Qulog'imga bergan ponding olayin,
Kishiga qattiq so'z aytuvchi bo'lma.
Oqmasdan qolmaydi bir oqqan ariq,
Bir tanda odam goh semiz, goh oriq.
Bir yuzi qoradir, bir yuzi yorug',
Qora deb qattiq so'z aytuvchi bo'lma...
Maxtumquli.
So'z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g'isht bo'lsin.
A. Qodiriy.
102
Notiq uchun 41 qoida
Yuqorida ko'rganimizdek, har qanday shaxs shoir yoki yozuvchi,
aktyor yohud rassom bo'lolmaganidek, mohir notiq ham bo'lolmas-
ligi mumkin. Lekin «izlanganga tole yor», deganlaridek, sidqidildan
intilgan shaxs bunday mavqeni egallashi mumkin.
Quyidagi qoidalarga amal qilinsa, notiq zarar ko'rmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |