Favqulodda Bolalar
Fondi (YUNISEF)ning
jahon bolalari majburiy
ta’Iimini tashkil etishdagi
roli
YUNISEF 1946 yilning 11 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining birmchi sessiyasidayoq bir ovozdan BMTning
Favqulodda Bolalar Fondi nomi bilan tarkib topdi.
YUNISEF tashkil topgan dastlabki yillarda uning mablag’i urushdan qattiq jabrlangan Yevropa va Xitoyda bolalarga oziq-ovqat, dori- darmonlar uchun sarf qilina boshladi. 1950 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi YUNISEF vakolatini yanada kengaytirdi. Uning mablag’iari rivojlanayotgan davlatlardagi son-sanoqsiz bolalar uchun sarflana boshladi.
1953 yilning oktyabridan BMT Bosh Assambleyasi YUNSEFni o’zining doimiy organiga aylantirdi. Endi u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar fondiga aylantirildi. Lekin uning kafolatlari va vazifalari to’laligicha saqlab qolindi. 1960 yillardan boshlab YUNISEF bolalar manfaatini global himoya qiluvchi zabardast organga aylandi.
1965 yilda YUNISEFning Nobel mukofotiga sazovor bo’lishi xalqaro bolalar hayotida naqadar xayriya va saxovat manbai bo’lib shakllanganligining to’la e’tirof etilishi bo’ldi.
Hozirgi davrda ham YUNISEF bolalar manfaatini himoya qilishga, ulami sog’lom, o’qimishli bo’lib o’sishlariga ko’maklashish, bolalar
o’limining oldini olish, ommaviy qirg’in keltiruvchi va boshqa xavfli kasalliklardan muhofaza qilish, onalik va bolalikni himoya qilish, loaqal qizlar hamda o’g’il bolalarga bepul boshlang’ich ma’lumot berish, ular farovonligini ta’minlash ishlariga asosiy e’tibomi qaratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, bu sahovatli tashkilot bizning mamlakatimizda ham insonparvarlik faoliyatini boshlab yubordi.
Uning Respublikamizdagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni himoya qilish, ularga zarur tibbiy yordam ko’rsatish, to’laqonli ta’lim berish, turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy himoya qilishdan iboratdir. Shuningdek YUNISEF respublikamizda onalar va bolalar kasalliklarining oldini olish, ularni yuz foiz immunizatsiya qilish, bolalami chechak, och terlama, difteriya, poliomielit, ko’k yo’tal, quturish kabi kasalliklardan himoya qilish kabi amaliy ishlami bajarmoqda. Mana shu dasturga asosan dori-darmonlar, tibbiyot anjomlari va boshqa zarur narsalar olib kelinmoqda, ommaviy tushuntirish ishlari olib borilib, turli plakatlar, yo’riqnomalar, qo’llanmalar nashr qilinmoqda.
YUNISEF ta’limni amalga oshirishga ko’maklashishda ham faol qatnashmoqda. Ayniqsa,bu tashkilot faoliyati maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’limga ko’proq yo’naltirilganligim alohida ta’kidlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |