M hamdamova


M A’NAVIY INSONPARVARLIKNI



Download 5,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/114
Sana15.01.2022
Hajmi5,95 Mb.
#366874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114
Bog'liq
manaviyat asoslari(Xamdamova M) (2)

M A’NAVIY INSONPARVARLIKNI
 
SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Bosh vazifamiz:
 
0 ‘zbekiston
 
Respublikasidagi
 
barcha talaba
 
yoshlarni milliy
 
g ‘oya asosida
 
m a’naviy va axloqiy
 
tarbiyasini  yangilash
 
orqali umuminsoniy
 
ezgu fazilatlarini
 
rivojlantirish va shu
 
asosda demokratik
 
jamiyat qurishga
 
tayyorlashdan iborat.
 
M aqsad:
Insonparvar
 
ma’naviyatli shaxsni
 
voyaga yetkazish,
 
ta’lim-tarbiya
 
tizim iga inson-
 
parvarlikning ilm iy-
 
nazariy asoslarini
 
singdirish, uni
 
metodik jihatdan
 
ta’minlash hamda
 
ular asosida
 
muayyan tadbirlami
 
o'tkazish
1.  «M a’naviyat asoslari»
 
faning namunaviy dasturini
 
va darsligini  qayta ishlab
 
chiqish, ta’limni
 
insonparvarlashtirishga
 
yo'naltirish.
2. T a’lim va tarbiyaning
 
uzviyligini ta’minlash.
3.  Dars jarayonida, darsdan
 
tashqari tadbirlarda,
 
mahallada yoshlar ijtimoiy
 
harakatida, an’anaviy
 
tadbirlar  radio, televidenie
 
va boshqa ommaviy axborot
 
vositalaridagi ta’limning
 
u yg‘unligini ta’minlash.
4.  Yoshlar ma’naviyatini
 
m illiy g ‘oya va
 
insonparvarlik asosida
 
bosqichma-bosqich
 
shakllantirish (maktabgacha
 
tarbiya, maktab,  o ‘rta
 
maxsus,  kasb-hunarta’limi,
 
oliy ta’lim).
K utiladigan
n atija lar
Har tomonlama
 
rivojlangan,  barka­
mol ma’naviy  shaxs
 
-  komil insonga  ega
 
,bo‘lish:
1.  Insonparvarlik va
 
intellektuallik-
 
zakovatlilik
2.  Vatanparvarlik
3.  Xush fe’llik
4.  Huquqiy
 
madaniyat
5.  Estetik (nafosat)
 
tarbiyalanganlik
6. Ekologik
 
madaniyat
7.  Informatsion
 
madaniyat
8.  Oila ma’naviyati
9.  Mahalla
 
ma’naviyati
10.  M illiy urf-
 
odatlarimizni
 
ifodalovchi rasm-
 
rusumlar
11.  Ijodkorlik va
 
tadbirkorlik
 
ko'nikmalari
12. Hurfikrlilik
1-shakl.


MA’NAVIY-MA’RIFIY TARG‘IBOT  OLIB
 
BORISHNING NAMUNAVIY STRUKTURASI
R espublika 
«Kamolot»  yoshlar 
harakati
Tegishli hoki­
m iyat «M a’na­
viyat va m a’ri-
-----
N
fat» m arkazlari
bilan aloqalar
Tegishli m ahal­
la,  IIB postlari 
bilan aloqalar
(
 
Iqtidorlilar 

bilan  ishlash
X otin-qizlar 
tashkiloti  bilan 
ishlash
Respublika 
«M a’naviyat 
targ'ibot» markazi
Respublika «M illiy 
g ‘oya va m afkura 
ilmiy-amaliy 
markazi
Ilg‘or tajribalam i 
o'rganish,  ilmiy- 
amaliy tadqiqotlar 
olib borish va 
om m alashtirish
Mutasaddi 
xodim lar bilan ish 
olib borish
Tarbiyasi og‘ir
Sog‘lom avlod
Jinoyatchilikni oldini
bolalar bilan
jam g ‘armasi
olish, kasb-hunarga
ishlash
bilan
ham korlik
y o ‘naltirish
2-shakl.


— ta’lim muassasalaridagi  talabalar maxsus  guruhlari  bilan 
olib  boriladigan  m a’naviy-ma’rifiy  ishlar  Nizom  va  tadbirlar 
rejasini qayta tuzish;
— m a’naviy barkamol shaxs milliy modelini yaratish;
— m a’naviyat 
sohasida 
ta’lim 
beruvchi 
professor- 
o ‘qituvchilaming yuqori malakaga ega bo‘lishini ta’minlash;
— ajratilgan o‘quv yuklamasidan samarali foydalanish;
— ta ’lim  muassasalaridagi  talabalar maxsus  guruhlari  bilan 
olib  boriladigan  m a’naviy-ma’rifiy  ishlar  Nizom  va  tadbirlar 
rejasini qayta tuzish;
— sport  sog‘lomlashtirish  ishlarining  ma’naviy  sohadagi 
talabalar  uchun  ishlab  chiqilgan  me’yoriy  hujjatlami  qayta 
к о ‘rib chiqish;
— talabalaming 
maxsus 
guruhlari 
bilan 
tashkillash- 
tiriladigan  sport-sog‘lomlashtirish  tadbirlarining  takomillash- 
tirilishida m a’naviy oziqa olish;
— ta’lim  muassasalarida  sport  va  sport-sog‘lomlashtirish 
tadbirlarini  amalga oshirishga tizimli  yondashuvning milliy  va 
m a’naviy tarzda ishlab chiqilishini ta’minlash;
— m a’naviy-axloqiy 
xulq-atvomi 
milliy 
g ‘urur 
va 
qadriyatlar misolida ta’riflash;
3-shakl.


—  ma’naviy-ma’rifiy  ishlami  olib  borishning  strukturaviy 
usullarini yaratish;
— ma’naviy-axloqiy  tashviqot  va  targ‘ibot  ishlarini  olib 
borishni amalga oshirish usullarini ta’riflash;
— ta’lim 
jarayonida 
ma’naviy-axloqiy 
tarbiyaning 
yuksaklikligini ta’minlash;
— ma’naviy  meros  haqida  yetarlicha  ma’lumotga  ega 
bo‘lish;
— ma’naviy  inson  qiyofasini  shakllantirish,  el  orasida 
ibratli xulq-atvorga ega bo‘lish.


II.UZLUKSIZ TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI
 
INSONPARVARLASHTIRISH  TAMOYILLARI
2.1 .Ta’lim va tarbiya nazariyasining ta’limni
 
insonparvarlashtirish  bilan bog‘liqIigi
Ta’lim-tarbiya  tizimini  insonparvarlik  yo‘nalishida  tubdan 
o ‘zgartirish  va  yangi  zamon  talablari  darajasiga  ko‘tarishning 
birinchi  sharti  -   unga  bir  butun  tizim  sifatida  yondashish  va 
shunga  muvofiq,  ish  olib  borishdan  iboratdir.  Ma’lumki,  har 
qanday  barqaror  tizim  qismlar,  elementlaming  muayyan 
tuzilmalaridan tarkib topadi. Binobarin, undagi har bir qism o‘z 
o ‘rnida turganda va har qaysisi o‘z vazifasini mukammal tarzda 
bajargandagina  tizim  tashqi  ta’sirlarsiz,  o‘z-o‘zini  boshqarish 
tomon y o ‘nalishi mumkin.  Bu holatda ta’lim-tarbiya tizimining 
uzluksiz  harakati,  uzluksiz  takomillashuvi  uning  bir  maromda 
ishlashining zarur sharti bo‘lib qoladi.
TaTim-tarbiyaga  uzluksiz  tizim  sifatida  qaralishining  o‘zi 
insonparvarlikning  amalda  namoyon  bo‘lishidir.  Ayni  vaqtda 
insonparvarlik  ta ’Hm-tarbiyaning  uzluksiz  va  izchil  bo‘lishini 
taqozo  etadi.  Zero,  bundan kuzatilgan asosiy  maqsad  muayyan 
kasb-komi  mukammal  egallab  olish  va  ayni  vaqtda  sog‘lom, 
barkamol  inson  shaxsini  vujudga  keltirish,  uni  hozirgi  zamon 
fan-texnika  va  texnologiyasi  yutuqlaridan  bahramand  etish, 
axborot asri  sifatida namoyon bo‘layotgan XXI  asming yuksak 
talablariga  muvofiq  kadrlar  bo‘lib  yetishishlariga  erishishdir. 
Kadrlar  chuqur  va  keng  bilimli,  yuqori  malakali  mutaxassis


bo4 lishlari 
zarur, 
ammo 
bu 
bilimdonlik  tarixiy-milliy 
zaminlarda qaror topadigan  boy  ma’naviy ait,  pok  axloq,  imon- 
e’tiqod  butunligi  bilan  omuxta  bo‘lib  ketgandagina  ijtimoiy 
ahamiyat  kasb  etadi,  tor  ixtisoslik  tafakkur  tarzidan  keng 
miqyosli  falsafiy  tafakkur  tarzi  tomon  rivojlanish  uehun  yo‘l 
ochiladi.  Bu juda  katta  o‘zgarish  sifat jihatidan  yangilanishga 
olib  kelishi  kerak.  Chunki  muayyan  tarixiy  va  ijtimoiy 
sabablarga  ko‘ra,  tor  ixtisoslik  natijasida  tafakkuming  torligi 
ham  barqaror  bo‘lib  qolishi  mumkin.  Bunda  mutaxassis  o‘z 
kasb-kori doirasidagina  fikr yuritish bilan chegaralanib qoladi. 
Bu  esa  milliy,  ham  umumbashariy  munosabatlaming  bundan 
buyongi  rivojiga  monelik  qiladi.  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi 
0 ‘zbekiston Respublikasi  Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturida  ko‘zda  tutilgan  muammolami  hal  etayotganda 
masalaning ana shu jihatiga asosiy e’tibomi qaratish lozim.
Bugun  tug‘ilib  voyaga  yetayotgan  bola  muayyan  vaqtdan 
keyin  biron  bir  kasbda  ishlaydi,  agranom,  muhandis, 
o‘qituvchi,  shifokor  va  boshqa  ommaviy  kasb  egasi  bo‘ladi 
yoki  davlat  va  nodavlat  tuzilmalarida  faoliyat  ko‘rsatadi. 
Uzluksiz  ta’lim-tarbiya  tizimini 
insonparvarlik  ruhi  bilan 
sug‘orilgan bo‘lsa, bo‘lajak avlod ongi, his-tuyg‘usi shu ruhdan 
oziq  oladi  va  bunday  odamlarda  ma’naviyat  eng  yuksak 
cho‘qqiga  chiqadi.  Odamlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar 
chinakam  insoniy  tus  olsa,  shubhasiz,  bu  holat  jamiyatning 
butun faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  hozircha  bolani  oilada 
tarbiyalash,  oilaviy  tarbiyaning  ilmiy  jihatdan  asoslangan 
dasturi  va  shunga  muvofiq  uslubiy  qo‘llanmalar  yo‘q  hisobi. 
Holbuki, bolaning kelajakda qanday  inson bo‘lib kamol topishi 
ko‘p jihatdan oilaga bog‘liq.  Yetti yoshgacha bo‘lgan bolaning 
ongiga,  ruhiga  qanday  fikr,  his-tuyg‘u  kirsa,  uni  butun  umri 
davomida  saqlaydi,  qadrlaydi.  Demak,  uzluksiz  ta’lim-tarbiya


tizimining  tarkibiy  qismi  sifatida  oila  tarbiyasiga  munosabat 
belgilash dolzarb masaladir.
4-shakl.
Buning  uchun  ana  shu  qismlarda  ishlovchi  kishilar, 
ijtimoiy 
guruhlar, 
jamoalar 
o‘z 
vazifalarini 
qanday 
bajarishlariga  qarab  uzluksiz  ta’lim-tarbiya  tizimi  harakatga 
keladi.  Mabodo  u  qismlaming  birortasi  yomon  ishlasa,  o‘z 
funksiyasini yetarli bajara olmasa, butun sistemaga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishini  o ‘sha  qismlarga  uyushgan  kishilar  jamoalari 
anglashlari,  shu  yuksak  mas’uliyatni  his  etishlari  muhimdir. 
Insonparvarlik shunda oddiy dunyoqarashlikdan chiqib,  amaliy 
harakat  tusini  oladi.  Shu  munosabat  bilan,  ta’lim-tarbiya 
dasturida, 
bolalar, 
o‘smirlar  va  yoshlaming  (masalan, 
tug‘ilganidan  tortib,  to  18  yoshgacha)  qanday  ko‘nikma  va 
malakalami,  qancha  bilimlami,  qadriyatlami  o‘zlashtirishi 
zarurligi,  o ‘rtacha  me’yor  va  mezonlari  ham  ilmiy  asoslab 
chiqilishi lozim.
Uzluksiz  ta’lim-tarbiya 
tizimi  jamiyatni  tashkil  etgan 
tizimning  tarkibiy  qismidir.  Bu  qismning  samarali  ishlashi 
ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlaming  barcha  jihatlariga  o‘z


ijobiy  ta’sirini  ko'rsatadi.  Shuning  uchun  ta’lim  to‘g‘risidagi 
Qonunda 
«Ta’lim 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
ijtimoiy 
taraqqiyoti sohasida ustuvor» deb e’lon qilinadi.
Ta’lim-tarbiya  tizimini  insonparvarlashtirish  uni  qayta 
qurishning eng asosiy va markaziy muammolaridan biridir.
Sovet 
ta’lim 
tizimi 
Yaponiya, 
AQSH, 
Fransiya, 
Velikobritaniya va Germaniya davlatlari ta’lim tizimlari singari 
dunyodagi  eng  kuchli  ta’lim  tizimlaridan  biri 
bo‘lib 
hisoblanadi.  Lekin  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  bu  ta’lim 
tizimining  ayrim  kamchiliklari  ham  bor  edi.  Bu  ta’limning 
insonparvarlik xususiyatidir.
Ta’limni  insnparvarlashtirish  g‘oyasi  sho‘rolar  tuzumida, 
inson  davlat  va jamiyat  deb  atalgan  katta  mashinaning  oddiy 
bir  «murwat»i  bo‘lishdek  haqoratli  ahvoldan  qutqarish,  uning 
asl  ijtimoiy  qiyofasini,  erkin,  tashabbuskor  va  ijodkorlik 
tabiatini, yuksak ma’naviy-ruhiy fazilatlarini oshkora namoyish 
etish kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan bo‘lib,  bu yangi tipdagi 
jamiyat  va  davlat  manfaatlaridan,  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadi. 
Sho‘rolar  davrida  ta’lim  va  tarbiyaning  uzviyligi  birmuncha 
uzilib  qoldi,  u  o‘zining  asosiy,  insonparvarlik  xususiyatlaridan 
uzoqlashdi,  u 
faqat  bilim  olish, 
ixtisoslikni 
egallash 
vositasigagina  aylandi,  fan  va  ishlab  chiqarish  o‘rtasida 
mustahkam  hamkorlik  o‘matilmadi.  Bu  esa  kadrlar  tayyorlash 
sifati va samaradorligiga jiddiy putur yetkazdi.  Qaramlik yillari 
mobaynida  ta’lim  dasturlari  va  darsliklari,  ayniqsa,  ijtimoiy- 
gumanitar  sohalar  siyosatlashtirildi  va  mafkuralash-tirildi, 
ilmiylik  darajasi  kambag‘allashdi,  madaniy-ma’naviy  tarbiya 
vositasi sifatida  susaytirildi; mehnat tarbiyasi g‘oyasiga e’tibor 
kamaydi,  kishilar  nazarida  mehnat  o‘zining  yaratuvchilik 
mohiyatidan 
begonalashdi, 
aksincha, 
navbatdagi 
zulm 
vositasiga  aylandi,  unga juda  rasmiyatchilik  bilan  yondashildi 
va  natijada,  ta’limning  ma’naviy-axloqiy  asoslari  -   inson  va


jamiyat  hayotida  mehnatning  muhim  ehtiyoj  ekanligiga, 
ijtimoiy  ahamiyatiga, mehnatga an’anaviy muno-sabatga jiddiy 
putur  yetkazildi.  Madaniy-tarixiy  qadriyatlarga,  milliy  an’ana 
va  urf-odatlarga  mensimay  qaraldi,  ular  kamsitildi.  M a’naviy 
kamolotning  muhim  vositalaridan  bo‘lgan  badiiy-estetik 
tarbiyaga  kam  ahamiyat  berildi.  Badan  tarbiyasi  va  sog‘liqni 
saqlashning  ahamiyatini  yoshlar  ongiga  singdirish  masalalari 
oqsab  qoldi.  Mutaxassislar  tayyorlashda  o‘rtamiyonachilikka 
ruju  etildi:  tarixda shaxsning  roli masalasidagi xato  nazariyaga 
muvofiq  tabaqalashtirmaslik,  aksincha,  barchani  bir  qarich 
bilan  o ‘lchash  rasm  bo‘ldi,  ijodkor  va  tashabbuskor, 
ishbilarmon  va  tadbirkor,  qobiliyatli  va  iqtidorli  mutaxassislar 
o‘rtamiyona  yoki  umuman,  past  saviyali  mutaxassisdan  farq 
qilinmadi.  Talaba-o‘quvchilarga  bo‘lgan  munosabat  ham 
shunday  edi.  Oliy  ixtisoslik ma’lumotiga ega bo‘lgan,  diplomli 
mutaxassislar  juda  ko‘plab  yetishtirildi,  ammo  ular  xalq 
xo‘jaligini  rivojlantirishning  talablariga  to‘la  javob  bera 
oladigan,  mustaqil  fikrlovchi  shaxs  sifatida  shakllanmaganligi 
va  tadbirkorlik  sifatlari  kam  bo‘lgani  uchun,  ba’zilari  ijtimoiy 
taraqqiyot  yo‘lida  va  ayni  vaqtda  xo‘jalikni  boshqarish  va 
rivojlantirish yo‘lida muayyan to‘siqqa aylanib qoldilar.
«Insonparvarlik», 
«adolatparvarlik», 
«tinchlik 
va 
demokratiya  tayanchi»  niqoblari  ostida  amalga  oshirilayotgan 
barcha  tadbirlar  ostida  g‘arazli  niyatlar,  buyuk  millatchilik, 
buyuk  davlatchilik  siyosati  yashiringanligi  tobora  ochiq-oydin 
bo‘lib qola boshladi...
Jamiyatni  tanazzul  va  inqirozga  mahkum  etadigan bunday 
illatlar  sho‘rolar  davri  ta’lim  tizimida  ham  o‘z  ta’sirini 
kuchaytirdi:  ta’lim  va  tarbiya  jarayonlari  bir-biridan  ajralib 
qoldi,  ta’lim-tarbiya  ataylab  milliy-tarixiy  zamindan  ajratib 
qo'yildi, 
ta’lim-tarbiyadan 
an’anaviy 
ustoz-shogirdlik 
tamoyillariga  pisandsizlik  bilan  qaraldi,  yoshlarning  ongi  va


dunyoqarashlarini  keng  miqyoslarda  rivojlantirish  o‘miga  bir 
kasb-korga, 
muayyan 
bir 
sohagagina 
oid 
bilim 
va 
ko‘nikmalami  egallashga  majbur  qilindi,  yuksak  ma’naviy- 
axloqiy  fazilatlar  qadrlanmadi,  yoshlarni  shaxs  sifatida 
barkamol  inson  qilib  tarbiyalash  o‘miga,  ularga faqat  dasturda 
belgilangan  bilimlami  o‘rgatishgina  asosiy  maqsad  qilindi, 
buning  oqibatida  talaba-o‘quvchi  turli  kasb-hunarlami  puxta 
egallash  o‘miga  guvohnoma,  diplom  egasi  bo‘lib  olish  payiga 
tushib qoldi, chunki ishbilarmonlik, tadbirkorlik, kasb-mahorati 
kabi  sifatlar o‘z  qadr-qiymatini  yo‘qotib,  uning  o‘mini  boshqa 
xususiyatlar,  ayniqsa,  salbiy  xislatlar  egallay  boshladi. 
«Baynalmilalchilik»,  «vatanparvarlik»  shiori  ostida  ta’lim- 
tarbiya  tizimida  yo‘lga  qo‘yilgan  tadbirlar,  ko‘pincha  yoshlar 
ongtda 
katta  og‘aynigarchilik  shovinizmi  va  buyuk 
davlatchilik 
g‘oyalarini 
qaror 
toptirishga 
qaratilganligi 
shundoqqina  ko‘rinib  turadi.  G‘arbiy  Yevropaning  jamiyat 
hayotida  va  xo‘jaligining  turli  tarmoqlarida  sodir  bo‘layotgan 
ijobiy 
hodisalar, 
taraqqiyparvar 
g‘oyalar, 
ilm-fandagi, 
texnikadagi  yutuqlar  «burjuacha  hayot»,  «reaksion  burjua 
tamg‘alari  bilan  kamsitilar  edi,  ularning  tub  mohiyati  ochib 
ko‘rsatilmay,  quruq  tanqid  qilinardi,  «sho‘ro  tuzumi  va 
kishisiga  yot  hodisa»  sifatida  qoralanar  edi.  Hamma  narsa 
inson  uchun,  hamma  yaxshi  narsalar  bolalar  uchun  degan 
shiorlar soxtaligi uchun kishilaming g‘ashiga tegar edi.
0 ‘zbekistonda  mustaqillik  sho‘rolar  davridan  meros  bo‘lib 
qolgan  bunday  illatlardan  jamiyatni  va  jumladan,  ta’lim-tarbiya 
tizimini  ham  butunlay  tozalashni  yangicha  va  haqiqatan  ham 
demokratik  tamoyillarga  asoslangan,  adolatli  huquqiy  fuqarolik 
jamiyatini barpo etish, ta’lim-tarbiya tizimlarini eng ilg‘or davlatlar 
tajribalari va milliy  an’analarimiz asosida qayta tashkil  qilish  kabi 
ulug‘vor va dolzarb vazifalami kun tartibiga qo‘ymoqda.


Ta’lim-tarbiya  tizimini  insonparvarlik  yo‘nalishida  tubdan 
o ‘zgartirish  va yangi  zamon  talablari  darajasiga  ko‘tarishining 
birinchi  sharti  unga  bir  butun  tizim  sifatida  yondashish  va 
shunga  muvofiq  ish  olib  borishdan  iboratdir.  Ma’lumki,  har 
qanday  barqaror  tizim  qismlar,  elementlaming  tuzulmalaridan 
tashkil  topadi.  Binobarin,  undagi  har  bir  qism,  element  o‘z 
o‘mida turganda va har qaysisi o ‘z vazifasini mukammal tarzda 
bajargandagina  tizim  tashqi  ta’sirlarsiz  o‘z-o‘zini  boshqarish 
tomon harakatga keladi.

Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish