Tabib va
ilon haqidagi rivoyatda esa, tilning zahri ilon zahridan
ham dahshatliroq ekanligi haqida gap ketadi:
Tabib bir bemomi davolash uchun ilon izlab topadi. Shunda ilon
undan so‘raydi: - Sen meni o ‘ldirib, zahrim bilan bir odamning hayotini
saqlab qolmoqchi bo‘lyapsan, to‘g ‘rimi?
Tabib: - T o ‘g ‘ri, - debdi.
- Endi quloq sol, - debdi ilon. - Bekor qilyapsan, bemor mening
zahrim bilan tuzalmaydi. Agar biz chaqqanimizda tuzalar edi. Uni do‘sti
chaqqan. Odamning zahrini ilonning zahri yo ‘q qila olmaydi. Bilasanmi,
Olloh bizni shunday sovuq, yerda sudralib yuruvchi qilib yaratdi, qo‘l-
oyoq ham, insonlar kabi aql ham bermadi. Ammo biz ilonlar bir-
birimizni chaqmaymiz. Siz insonlarga esa aqlga qo‘shib butun borliqni
berdi. Shunda ham noshukurchilik qilib, bir-biringizni chaqasizlar, -
debdi. Tabib ilonni qo'yib yuboribdi. Haqiqatdan ham bemomi o ‘z
do‘sti haqoratli so‘zlar bilan chaqqan ekan, hech qanaqa dori kor qilmay
olamdan o ‘tibdi. Bemoming do‘sti tishi bilan emas, tili bilan, zahar-
zaqqum gaplar bilan chaqib, boshiga yetgan.
Rivoyatning m a’nosiga uyg‘un keluvchi xalq maqollari tili bilan
aytganda:
- Til borki, bol keltiradi, til borki balo keltiradi;
- Ilonning zahri ketsa ham, so‘zning zahri ketmas.
Xalq pedagogikasi manbalariga kiradigan diniy ta ’limotlarda ham
so‘zlashish odobi, nutq madaniyati haqida juda ko‘p misollar, pand va
o‘gitlar mavjud. Masalan, «Islomda muloqot odobi»53 kitobida nutq
odobi quyidagi tartibda ifoda etiladi:
1. Insonlar o ‘rtasidagi so‘zlashuv to‘g‘rilikka va haqiqatga yo‘g ‘-
rilgan, yolg‘on, safsata, xomhayollardan uzoq boMishi kerak.
2. Islom ta ’limotida tortishuvlarga barham berish uchun aniq dalil,
hujjat
bilan
gapirish talab etiladi
hamda tortishuv mavzuida
tomonlaming bir-biriga haqiqatni aytishlari lozimligi uqtiriladi.
Imom G ’azzoliy «Ihyo ulumud-din» kitobida «Bahslashayotganlar
xatoni aniqlab, haqiqatga intilishlari lozim. Raqibini dushman emas,
52 А.Каримов. Бир гапим бор уч тилло. - Т.: Адолат, 1992.
53 Тантовий М.С. Исломда мулокот одоби. Т.: Мовароуннахр. 2007.
116
do‘st sifatida ko‘rishi kerak. Agar u xatoni ochib bersa va haqiqatni
aytsa, minnatdorchilik bildirish zarur»,54 - deydi.
3. Nutq madaniyati, muloqot, bahs-munozarani tartibga solish
uchun islom dini joriy qilgan odoblardan yana biri tavozeli bo‘lish,
kibrdan saqlanishdir.
Buning m a’nosi shuki, o ‘zini ko‘z-ko‘z qilish, gerdayish, boshqa-
lardan ustunligini ta’kidlash ruhiga qurilgan muloqot samarasiz tugaydi,
eng yomoni, ikki tomon orasidagi tafovut kuchli ziddiyatga aylanadi.
4. Suhbatdoshning fikrini bosiqlik bilan tinglash, uning so'zini
og‘zidan tortib olmaslik, shaxsiyatiga tegmaslik, sabr-toqat va
bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishdir.
Tomonlardan biri boshqasiga o ‘z fikrini bayon qilarkan, go‘zal
muomala doirasida, mantiqqa tayanib, hurmat bilan muloqot qilishi
kerak. Donishmandlar bejiz aytishmagan: fikrimda xato ham bo‘lishi mumkin. Menga yanglishdek tuyulgan
boshqa birovning fikri esa, ehtimol, to‘g ‘ridir. Biz faqat haqiqatni
aniqlash va o ‘zaro kelishish uchun muloqot qilamiz. Bahs nihoyasiga
yetib, masala hal bo‘lgach, bir-birimizdan uzr so‘raymiz.»
5. Islomdagi so‘zlashuv odoblaridan yana biri bu haqgo‘y, go‘zal
xulqli, ta’masiz, qalban pok, oqil insonlaming hurmatini joyiga qo'yish
bo‘lsa, yana biri xukm va xulosalami umumlashtirish, so‘zlayotgan
paytda o‘ta ehtiyot bo‘lish, muammo va masalalarning mohiyatini
sinchiklab o‘rganish, iboralami o‘z o ‘m ida ustalik bilan ishlatishdir.
Shuningdek, hoyi-xavaslarga ergashib, ko‘zlari ko‘r, quloqlari kar b o iib
qolganlar bilan oqilona muomalada bo‘lish ham Islomning o ‘ziga xos
muloqot odoblari sirasiga kiradi.
6. 0 ‘zaro muloqot har ikki tomonga ham foydali bo‘lishi, go‘zal
oqibat va yaxshi natijalarga erishish uchun lozim bo‘lgan odoblardan
biri - yolg‘on mish-mishlarga emas, to‘g‘ri gaplarga tayanish, uydirma
xabarlarga emas, balki aniq m a’lumotlarga asoslanishdir.
Darhaqiqat, nutqiy farosat, nozik muomala odobi Turonda inson
umumiy axloqining tayanch ustunlaridan sanalgan. Hadisi sharifda:
«Kishining zebu-ziynati, go‘zalligi uning tilidadir», deyilsa, xalq
maqollarida: «Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi», deyiladi.
Buyuk allomalarimizdan Majdiddin Xavofiy: «So‘zni me’yor bilan
so‘zlagan, hayot qadrini anglagan, butun kuch va qudratini ilm va kamolot
hosil qilishga sarflagan kishilar aqlli kishilardir», - degan bo‘lsa, buyuk
mutafakkir Alisher Navoiy «Insonning odob-axloqini belgilaydigan
54 Имом Газзолий. Ихе улумуд-дин.
117
omillardan biri uning so‘zi, nutqidir, zero suvning mazasi muz bilan, odam
yaxshiligi so‘z bilan bilinadi», deydi («Mahbub ul-qulub»).
Xulosa qilib aytganda, yoshlarga xalqimizga xos bo‘lgan axloqiy
m e’yorlami o ‘rgatish va ularga insoniy fazilatlami shakllantirishda
hamda barkamol shaxs tarbiyasi masalalarida xalq pedagogikasining
barcha manbalarida, y a’ni halq og‘zaki ijodi janrlarida ham, diniy
ta’limotlarda ham, buyuk mutafakkirlar ijodida ham yaxlit uyg‘unlik
borligiga amin bo‘ldik.
M avzu bo ‘yicha n azo rat savollari:
1. 0 ‘zbek milliy mentalitetiga xos jihatlar haqida gapiring.
2. Xalqimizga xos bo‘lgan axloqiy m e’yorlar nimalardan iborat?
3. Nima
uchun
mehmondorchilik madaniyatimizning
ko‘hna
manbalari bo ‘lib hisoblanadi?
4. M ehmondorchilikda ishlatiladigan tavozeli jumlalami ayting.
5. Xalqimizga xos bo‘lgan nutq madaniyati, so‘zlashish odobi
haqida nimalami bilasiz?
6. Diniy ta ’limotlarda muloqot odobi to‘g‘risida nimalar deyilgan?
7. Xalqimiz hayotida ishlatiladigan yaxshi tilaklar, olqishlarga misol
keltiring.
T O PSH IR IQ . Quyidagi insoniylik fazilati haqidagi matnni o ‘qing
va o ‘z fikringizni bildiring.
N olning qiym ati
Universitet qoshidagi litseyning 2-kurs o‘quvchilari iqtisodiyot fani
o‘qituvchisini kutishayotganda sinfxona o ‘quvchilaming shovqin-suro-
nidan larzaga kelar ekan, eshikdan qattiqqo‘l ustozning qorasi ko‘rindi.
U bolalarga nigohlarini qadab, doskaga 1 raqamini yozib qo‘ydi.
- Qaranglar! - dedi u. - Bu insoniylikdir. Insoniylik - hayot bizga
berishi mumkin bo‘lgan eng qimmatbaho narsa.
Keyin « l»ning yoniga «0» raqamini yozdi va:
- Bu muvaffaqiyat. Insoniylik muvaffaqiyat bilan birga bo‘isa « 1 »ni
«10»ga aylantiradi,- dedi. So'ngra doskadagi raqam yoniga yana bir
«0»ni qo‘shdi.
- Bu esa tajriba. «10» boMsangiz «100»ga aylanasiz. Shu tariqa
«0»lami istaganingizcha qo‘shishingiz mumkin: intizom, malaka,
118
qobiliyat, sevgi va hokazo. Q o‘shilib borayotgan har bir nol insoniylikni
o‘n baravar kuchli qiladi.
Key in qoMiga lattani olib, qator boshidagi «l»ni o ‘chirib tashladi.
Doskada bir talay «0»lar qoldi. Ustoz jimjitlikka mazmun berdi:
- Ko'rdingizmi, insoniylik boMmasa, barchasi bekor.
Sinfda so‘zsiz sukunat xukm surardi.
0 ‘zbek odatlariga ko‘ra oilada o ‘g ‘il farzand tug‘ilsa, unga atab
qurilish ashyosi bo‘ladigan ko'chatlar ekilgan, u voyaga yetguncha
navnihol ko‘chatlar terakzorga aylanib ketgan.
0 ‘zbeklar qayerda va qanday sharoitda bo‘lmasin yonidagi
yaqin kishi, safdoshini o ‘z taomiga sherik qiiish rasm boMgan.
Bu udumning ancha kuchli ekanligini tasdiqlovchi «ko‘z haqi»
iborasi hozirgacha saqlanib, safdosh rizqini berish ma’nosida
ishlatiladi. Bu odatga ko'ra, kimning ko‘z oldida non yopilsa
yoki ovqat tayyorlansa, shu kishi o‘zining ko‘z haqiga ega
boMishi mumkin, deb hisoblangan. Uyda, ayniqsa, bayram va
hayit paytlarida shirin taomlar pishirilsa, qarindosh va yaqin
qo‘shnilarga bir kosa suzib chiqarish odati hozirgacha saqlan-
gan. Shu tarzda ayrim marosimlarda dasturxon qilib kelinsa, un-
dagi oziq-ovqatlami qavmu-qarindosh va qo‘shnilarga tarqatish
rasm-rusumi mavjud. Shuningdek, shaxsiy bog‘ va undagi
sabzavot va mevalar pishganda o‘z yaqinlari bilan boMishish
odat boMib qolgan. Mazkur urf-odat o'zbeklarda milliy an’anaga
aylanib, hozir ham amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |