M hamdamova


  I.A.Karimov  O‘zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy



Download 5,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/114
Sana15.01.2022
Hajmi5,95 Mb.
#366874
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Bog'liq
manaviyat asoslari(Xamdamova M) (2)


I.A.Karimov  O‘zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy 
istiq-
 
bolining asosiy  tamoyillari. Toshkent, « 0 ‘zbekiston»,  1999,  12-13-bet.


7-shakl.
Mahalla 
-  
m a’naviy-axloqiy 
qadriyatlar, 
an’analar 
maskani,  chunki  qadimdan  bayramlar,  hayit  kunlari,  to‘y- 
tantanalarda  qo‘ni-qo‘shnilar,  bemorlar,  yolg‘iz  keksalami 
sovg‘a-salomlar  bilan  yo‘qlash  an’ana  tusiga  aylanib  qolgan. 
Hashar y o ii bilan qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilarga uy- 
joy  binolari  qurish,  yetishtirgan  dehqonchilik  mahsulotlarini 
yig‘ib-terib  olish  va  ulardan  qo‘ni-qo‘shnilarga,  ulashish, 
ko‘chalar,  hovlilar,  mahalla  hududini,  qabristonlar  va  atrof- 
muhitni  obodonlashtirish,  ko‘kalamzorlashtirish  va  toza-ozoda 
saqlash,  sport  maydonchalari  tashkil  etish,  y oilari,  ko‘priklar 
qurish  va  ta’mirlash,  madaniy  yodgorliklami  avaylab-asrash, 
mahallada yashayotgan har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.
Mahallada  o‘tayotgan  har  bir  tantana  yoki  marosim uchun 
mahalla  ahlining  katta-yu,  kichigi  birday  mas’ul.  Bunday 
tadbirlarda  katta-yu  kichikka,  hurmat  va  ehtirom  ko‘rsatiladi. 
Chunki  mahallaning  barcha  a’zosi  yagona,  mustahkam  bitta 
oila hisoblanadi.
Mahalla  yoshlami  kasb-hunarga  yo‘llovchi,  ishsizlami  ish 
bilan  ta’minlovchi  muhim  makondir.  Har  bir  oilaning  o‘z


kasbiy sulolasi bo‘lganidek, mahallaning ham uzoq tarixiga ega 
bo‘lgan  kasb-hunar  sulolasi  mavjud.  Mahallaning  nomlanishi 
ay nan shu hunar nomi bilan ham ataladi.
Mahalla  -   tarbiya  o‘chog‘i.  Mahallada  o‘sayotgan  har  bir 
yigit-qizning  axloq-odobi  uchun  butun  mahalla  ahli  mas’uldir. 
Shuning  uchun  ham  «Bir  bolaga  yetti  qo‘shni  ota-ona»,  «Bir 
bola tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona»  kabi naqllar bejiz paydo 
bo‘lmagan.  Yoshlaming  har  bir  xatti-harakati  barchaning 
diqqat  markazida  bo‘ladi.  Mahalladoshlaming  har  bir  yosh 
taqdiriga javobgarligi,  ulami  nazorat  qilishi  barkamol  insonni' 
tarbiyalab  yetishtirishning  negizidir.  Xulq-odobi  yaxshi,  har 
tomonlama  namunali  farzand  mahallaning  obro‘sidir,  noqobil, 
axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘dir.
Mahallaning  tartib-qoidasi,  qadriyatlariga barchaning  amal 
qilishi  shartdir.  Kimda-kim  bularga  rioya  etmasa,  hurmat 
qilmasa 

mahalladagi 
o‘tadigan 
tadbirlardan, 
to‘y- 
m a’rakalardan  chetlatiladi,  taklif etilmaydi.  Agarda kibru havo 
bilan  qo‘ni-qo‘shni,  mahalla  ahli  an’analarini  oyoq  osti  qilsa 
yoki 
bepisandlik  bilan 
munosabatda 
bo‘lsa, 
amaldagi 
qonunlarga  xilof  ish  tutsa,  u  mahalladan  chiqarib  yuboriladi. 
Bu  esa mahalla qonunida eng oliy jazodir.  Bu jazo  ota-onaning 
noqobil farzandni «oq qilish» bilan tengdir.
Mahalla  erkin  fikrlilik  asosida  rivojlanadi.  Mahallada 
o ‘tkaziladigan  har  bir  tadbir,  tashkiliy-tarbiyaviy  ish  yuzasidan 
har bir fuqaro  o‘z nuqtai  nazari,  qarashlari,  taklif va tavsiyalarini 
ochiq  bildirish  huquqiga  egadir.  Erkin  fikr  mamlakatimizda 
amalga  oshirilayotgan  demokratik  islohotlaming  ma’naviy 
poydevorini tashkil etadi.
Ma’lumki,  har  bir  mahallada  ikki  yoki  undan  ortiq 
choyxona  bo‘ladi.  Bu  o‘zbeklarga  xos  milliy  xususiyatdir.  U 
yerda  odamlar  oshxo‘rlik  va  choyxo‘rlik  qilish  davomida  turli 
mavzularda  suhbatlar,  fikr  olishuvlari  bo‘lishi  tabiiy  hoi.


Shuningdek,  askiya  va  hazil-mutoyiba  gurunglar  ham  bo‘ladi. 
Bu jarayonda  mahallaning  oqil-dono  kishilari  ba’zi  oilalardagi 
tarbiya 
borasidagi 
kamchilik 
va 
nuqsonlami 
malol 
kelmaydigan  tarzda  tilga  olishlari  asnosida  to‘g‘ri  yo‘lga 
yo‘naltirishlari  mumkin.  Yoxud  ma’naviy  axloqiy  tarbiya 
yo‘sinida  bir-birlariga  maslahatlar  berishlari  foydadan  xoli 
emas.
Shuningdek,  to‘y-marosimlarda yoshlami  el xizmatiga jalb 
etish:  mehmonlarga  choy  tashish,  ovqat  eltish,  ovqat  tanaw ul 
qilib  bo‘lgandan  so‘ng,  idish-tovoqlami  olishga  o‘rgatish 
nihoyatda  muhimdir.  Shu  ishlami  bajarish  davomida  yoshlar 
nimaga  e ’tibor  berish,  qanday  muomala-munosabatda  bo‘lish 
kerakligini  o‘rgatish  muhimdir.  Bu  har  bir  ota-onaning, 
qolaversa,  mahalla  oqsoqollarining  murabbiylik  burchidir. 
Bunday  mahallada  tarbiyalanayotgan  yoshlar,  birinchidan, 
mehnatsevarlik  odobini,  ikkichidan,  xushmuomala  odobini, 
uchinchidan, jamoaga hurmat odobini egallaydilar.
Shunday  qilib,  mahalla  Sharq  xalqlari  uchun  muhim 
qadriyat  bo‘lib,  uning  sha’ni,  gullab-yashnashi,  taraqqiyoti 
uchun  butun  kuch  va  imkoniyatni  safarbar  etish  barchaning 
kelajak avlod, millat oldidagi burchi va vazifasidir.

Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish