M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamshirasining



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamshirasining 
vazifalari:
1. Hamshira ishni boshlaganida quyidagilarni bajarishi shart:
bo‘limdagi  bemorlar  haqida  ma’lumot  yig‘ish  va  stabil 
 

bo‘lmagan  gemodinamikali,  terminal  va  koma  holatidagi, 
o‘pka  sun’iy  ventilatsiyasi  o‘tkazilayotgan,  operatsiyadan 
keyingi va psixozli bemorlarga alohida e’tibor berishi;
bemorlar  va  ularning  psixik  holatining  og‘irlik  darajasini 
 

baholashi;
arterial  qon  bosim,  puls,  nafas  olish  tezligi,  tana  harorati, 
 

diurez,  yuborilgan  suyuqlik  hajmini  o‘lchash  va  intensiv 
terapiya kartasida qayd qilishi;
qo‘yilgan bog‘lamlar holatini baholash (joyidan surilmagan-
 

ligi, ifloslanganligi);
kateterlar,  zondlar,  stomalar  holatining  va  mahkamlan-
 

ganligi  va  o‘tkazuvchanligini,  drenajlar  va  ulardan  chi-
qayotgan ajralmalarni baholashi;
yotoq  yaralar  paydo  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  sohalarda 
 

yumshoq to‘qimalar holatini baholashi;
monitor datchiklarining to‘g‘ri mahkamlanganligi, monitor 
 

ko‘rsatkichlari, o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparati ishi-
ni nazorat qilish;
bemor  kasalligini  hisobga  olgan  holda  uning  holatini 
 

(Fauler, Sims va boshqa holatlar) nazorat qilish.
2.  Ish  kuni  davomida  hamshira  quyidagilarni  bajarishi 
shart:


188
bemorlarni  yuvintirish  va  og‘iz  bo‘shlig‘i,  oralig‘i,  tashqi 
 

jinsiy a’zolariga ishlov berishi;
oqliklari va kiyimlarini almashtirishi;
 

bemorlarni ovqatlantirishi;
 

yotoq yaralarini oldini olishi;
 

koma holatidagi bemorlarda endotraxeal yoki traxeostomik 
 

naycha  orqali  hamda  og‘iz  bo‘shlig‘idan  balg‘amni  so‘rib 
olish yo‘li bilan traxeo-bronxial nafas yo‘llari sanatsiyasini 
amalga oshirishi;
nafas gimnastikasi va davolash fizkulturasini o‘tkazishi;
 

markaziy  venoz  va  peridural  kateterlar  atrofidagi  teriga 
 

ishlov  berish,  bog‘lamini  almashtirish,  operatsiyadan 
keyingi ifloslangan bog‘lamlarni almashtirishi;
oddiy  fizioterapevtik  muolajalarni  (ingalyatsiya,  xantal 
 

qo‘yish, oksigenoterapiya va b.) o‘tkazishi;
doimiy  kateter  yoki  sistostoma  orqali  qovuqni  antiseptik 
 

eritmalar bilan yuvishi (sutkada 2 marta);
nazo‘gastral zond orqali me’dani yuvishi.
 

3. Hamshira кип mobaynida shifokor quyidagi ко‘rsatmalarini 
bajarishi zarur:
dori moddalarini yuborish va infusion-transfuzion terapiya 
 

o‘tkazishi;
infuziyadan  so‘ng  markaziy  venoz  kateterga  geparinli 
 

«qulf» yuborish;
peridural kateterga dori vositalarini yuborishi;
 

me’da zondini qo‘yishi;
 

qovuqqa kateter qo‘yishi;
 

huqna qilishi;
 

qon yoki boshqa biologik suyuqliklarni tahlil qilish uchun 
 

olishi.
4.  Hamshira  klinik  o‘lim  yuz  berganda  reanimatsiya  tadbir-
larini boshlaydi.
5.  Hamshira  markaziy  vena  kateterizatsiyasi,  traxea  intubat-
siyasi, traxeostomiya, lumbal va plevral punksiya uchun jihozlar 


189
to‘plamini  tayyorlaydi,  ularni  o‘tkazishda  shifokorga  yordam 
beradi.
6.  Hamshira  nazorat  va  diagnostika  apparatlarni:  kardiomo-
nitor,  kardiograf,  elektrodefibrillator,  o‘pkaning  sun’iy  ventilat­
siyasi  apparatini  ishlatishga  tayyorlaydi,  ulaydi  va  ularning 
saqlanishiga javob beradi.
7.  Hamshira  jihozlarni  sterilizatsiyaga  tayyorlash  va  steril-
lashni amalga oshiradi, ishlatilgan materiallarni zararsizlan tiradi 
hamda  palatada  sanitar­profilaktik  tartibni  saqlashni  nazo rat 
qiladi.
8. Hamshira quyidagi tibbiy hujjatlarni rasmiylashtiradi:
bemorlar harakati hisobotini;
 

porsiyali talabnomani;
 

intensiv terapiya kartasini;
 

bo‘lim navbatchi hamshirasi jurnalini;
 

harorat varaqasini;
 

narkotik  va  kuchli  ta’sir  etuvchi  vositalarni  hisobga  olish 
 

jurnalini;
qon va qon komponentlarini quyish jurnalini;
 

qon o‘rnini bosuvchilarni quyish jurnalini;
 

laborator tahlillar va instrumental tekshiruvga yo‘llanmalarni;
 

mutaxassislar konsultatsiyasi uchun talabnomani;
 

qon  quyish  bo‘limiga  qon  va  qon  komponentlari  uchun 
 

talabnomani;
kasallik  tarixi  varaqasiga  narkotik  va  kuchli  ta’sir  etuvchi 
 

vositalar yuborilganligini qayd etadi.
Bundan  tashqari  hamshira  quyidagilarni  bilishi  va  bajarishi 
lozim:
bo‘limdagi apparatlarni ishlatishni bilishi (yoqish, o‘chirish, 
 

apparat ishini nazorat qilish);
bemor  ahvoli  yoki  laborator  tahlillar  ko‘rsatkichlarida, 
 

apparat nazorati ko‘rsatkichlaridagi har qanday o‘zgarishlar, 
qabul  qilingan  va  ajratilgan  suyuqlik  miqdori  haqida 
shifokorga o‘z vaqtida axborot berib turishi;


190
shifokor buyurgan tibbiy muolajalarni o‘tkazishni;
 

bemorlarni davolashda shifokorga malakali yordam ko‘rsa-
 

tishni; 
o‘zini-o‘zi  parvarishlash  tanqisligini  hisobga  olgan  holda 
 

ahvoli og‘ir bemorlarni parvarishlashni;
o‘pka  sun’iy  ventilatsiyasi  va  yurakni  yopiq  massaj  qilish 
 

ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish