Klinik hоlаti vа bеlgilаri. Klinik manzara tromb hosil
bo‘lishining tezligiga, tomirning katta-kichikligiga va kollateral-
larning soniga bog‘liq. Venalar trombozida qon aylanishining bu-
zilishi qon dimlanishi hodisalari (zararlangan vena sohasida sia-
noz, shish, og‘riq) bilan ta’riflanadi. Arteriyalar trombozida tomir
bo‘shlig‘i batamom bekilib, qon aylanishining asta-sekin buzilishi
(gangrena) ro‘y beradi. Arteriyalar emboliyasida to‘satdan keskin
og‘riq turadi, oyoqlar sovuq qotadi, tomir urmay qoladi va gan-
grena rivojlanadi. Bosh miya, yurak, o‘pka emboliyasida ular ning
faoliyati to‘satdan to‘xtab qoladi. Emboliya qisman bo‘lganida
a’zolar faoliyati batamom to‘xtamaydi va davo to‘g‘ri olib borilsa,
bemor hayotini saqlab qolish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |