Ko ngli tilagan murodiga etsa kishi,
Yo barcha murodlami tark etsa kishi.
Gar bu ikkisi muyassar o'lmasa olamda.
Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi (Bobur Tanlangan asarlar.
1958, 138-bet). Qatrada quyosh aks etganidek, bu to'rt satrda “Hind
sorig'a bosh olib ketgan” Boburning o 'z taqdiri aks etib turadi.
To'rttagina satrda ulug' bir shaxs taqdirini bo'rttirib ko'rsata olish,
yana bu tasvimi mardona ruh va teran bir falsafiy fikrga yo'g'irib,
uning ta'sir kuchini oshirish daho darajasidagi shoirgagina nasib
etadigan ijodiy kashfiyotdir.
Bu ruboiyda birorta ortiqcha so'z ham, harf ham yo'q. Nafaqat
so'zlar va iboralar, balki alohida harflar va tovushlar she'riy vazn,
turoq va qofiyalarga shunday mahorat bilan joylashtirilganki, birorta-
Do'stlaringiz bilan baham: |