M. J. Mut alipova



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/77
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400163
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
fayl 569 20210428

Tildan qolgan xon
Bir  yurtning  xoni  tush  k o ‘ribdi.  Tushida  go‘rda  yotganmish, 
munkam akirlar  kelib,  unga  do‘q-po‘pisa  qilibdi'.  Xon  qo‘rqib  ketibdi, 
ertalab  tursa,  tildan  qolibdi.  Xon  gapirmoqchi  bo‘larmish-u,  gapira 
olmasmish, tili  nuqul g ‘o ‘ldir-g‘o ‘ldir qilarmish.  Xonning jahli  chiqibdi, 
baqirib-chaqirmoqchi  bo‘libdi,  ammo  tili  yana  g ‘o ‘ldir-g‘o ‘ldirdan 
nariga  o ‘tmabdi.  Saroydagilar ham xonimiz nima deyaptilar,  deb  hayron 
bo‘lisharmish.  «Ins-jins  tegdi»  deb,  alas-alas  qildirishibdi,  dev  chaldi 
deb,  qator-qator qo‘y  so‘yishibdi,  arvoh  urdi  deb,  xayr-ehson  qilishibdi, 
lekin  xonning  tili  chiqmabdi.  Navbatma-navbat  tabiblar  qarashibdi, 
ammo  hech  kim  xonning tilini  chiqarolmabdi.  «Samarqandda  ibn  Sino 
degan  bir tabib  chiqibdi.  U o ‘likka jon  kiritar emish»,  -  deb  eshitishgan 
ekan.  Bosh  vazir  Samarqandga  borib,  ibn  Sinoni  boshlab  kelibdi.  Ibn 
Sino  xonning u yoq-bu yog‘ini  ko‘rgan bo‘libdi,  dori-darmon  ichtiribdi. 
Keyin  o ‘zicha:  «Bu  xon  hech  qanday  kasalga  chalinmagan.  Tushi  yo 
o ‘ngida  qo‘rqqanidan  tili  y o‘qolgan.  Buni  ta’sir-aks  yo ‘li  bilan,  ya’ni 
qo‘rqitish usuli bilan davolab, tilini chiqaraman», deb o ‘ylabdi-da, xonni 
tashqariga  olib  chiqib,  o‘rindiqqa  o ‘tqazib  qo‘yishni  buyuribdi.  Saroy 
kishilari  xonni  tabib  aytganday  qilib,  o ‘rindiqqa  o ‘tqazib  qo‘yishibdi. 
Shundan  keyin  Ibn  Sino:  «Xonning  eng  yaxshi  ko‘rgan  narsasini  olib 
kelinglar-da,  ro‘parasiga  qo‘yinglar»,  -  deb  buyuribdi.  Xon  Qorabayir
128


oti  bilan  Kenjaoyim  ismli  xotinini  yaxshi  ko‘rar  ekan.  Ro‘parasiga 
bog‘langan otini  erkalatolmay  xon yum-yum  yig‘labdi.  Ibn  Sino:  «Yana 
nimani  yaxshi  ko‘radi  xoninglar?»  deb  so‘rabdi.  «Kenja  oyimni 
jonlaridan ortiq yaxshi  ko‘radilar»,  deyishibdi.  Ibn Sino:  «Kenja oyimni 
olib  kelib,  otga  mindirib  qo'yinglar»,  debdi.  Saroy  kishilari  Kenja 
oyimni  olib  kelib,  xonning  suyukli  oti  ustiga  mindirib  qo‘yishibdi. 
Podsho  Kenja  oyimni  ko‘rib,  dodlab  yuboribdi.  Ammo  tili  dodga 
kelmasdan nuqul «g‘uldur-g‘uldur»  qilarmish.
Ibn  Sino  saroyning  kattasini  bir  chetga  olib  chiqib:  «Men  bir  gap 
aytaman,  sizlar uni  aniq  bajarasizlar,  y a’ni  men xon yonida o ‘tirib,  sizni 
tuzata  olmagan  boMsam  ham,  bu  yerga  bekor  kelmabman,  dori- 
darmonga  otingiz  bilan  kenja  xotiningizni  olib  ketyapman,  deyman-da, 
otga  minib  qamchi  bosaman,  -  debdi.  -   Kenja  oyimga  ham  tayinlab 
qo‘yinglar,  yana  meni  olib  qochib  ketar  ekan,  deb  qo‘rqib-pisib 
yurmasin.  Ammo  men  otga  qamchi  bosganda  dod-faryod  ko‘tarsin», 
debdi.  Ibn Sinoning aytganini qilishibdi.
Podsho  nima  gapligini  bilolmay  hayron  emish.  Ibn  Sino  xonning 
oldiga  kirib,  tiz cho‘kib: -  Endi,  xon  hazratlari,  sizni  davolay  olmadim, 
kasalingiz  bedavo  ekan.  Bergan  dori-darmonlarim,  shuncha  kun 
qaraganlarimga  saroydagi  kishilaringiz ana  bu  otingiz bilan  Kenja oyim 
xotiningizni  tuhfa  qilishdi.  Menga  ruxsat  bersangiz,  uyimga  qaytsam,  - 
debdi.  Ibn  Sino  shunday  deb  otga  qarab  chopibdi-da,  shoshib-pishib 
unga  minib,  ustma-ust  qamchi  bosibdi.  Podsho  avval  g‘udir- 
g ‘udirlagancha o ‘rnidan turib ketibdi. Keyin bir kuchanib baqirgan ekan, 
tili  chiqib  ketibdi...  Tovushi  butun  saroyni  larzaga  keltiribdi.  Ibn  Sino­
ning  orqasidan:  «Ushla,  ushla  anavi  qaroqchi  o ‘g‘rini,  kuppa-kunduz 
kuni  otim  bilan  xotinimni  o ‘g ‘irlab  ketdi-i-i!  -   deb  baqiraveribdi, 
chaqiraveribdi.  Bir  payt  ibn  Sino  otni  choptirganicha  bir joyga  borib, 
keyin  orqasiga  qaytib  kelibdi.  Uni  ko‘rgan  xon:  «Xoy,  o ‘g‘rimisan, 
tabibmisan,  -  debdi.  Shunda  ibn  Sino:  «Men  tabibman,  o‘g ‘rimasman», 
debdi.  Xon: «BoMmasa, nega bunday qilding?» deb so‘rabdi. Ibn Sino:

Shunday  qilmasam  boHmasdi.  Siz  tushingizda  qo‘rqqaningizdan 
tildan  qolgan  edingiz.  Sizni  qo‘rqitish  orqaligina  davolash  mumkin  edi. 
Boshqa  har  qanday  dori-darmon  sizga  foyda  berolmasdi.  Mana  tilingiz 
chiqdi,  endi  xotiningiz  ham,  otingiz  ham  o ‘zingizga  buyursin,  -  debdi. 
Ibn  Sino  otdan  tushib,  uning  tizginini  xonga  tutqazibdi.  Xon  ibn 
Sinoning  aqlu-karomatiga  qoyil  qolib,  boshdan-oyoq  sarpo  beribdi-da, 
o ‘ziga bosh tabib qilib tayinlabdi.
129


T O P S H IR IQ .  Abu  Ali  ibn  Sinoning  sog‘liq-salomatlik  haqidagi 
fikrlarini diqqat bilan o ‘qib chiqing.
Sog‘l ik -   boylik
1.  Agar  havoda  chang  va  tutun  bo‘lmasa  edi,  kishi  ming  yil 
yashagan b o lard i.
2.  S ogiiqni  saqlashning  asosiy  tadbiri  badantarbiya  bo‘lib,  keyin 
ovqat va undan so‘ng uyqu tadbiridir.
3.  Jismoniy  mashqlar bilan  m o‘tadil  shug‘ullanib  borgan  kishi  hech 
qanday davoga muhtoj  b oim aydi.
4.  Badantarbiya  sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir.
5. Nozik  va  yengil  badantarbiya  turlariga  arg'imchoqda  uchish, 
belanchakda tik holda,  o ‘tirib,  yotib  uchish,  qayiq  va kemada sayr qilish 
kiradi.
6.  Badanning  tashqi  ko‘rinish  ofatlari  o ‘taketgan  oriqlik  va 
o ‘taketgan semizlikdir.
7.  Ovqatlanishda odatga rioya qilmoq kerak.
8.  S o g iiq n i  saqlovchi  kishi  o ‘z  ovqatining  asosiy  qismini 
sabzavotlar,  mevalar  va  bulardan  boshqa  davo  bo‘ladigan  ovqatlardan 
bo‘lishiga ahamiyat berm og'i  lozim.
9.  Lazzatli ovqatning zarari uni  ko‘p yeb qo‘yishda.
10.  Shodlikning ko‘p bo‘lishi badanning yayrashi demakdir.
BIL A SIZ M I?
1.  Tasbeho‘t  haqida  eshitganmisiz?  Bu  o‘t  tog'li  joylarda  o ‘sadi. 
Vaqti-soati  kelgach,  uning  mevasi  yig‘ib  olinib,  po‘stidan  tozalanadi. 
Natijada  chiroyli,  yaltiroq,  rang-barang  donalar  paydo  bo‘ladi.  Ulami 
ipga  tizib,  tasbeh  holiga  keltiradilar.  0 ‘z-o‘zidan  m a’lumki,  tasbeh 
bandasi  uchun  Allohni  yodga  solib  turish,  bir  zum  bo‘lsada,  g ‘aflatda 
qolmaslik  vositasi,  ilohiy  narsa.  Shu  bois  unga  talab,  ehtiyoj  kuchli. 
Tasbehning ahamiyati  yana  shundaki,  uni  o‘girgan  kishi  Alloh  oldidagi 
qarzini uzish bilan birga fikrinf bir joyga jamlaydi.  Hayolparishonlik  va 
yomon  hayolga  bordirmaydi,  xotirasini  bir  nuqta  -   Allohga  tikishga 
yordam berib turadi.
2.  Hozirda  meditsina  so‘zi  barcha  xalqlar tilida har  xil  yangrashiga 
qaramay,  ibn  Sinoning  jahon  sivilizatsiyasi  va  tibbiyotining  rivojla- 
nishiga  salmoqli  hissa  qo‘shganligi  bois  u  so‘zning  lug‘aviy  m a’nosi 
«M adadi Sino» so‘zidan kelib chiqqanligini ham ta’kidlash joizdir.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish