48 М Дуронов. Биз англайтган чакикат. - Т.: Маънавият, 2008,92-6.
112
ezgu niyatlar bilan ziyoratga chiqib, mozor bosib, ulug‘ avliyolami
ziyorat qilib qaytibsiz, yaxshi niyatlaringizni xudo o ‘z dargohida qabul
qilsin, deyilyapti. Oxiri yaxshilikka olib bormaydigan, ko‘ngillari
to ‘lmagan ish, yoki shaxs haqida «oxiri baxayr bo‘lsin, oxirini
yorlaqasin, noumid shayton», deb mulohaza-tilak aytishadi.
Dardkashlik, hamdardlik, kishining ko‘ngliga qarash o ‘zbek xalqi-
ning nozik xislatidir. Shu bois ham o ‘zbek o ‘zganing shodligidan quvonib,
dard-tashvishiga sherik bo‘ladi. Marhumlar xotirasiga fotiha o‘qilganda
«xudo dargohida qabul boMsin, arvohi shod bo‘lsin, joylari jannatdan
bo‘lsin» kabi tilaklar ishlatiladi. Xonadon sohibiga «xudo sabr bersin,
marhumning qolgan umrini sizga, farzandlaringizga bersin, xudoning
irodasi shu ekan, bandalik», deya yupatiladi. Jabrdiyda kishidan ko‘ngil
so‘raganda «ko‘nglingizni cho‘ktirmang, oyning o‘n beshi qorong‘u
bo‘lsa, o ‘n beshi yorug‘», «boshingiz omon, joningiz sog‘ bo‘lsin», «bu
kunlar unut bo‘lib ketadi» kabilar, maqol va naqllar ishlatiladi. Adolat-
sizlik oldida ojiz qolib, zorlanib-yig‘lab turgan odamga «kuyinmang, keng
bo‘ling, u xudo bexabarga ham boqqan balo bordir», «xudoning g ‘azabiga
uchraydi», «o‘shanda meni aytdi deysiz», deya tasalli berishadi. 0 ‘zbek
o ‘zga xonadonga qadam ranjida qilganda «iloho tinchlik - xotiijamlik,
omonlik bo‘lsin, qadam yetdi, balo yetmasin», deya fotiha o‘qiydi. Yangi
libos kiygan kishiga «qulluq boisin, muborak bo‘lsin, nasib etsin,
tepkilab-tepkilab kiying, egningizda to‘zisin, yarashibdi, buyursin»,
deyiladi. Odamlarga yaxshilik qilish, birovning koriga yarash, odamgar-
chilik xalqimizda insoniy burch sanaladi.
Demak, «o‘zbekning har gapida ishlatiladigan yaxshi niyat, olqishu-
duolari xalqimizning odob-axloqi yuksak bo‘lgan qadimiy madaniyat
egasi ekanligidan dalolat beradi.»49
Xalq og‘zaki ijodida o‘zbek xalqiga xos boMgan olijanoblik,
iltifotlilik, saxovatlilik fazilatlarini tarannum etuvchi namunalar juda
ham ko‘p. Shulardan biri «Oliyjanoblik» rivoyatida hikoya qilinishicha,
50 Sulton Xusayn bir qancha olimu shuarolarga ziyofat berib, suhbatdan
qulfi-dili ochilib o ‘tirar ekan. Xizmatkorlar nafis kosalarda suyuq
taomlami tashiy boshlabdilar. Shunda xizmatkorlardan biri ostonada
nimagadir qoqildi-yu, qo‘lidagi mastavali idish to‘g ‘ri Xusayn
Boyqaroning quchog‘iga tushib to‘kilibdi.
Sultonning zarrin liboslari mastavadan shalabbo bo‘lib ketibdb
49 М.Сатгор.Узбек удумларй. - Т.: Фан, 1993Й
50 А.Каримов. Бир гапим бор уч тилло. - Т.: Адолат, 1992, 36-6.
113
Anjumandagilarning hammasi beixtiyor «Oh!» deb yuboribdilar.
«Nima b o iark in endi?» - degan savol bilan Sultonga qarashibdi. Lekin
Boyqaro kayfiyatidagi samimiyat aslo yo ‘qolmabdi. U jilmayganicha
sochiq bilan liboslarini artib, yiqilgan xizmatkorga: «Bo‘tam, tur
o ‘rningdan, ko‘zingga qarab yursang boMardi. Bora qol, kiyimlaringni
almashtirib ol, - debdi mehribonlik bilan. Sultondan bunday olijanob-
likni kutmagan kishilar hayrat bilan Xusaynga boqishibdi. Shunda
mehmonlardan biri o ‘z hissiyotini yashirolmay: «Ey, saxovatli Xusayn!
Shu lahzadagi olijanobligingiz hammamizni maftun etdi. Boshqa sulton
bo‘lganida gunohkomi o ‘limga buyurishi hech gap emas edi», - debdi.
Tavba! - debdi Xusayn Boyqaro yengil jilmayib. - U1 xizmat-
korimiz falokat bosib yiqilib tushganidayoq hijolatdan o'lib bo‘lganku!
Nechuk endi biz o ‘lgan odamni yana o ‘limga buyurar ekanmiz.
Mehmonlar Xusaynning olijanobligi-yu, donishmandligiga tahsinlar
o ‘qibdi. Zero, «Gunohni yashirgan kishilar marddir, zulmkor johillik
bedavo darddir,» - deb xulosa qilishibdi.
Xalq pedagogikasi manbalaridan biri bo‘lgan diniy ta ’limotlarda
ham xalqimizga xos insoniy fazilatlar o ‘z aksini topgan, yosh avlodni
fozil, oqil va barkamol qilib tarbiyalash masalalari keng yoritilgan.
Masalan, Hazrat Xoja Bahouddin Naqshbandning insonlarga bergan
ta’limoti sakkiz fasldan iborat bo‘lib, ular:
1. Xush har dam - doimo hushyor va ogoh bo‘lmoq.
2. Nazar va qadam - yurgan yo‘lni bilib bosmoq.
3. Safar dar Vatan - Vatanni kezib ko‘rmoq va uni sevmoq.
4. Xilvat dar anjuman - hamma joyda o ‘zlikni anglamoq.
5. Yodkard - iymon-e’tiqodni doimo dilda saqlamoq.
6. Bozgasht - yomon fikrlami dildan, hayoldan quvmoq.
7. Nigohdasht - hayolu-fikrlami so f saqlamoq.
8. Yoddosht - Haq taoloni hamisha yodda tutmoqdan iboratdir.
Dono xalqimizning ta’kidlashicha, quyidagi sakkiz xil kishining
suhbatini g'anim at bilmoq kerak: birinchisi - yaxshilikni biladigan, haq-
huquqni ado qiladigan; ikkinchisi - mehru-muhabbati zamonaning har
qanday hodisalari ostida ham o ‘zgarmaydigan; uchinchisi - ulug‘ kishi-
larni tarbiya qilgan arboblarga izzat va hurmat ko‘rsatadigan; to ‘rtinchisi
- fisqu-fujurdan,
yolg‘ondan,
takabburlikdan
parhez
qiladigan;
beshinchisi - g ‘azab paytida o ‘zini qo‘lga oladigan; oltinchisi - saxovat
bayrog‘ini ko‘tarib, bechoralar hojatini chiqaradigan; yettinchisi -
sharmu-hayoni o ‘ziga qurol qilib olib, har qanday holatda ham odob
chegarasidan tashqariga chiqmaydigan; sakkizinchisi - olim va dono
114
kishilar bilan do‘stlik aloqalarini o‘matib, fisqu-ftijur ahlidan qocha-
digan kishidir.
Suhbatidan qochish lozim bo‘lgan sakkiz kishidan birinchisi - tuz
xaqini bilmaydigan va tuzlig‘ingga tupuradigan, ikkinchisi - besabab
g‘azablanadigan va g ‘azabini bosolmaydigan; uchinchisi - uzoq umri
bilan m ag‘rurlanadigan, o ‘zini oddiy axloq qonun-qoidalaridan ozod deb
hisoblab, ko‘ngliga yoqadigan ishlami qilaveradigan; to‘rtinchisi - har
bir ishni makru-hiyla bilan ado qiladigan va bu yo‘lni to‘g‘ri deb
tushunadigan; beshinchisi - yolg'on va xiyonatni shior qilib olib, rostlik
va vijdonlilikni tan olmaydigan; oltinchisi - nafs ko‘yiga tushib, hoyu-
havasni maqsad qiblasi deb tushunadigan; yettinchisi - besharm, behayo
bo‘lib, sho‘rlik va beodoblik bilan kun o ‘tkazadigan; sakkizinchisi -
hech qanday sababsiz yaxshi odamlar haqida yomon o ‘ylaydigan va
hech qanday hujjatsiz ilmu donish arboblariga tuhmat toshini otadigan
kishidir (Donolar bisotidan.).51
Nutq madaniyati, muloqot odobi, go‘zal va ta’sirli so‘zlash Sharqda,
xususan, o ‘zbeklarda tarbiyalanganlikning, ma’rifatlilikning, ziyolilik-
ning asosiy belgilaridan biri hisoblangan. Shu bois ham xalqimiz
so‘zlashish odobi masalalariga katta e ’tibor qaratgan. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |