M illiy universiteti



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/207
Sana11.01.2022
Hajmi3,6 Mb.
#343918
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   207
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san ati

Tsitseron (103-43)
Mark Tulliy Tsitseron  eramizdan  oldingi  103  yilda Rimdan  uzoq 
bo'lmagan  Arpina  shahrida  badavlat  oilada  dunyoga  keldi.  Uning 
bolalik  yillari  Arpina  shahridagi  otasiga qarashli  erlarda o'tadi.  Otasi 
o'z farzandiga yaxshi ta'lim-tarbiya berish maqsadida Rimga к о 'chib 
o'tadi.  Tsitseron  u  erda  yunon  murabbiylari  qo'lida  tahsil  ko'radi. 
Yunon  tili  va  adabiyotini  mukammal  egallagach,  Yunonistonning 
mashhur so'z  ustalari  Litsiniy,  Krass  va Mark  Antoniy  kabi  notiqlar- 
dan  so'z  san'atining  nozik  sir-asrorlarini  o'rganadi,  ularning  ajoyib 
nutqlarini tinglaydi.
Bo'lajak  notiq  ayni  vaqtda  falsafa  bilan  shuqullanadi.  Lekin  uni 
ko'proq  notiqlik  san'ati  qiziqtiradi.  Sitseron  notiqlaming  turli 
mimika  va  harakatlar  bilan  so'zlayotganini  к о 'rib,  notiq  bo'lish 
uchun  aktyorlikdan  ham  xabardor  bo'lish  kerak  ekan,  degan  xulosa-
30


ga  keladi.  Shuning  uchun  Ezop  va Rostsiy  kabi  o'z  davrining  mash- 
hur aktyorlaridan sabog'  oladi.
Tsitseron  uzoq  tayyorgarlikdan  so'ng,  25  yoshida  birinchi 
marotaba xalq  oldida nutq  so'zlashga jur  at etadi.  U  avval  fuqarolik, 
so'ngra jinoiy ish jarayoni  bo'yicha gapiradi.  Biroq uning  bu nutqiga 
davlat  boshliqlaridan  Sull  hamda  Kott  ismli  mashhur  notiqlar  qarshi 
chiqadi.  Shundan  so'ng  u  ritorika  va  falsafa  Fanlaridan  mukammal- 
roq  nazariy  bilim  olish  maqsadida  zamonasining  buyuk  notiqlaridan 
hisoblangan  Antio  Askalonskiydan  ta'lim  oladi.  So'ngra  mashhur 
so'z  ustalaridan  o'rganish  niyatida  Kichik  Osiyoning  bir  qancha 
shaharlarini kezib chiqadi.
U  ancha  vaqtgacha nutq  so'zlashda yangi  usullar qidiradi.  Niho- 
yat  Osiyo  hamda  Attika  (O'rta  Gretsiyaning  Yunoniston  janubi- 
sharqidagi  dengiz  ichkarisiga  ancha  yorib  kirgan  yarim  orol  Attika 
deb  ataladi)  usullari  omuxtasidan  iborat  bo'lgan  yangi  bir  uslub  ka- 
shf etadi.  Tsitseron zamonasining  ko'pchilik  so'z  ustalari  singari  o'z 
faoliyatining  ilk  davrlaridayoq  nutqida  uslubning  chiroyliligi,  ibora- 
larining jonliligi, jumlalaming nafis bo'lishiga katta e'tibor beradi.
Tsitseron  Osiyoga  sayohat  qilib,  notiqlik  san'atining  sirlarini 
o'rganib  yurgan  vaqtida  Rim  hukmdori  Sull  vafot  etadi.  Shundan 
so'ng yosh notiq  Rimga qaytib  keladi  va 31  yoshidan  boshlab  davlat 
ishlarida ishtirok etadi.
Tsitseron  konsullik  lavozimiga  saylangach,  butun  notiqlik 
mahoratini  siyosiy  nutqlarga  baqishladi.  U  suddagi  nutqlarida  o'zi 
yaratgan  uslubdan  foydalanib,  raqiblarini  “qo'loyoqi  bog'langan 
quyonday  taslim  qildi”.  Hukmdor  Rull  tomonidan  qabul  qilingan 
senat qonunlarini qattiq qoralab,  Rull tarafdorlarini o'ldirib yuboradi. 
Kelgusi  yili  (59-yil)  Tsitseron  o'm iga  Sezar  konsul  bo'lib  saylan­
gach,  senatning  Rull  proektiga  juda  yaqin  bo'lgan  yangi  qonunlari 
qabul  etiladi.  Gabini  va  Pizonlar  o'zlari  konsul  bo'lib  ish  boshlagan 
58-yilning  dastlabki  davrida Sitseronni  Rimdan  badarqa etish  haqida

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish