-tarbiyachi uchun dasturulamal bo`lib, kasb-mohiri bo`lish 
uchun katta imkoniyatlar yaratishga, o`quv-tarbiya samaradorligini oshirishga amaliy 
yordam ko`rsata oladi. 
Pedagogik mahoratni egallashda pedagogning kasbiy faolligi jihatlarini tadqiq 
qilgan I.P. Podlasiy o`qituvchi - tarbiyachining ma`naviy-axloqiy qiyofasini 
yorituvchi "Pedagogning kasbiy imkoniyatlari tuzilmasi"ni ishlab chiqdi va unda 
pedagogik mahoratni shakllantirishga xizmat qiluvchi omillarni aks ettirdi. Buni
1.4.-jadvalda kuzatish mumkin. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish