Deskripsiya tadqiqot materiallarini ma’lum mezonlarga ko‘ra tanlash va tartibga keltirish bolsa, interpretatsiya genetik, ya’ni tarixiy va funksional aloqalar tizimidagi holatlami tushuntirish demakdir. Qiyoslash esa ilmiy ishlab chiqilgan parametr (mezon)larga binoan sinchiklab tanlangan, tasniflangan, har tomonlama tahlil qilingan ma’lumotlarni taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida qiyosiy - pedagogik tadqiqotlar tipologiyasini chizmada ко^Л chiqamiz:
Muallif, davlat
Tipi
Tavsifi
Dj.Beredey (AQSH)
Mamlakatshunoslik ka oid (area studies)
Haqiqatni o‘zgartinnay ko‘rsatish
Qiyosiy - nazariy (comparative approach)
Muammoli yondashuv: bitta yoki bir necha davlat miqyosida alohida olingan muammoni har tomonlama ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi
Umumlashgan tahlil yondashuvi - tadqiqotlar natijalari asosida o‘rganilgan pedagogik fenomenning to‘liq ko‘rinishi yuzaga keladi.
Ikkita davlat: o‘z davlati va chet el ta’lim tizimi tajribasi
multitadqiqotlar
Bir necha davlat ta’lim tizimi
9 •
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Qiyosiy pedagogika tushunchasini talqin etishga doir qanday yondashuvlar mavjud?
“Chet el pedagogikasi” va “qiyosiy pedagogika” tushunchalari o’rtasidagi umumiylik nimada?
“Qiyosiy pedagogika” tushunchasiga ta’rif bering.
Qiyosiy pedagogika fanining obyekt va predmetini aniqlashtiring.
Qiyosiy pedagogika fanining asosiy vazifalarini sanab bering.
Qiyosiy pedagogika fanining funksiyalarini ayting.
Qiyosiy pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini bayon eting.
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarining dolzarb yo’nalishlarini sanab bering. BOR OO‘YULARIDA TA’LIM VARIATIVLIGINING
QIYOSIY ASOSLARL
Tayanch tushunchalar: Fan metodologiyasining umummilliy va qiyosiy-pedagogik bosqichidan foydalanib quyidagilarga ko ' ra ta’lim variativligi mezoniy tizimining modelini tuzamiz: an’anaviy va iunovatsion ta'lim tizimining asl holati;
ta’lim muassasalarining xalqaro va davlat miqyosida akkreditatsiya va attestatsiya bo'yicha baholash tizimi ko‘rsatkichlari;
“moliyaviy-moddiy ta’minot”, “o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqiy ta’minot”, “ta’lim muassasasi menedjmenti strategiyasi” kabi blok- mezonlarni aniqlovchi qiyosiy pedagogika bo‘yicha ilmiy ishlanma- tadqiqotlar.
Ta’lim tizimining tarixiy rivojlanishi umumiy resursga ega bo‘lgan milliy ta’lim tizimlarini yaratish imkonini berdi. OO‘Yulari uchun 3 xil resurs mavjud bo‘lib, ular yuqoridagi mezoniy tizim modelida o‘z aksini topgan. Shundan “moliyaviy va moddiy resurslar” bloki OO‘Yuni moliyalashtirish, ta’lim xizmatlarini taklif etish, moddiy-texnik baza va o‘quv muassasasining infratuzilmasi, ta’lim muassasasining ijtimoiy bazasini o‘z ichiga oladi. “O‘quv-metodik va ilmiy-tadqiqot resurslari” o‘quv-uslubiy majmua ta’lim jarayonini tashkil qilish; formal va didaktik bilgilar; ta’limda innovatsiya; ta’lim muassasalari turi (tipi); ta’limda uzluksizlik, ilmiy- tadqiqot ishlari natijalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish; ilmiy-tadqiqot resurslari - 00‘Yularining ilmiy-tadqiqot ishlari, 00‘YU va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etadi. “Strategik va taktik resurslar”ga oliy ta’limda strategiyaning mavjudligi; maqsadli ta’minot va muassasalarga vazifalaming qo‘yilishi; ta’lim muassasasining nufuzi; OO'Yuni boshqarish; pedagogik jarayon qatnashchilarining tavsifi; xalqaro hamkorlik kabilar kiradi. Ta’limda globallashuv jarayonlari, dunyo ta’lim tizimi tuzilishini shakllantirish, oliy ta’limni isloh qilish va zamonaviylashtirish OOl Yulami tasnif qilish masalasini kun tartibiga qo'ydi. Har bir davlatning oliy ta’lim tizimi an’anaviy ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lib, barcha 00‘Yulari “universitet” va “nouniversitet” maqomiga ko‘ra ajratiladi. Universitet boilimiga barcha universitetlar (garchi tashkil topgan paytida universitet maqomida boim-iasa ham), nouniversitet bo‘limiga (akademiyalar, institutlar, oliy maktablar, konservatoriyalar, kollejlar) kiradi.