Bog'liq xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Torpid (tormozlanish) bosqichi – bu bosqichda asab, yurak,
o‘pka, jigar, buyraklarning faoliyati pasayib ketadi. Qonda
yig‘iladigan zaharli moddalar tomirlar va kapillarlarni falajlaydi.
Bemor ahvoli keskin og‘irlashadi. Es-hushi saqlangan bo‘lsa
ham, ruhiyati qorong‘ilashgan, terisi oqargan, sovuq yopishqoq
ter bilan qoplanadi. Puls ipsimon tezlashib, arterial qon bosim
tushib ketadi, a’zolarga qon kelishi kamayadi. Kislorod tanqisligi
kuchayadi, bu esa asab hujayralarining juda tez o‘lishiga olib
keladi. Nafas olish pasayadi, yurak tonlari tez va bo‘g‘iq bo‘ladi.
Buyrak faoliyati buzilib, anuriya rivojlanadi. Shuning uchun ham
shok holatida reanimatsiya tadbirlari barvaqt va zudlik bilan
o‘tkazilishi kerak.
220
Shokning klinik kechishi og‘irligiga ko‘ra uch darajaga
bo‘linadi.