Bog'liq m.mutalipova, b.xodjayev.qiyosiy pedagogika
II.2. Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar. Janubiy Koreya maktab ta’limi boshlang'ich, o‘rta, yuqori maktablami o‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich maktab haqida avvalgi paragrafda so‘z yuritdik. Statistik ma’lumotlarga qaraganda o'rta va yuqori maktablarda 1987 yil 4.895.354 o‘quvclii tahsil olgan va 150.173 o‘qituvchi faoliyat yuritgan. O‘qituvchilarning taxminan 69% erkaklar edi. O‘quvchilaming ko‘pchiligi oliy ma’lumot olishga harakat qilishdi va 1.397.359 o‘quvchi (umumiy sondan 60%) oliy o‘quv yurtlariga kirishdi. 840.265 nafari kasbiy bilim yurtlariga kirishdi, ular quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha faoliyat yuritishlari mumkin:
Yer (qishloq) xo‘jaligini yuritish;
Baliqchilik;
Tijorat (kommersiya);
Savdo-sotiq;
Kemasozlik;
Muhandislik ishi;
Turli san’at turlari sohalari bo‘yicha va h.k.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Janubiy Koreya maktab ta’limi o‘rta va yuqori maktablarga bo‘linadi. Koreys tilida o‘rta maktab “chunxakyo” deb nomlanadi va “o'rta maktab” ma’nosini beradi. O‘rta maktabda ta’lim majburiy, bepul va 3 yil o‘qitiladi. O'rta maktabga 11 yoshdan oshgan, 12 yoshdagilar qabul qilinadi. Boshlang‘ich maktabga nisbatan o'rta maktabda o‘quvchilarga ancha yuqori talablar qo‘yiladi. 0‘quvchining kiyinishi, soch turmagi va boshqa jihatlari doimiy nazorat ostida bo'ladi. Xuddi boshlang1 ich maktabdagi kabi o ‘rta maktabda ham o'quvchiiar kunning katta qismini sinfda sinfdoshlari bilan birga o'tkazadi. Har bir fan alohida fan o'qituvchilari tomonidan o'qitiladi. O'qituvchilar sinflarga borib o'qitadilar, lekin “maxsus” fanlar o'tilganda o'quvchiiar shu xonaga o'zlari keladilar. Srnf rahbariari - xangillar o'quvchiiar hayotida muhim o'ringa ega, o'quvchiiar ulami qattiq xurmat qilishadi. 4 O'rta maktabda bir kunda 6 ta fan o'qitiladi, shuningdek, alohida maxsus 7-dars ham bor. O'quv dasturining negizini quyidagi fanlar tashkil etadi:
Matematika;
Koreys va ingliz tili;
Qator aniq fanlar;
“Qo shimcha ” fanlar quyidagilardan iborat:
San'at sohalar;
Jismoniy tarbiya;
Tarix;
Xancha (xitoy peroglifi);
Etika;
Uy iqtisodini yuritish;
Kompyuter savodxonligi.
Mashg‘ulotlar 45 daqiqa davom etadi. Boshlang'ich sinfdagi 9 ta fanga, o‘rta maktabda yana 4 ta fan qo‘shilib, jami 13 ta fan o‘qitiladi. Maktabda chet tillariga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik ingliz tilida bemalol gaplasha oladi. Chet tilini o‘qitishga haftasiga 4-5 soat ajratilgan. O'qish o‘rta maktabda bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. Koreyalik o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari klassik xitoy tilini majburiy ravishda o‘rganadilar. 5- sinfdan boshlab, Xitoy tarixi o‘rgatiladi. Boshlang‘ich maktabdagi kabi o‘rta maktabda ham o‘quvchi sinfdan-sinfga imtihonsiz o‘tadi. Ma’lum fanlar uchun imtihonlaming standart shakllari mavjud, fan o'qituvchilar tavsiya qilingan o‘quv qo'llanma va darsliklardan foydalanadilar. O‘rta maktabning ko‘plab o‘quvchilari darsdan keyin qo‘shimcha kurslar “xagvonlar”ga boradilar, yoki xususiy repetitorlarga qatnaydilar. Alohida e’tibor ingliz tili va matematikaga qaratilgan. Ba’zi xavgonlar bitta fanga asoslanadi, ba’zilari barcha asosiy fanlarni qamrab oladi. Bu o‘z navbatida maktab mashg‘ulotlarining yanada qiyin bo‘lgan ikkinchi qismiga aylanadi. Undan tashqari juda irodali o‘quvchilar kurash turlari va musiqa maktablariga qatnashadilar. O‘quvchilar shu tariqa darsdan keyin uylariga juda kech qaytadilar.