107
Ma'ruzaga qiziqishni oshirish yo’llari
Notiq o ’z faoliyatida asosiy etiborini tinglovchilaming qiziqishi-
ni oshiradigan va mavzuning esda qolishida yordam beradigan quy-
dagi vositalar, usullar va uslblami puxta ко’rib chiqishga qaratishi
kerak:
1. O ’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatini
tushuntira olishi, uning ilmiy bilim sohasidagi ahamiyatini ko’rsata
olishi;
2.Dastlabki jum la va ma'ruzaning boshlanish qismi, ulam ing
tiglovchilar bilan aloqa o ’matishda va notiq nutqiga qiziqishni
vujudga keltirishdagi roli;
3.Yangi muommalarning quyilishi;
4.Bayon qilinayotgan materialning yangiligi;
5.Bayonning aniqliligi, ko ’rgazmalilgi va ommaviyligi;
6. Nutqning yorqinligi, obrazli va tasirchanliligi, ma'ruzada
yumor va hazil-mutoiba.
"A.Korneychukning "Qanodar" pesasida quydagi bir epizod bor.
Yozning issiq kunlaridan birida kolxozda ochiq qavoda ma’ruza
o’qilayotir. M a'ruzachi Ovcharenko qog'ozdan ko’zini olmay zeri-
karli tarzda ma'ruza o’qiydi va o ’qib bo’lgan varaqlami suvli grafin
ostiga qistirib qo’yadi. Ma'ruza boshlanganiga ancha bo’Iganga
o ’xshaydi, chunki grafin ostidagi varaqlar ko’p, grafindagi suv oz
qolgan. Ko’plar mudrab o ’tirishibdi. Kolxozchilardan biri Mefodiy
esa qatto bemalol xurrak otib o ’tiribdi. Rais o ’m idan turib bunday
deydi: "Mefodiyning muylabidan tortib qo’ynglai bunaqa bemaza-
garchilik qilmasin". Kimdir M efodiyning m o’ylabidan tortadi, u esa
qichqirganicha o ’m idan turib quvonganicha so’raydi:
- Tamom qildimiq
Zerikarli, qiziqtirmaydigan, qog'ozga harab o ’qiladigan ma'ruza
ana shunday qabul qilinadi. Afsuski, bunday ma’ruzalar hamon
uchrab turadi.”(E.A.A dam ov.Toshkent,0’zbekiston, 1980.3-4-betlar).
108
Nunoq notiqlaming hammasi bir-biriga o ’xshaydi. Lekin har bir
moqir notiqning o ’z fazilati bor.
(Jsta notiq gapirayotganida tinglovchilar bamisoli nafas olmay
o ’tiradilar, noshud notiq quzurida esa bemalol xurrak otib ham
vuboraveradilar. Ammo, ma'ruza tinglovchi ongida biiimlar boyligi-
ga aylanmoqi uchun nima qilish kerak? Buning uchun fanining har
qanday soqasiga oid har qanday mavzudagi ma'ruza uchta zaruriy
fazilatga ega bo’lishi lozim. Birinchi va eng asosiy fazilat ma'ruza-
ning mazmunli bo’lishi, uning fikrlarga boy bo’lishidir. G oyaviy-
siyosiy yo’nalish va bilim qiymati - eng birinchi va eng qadrli
narsadirki, bu narsa notiqqa muvffaqiyat qozonish imkonini beradi.
Notiq gapirayotgan narsasini yaxshi bilmasa, har qanday ajoyib
shakl, har qanday iste’dod notiqqa yordam bermaydi.
Ma'ruza mazmuni jiqatidan chuqur ilmiy, shakli jiqatidan yorqin
bo lishi, hujumkor xarakterga ega bo’lib, ommabopligi va tushunar-
liligi bilan ajralib turishi kerak. Ikkinchi talab - muvofiqlik. Har bir
m aruza mavzuga, davrga, joyga va auditoriyaga muvofiq bo’lishi
lozim. Ma'ruza - aniq manzilga ega bo’lgan xatdir. Manzil notoqri
yozilganida xat yo’qolib ketganidek, manzilga nomuvofiq o ’qilgan
m a’ruza ham behuda ketadi. Nihoyat biz yaxshi ma'ruzaga nisbatan
qo yadigan oxirgi, uchunchi talabuning qiziqish tug dirish xususi-
yaiidir. Gulxan uchun shox-shabba qanchalik kerak bo’lsa, ma’ruza
uchun ham qiziqish shunchalik zarur. Gulxanni yoqib shox-shabba
tashlab turmasangiz, u bir ozdan keyin o ’chib qoladi. Ma'ruzani
boshlab, unga qiziqarli materiallar kiritib turmasangiz, tinglovchi-
ning e'tibori so’nib qoladi. Qiziqish nima? Biz bu tushuncha bilan
duch kelib turamiz. Qiziqish notiq bilan tinglovchilar o ’rtasidagi
aloqadir. Istiqlol sharoitida xalqimiz ma'naviyatining o ’sishi bilan bir
vaqtda madaniyatning barcha sohalariga barharor va yaxshi qiziqish
oshib bormoqda. Qiziqish darhol e'tibomi keltirib chiharadi. e'tibor
esa har bir ma'ruzada g'oyat muhim faktordir. E'tibor - bilim darvo-
109
zasi bo’lib uni qiziqish ochib beradi. Bizning idrok etishimiz notiqni
qanchalik e'tibor bilan tinglashimizga boqliq. E'tibor esa ma'ruza
qiziqarli yoki zerikarli o ’qilishiga qarab vujudga keladi yoki barham
topadi.
Ma'ruzaga qiziqishni darhol barham qiladigan faktorlar bor.
Notiq habar qiladigan ma'lumotlami keraksizligi; bu ma'lumotlaming
hayotdan, amaliy qiziqishlardan ajralib qolganligi, mazkur auditor-
iya uchun keraksiz axborotlaming ko’pligi; hayot bilan aloqaning
y o’qligi, eskirgan material va, nihoyat, shaklning yomonligi ana
shunday faktorlar jum lasiga kiradi. Agar notiq ko’zini qog'ozdan
ololmasa, - bu narsa tinglovchilarda qiziqish tug’diradi, deb o ’y-
lamay qo’ya qoling.
Nutqning ko’rgazmali, ommabop aniq bo’linay quruq bo’lishi,
yumorni pisand qilmaslik, qis qilinadigan "emosional asos"ning
yo’qligi qiziqishga barham beradi. Notiq nutq estetikasiga rioya
qilmasa, "latta chaynarlik" qilaversa, jumlalami yorqin va aniq qilib
tuzmasa ish pachava bo’ladi. Bulaming hammasi tinglovchilarni
zeriktiradi, ular ko’zlari ochiq holda, ba'zan esa ko’zlarini yumib olib
uxlayveradilar yoki boshqa narsaga chalg iydilar. Qiziqarli ma'ruza
qatto "uyquchi" tinglovchilarni ham uyg'otib, e’tibomi jalb qilishi
mumkin.
T o'g 'ri notiqlar har xil bo’lishadi. Notiqlar orasida donolar va
tentaklar dyarli uchramaydi. Ulami ikki xil - o ’qib beruchilar va
ijodkorlar deimiz. O ’qib beruchi notiqning so’zlari o ’lik bo’lib,
hayot belgilaridan mahrum bo’ladi. Matn yozilgan varaqlar - notiq
tiliga osib qo'yilgan toshlardir. Ular tilni o g 'ir qiladi. Tinglovchilar
bunday notiqlami uncha hurmat qilmaydi. Ba'zan notiq qog'ozga
harab juda chiroyli so’zlami o ’qib beradi, lekin ular tinglovchilarni
qiziqtirmaydi. Bu so’zlar kuzgi yaproqlarga o ’xshaydi, ular chiroyli
bo’lishi mumkinu, lekin ularda jon bo’lmaydi. Notiq hech qanday
qog'ozga qaramasdan mavzuni erkin bayon qilib berganiga nima
110
yetsin, Xulosa shuki, matnni yozish mumkin va lozim, lekin uni
shunday o ’zlashtirib olish kerakki, natijada matnsiz ham gapirish
mumkin b o ’lsin. Bosh matnda bo ’lganidan, matn boshda bo’lgani
ma’qulroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |