Topshiriq.
Quyidagi matnni diqqat bilan o ‘qib chiqing va o ‘z
fikringizni bildiring.
49
TIL QUDRATI
Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi boMgan
ekan. Shu qizga ikkita farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi
biriga ko‘ngil berishini bilmay qolibdi. Farishtalar qizning visoliga
yetishish ilinjida yelib-yuguraverishibdi. Nihoyat, qiz ularga shunday
debdi: «Men yurt farzandi boMa oladigan o‘gMlga ona boMishni
istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana
shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman. «Bu ish faqat mening
qoMimdan keladi. Men unga ilm o‘rgataman, riyoziyotdan, falakiyotdan
saboq beraman. Siyosat bilan shug‘ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi.
Olamga dong taratadi», - debdi birinchi farishta.
Navbat ikkinchisiga kelganda, u aytibdi: «Avloddan - avlodga me-
ros qoladigan asosiy boylik - til. Ona tili bor ekan, Vatan bor. Xalqning
umr oMchovini tili belgilaydi. Dunyodagi bor go'zallik va sehrli ona
allasini eshitmoqlik baxti til bag‘rida, maqsadimni anglagandursan? Men
o‘gMingni tiliga xiyonat qilmaslikka, qo‘shiq, ertak, dostonlar aytib, ana
shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka o‘rgataman.»
Bu gaplardan olim farishta qahqaha urib kulib, raqibini aqli pastlikda
ayblabdi. 0 ‘rtadagi tortishuv janjalga aylanibdi. «Janjallashmanglar, -
debdi qiz, - yurtda ulug‘ donishmand bor, o‘shaning huzuriga boramiz.
Hammasi o‘sha joyda hal qilinadi. Uning hukmi mening uchun qonun
boMadi». Donishmand yoniga borishibdi. U nizo qo‘zg‘agan barcha gap-
so‘zlami tinglabdi-yu, «aqli past» farishtaga debdi: «Qiz seni sevadimi-
yo‘qmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen loyiqsan...»
BILASIZMI?
«Qaysar» so‘zining ma’nosini bilasizmi?
«Qaysar» so‘zining asosiy ma’nosi «Rum podshosi, podsho» boMib,
hozirgi kunda «o‘jar» ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘z o‘zbek tiliga arab
tilidan o ‘tgan, arablar esa yunoncha «Kesar»( yunonlar lotincha «Sesar»
- «Sezar»ni «Kesar» deb o'qiganlar) so‘zini o‘z tillariga moslab ayni
«qaysar» shaklida olganlar. «Alpomish» dostonida Hakimbekka ko‘proq
«qaysar» sifati beriladi: «Qalmoq yurtini bo‘zlatar, Borayotgan shunday
qaysar,
Qavatinda
Barchin dilbar...»,
«Dushmanlarni
izillatgan
Hakimbek qaysaring keldi» va h.
Ko‘rinib turganiday, bu so‘z dostonda «botir», «qo‘rqmas», «mard
bek» ma’nolarida qoMlangan, zero mazkur sifatlarning shoxlarga
xosligini isbotlash zarurati yo‘q...
50
BU QIZIQ!
Dedim:
- Insonga hamisha kamlik qiladigan xislatlar nimalar?
Dedi:
- Ular uchta: bilim, odob, fahmu-farosat.
Dedim:
-Ularga erishish yoMlari qanday?
Dedi:
Bilimga kishi o‘z mehnati orqali etishadi, odobga - bilim,
ota-ona va ustozlar ko‘magida erishiladi. Fahm-farosat faqatgina
ato etiladi! (O.Mahmudov. «Ota farzandiga negatanbeh
beradi»).
Do'stlaringiz bilan baham: |