qo ‘shimcha
kabilar;
2) chet tillarda, ayniqsa, rus tili va u orqali boshqa tillardan tayyor
term inlam i qabul qilish bilan: ply us, minus, fonema, biologiya, atlas, atom,
gramm.
Terminologiya keng m a’noda leksikaning bir qatlami bo'lib ijtimoiy
hayotning turli sohalarida qo'llaniladigan term inlarning m ajmuidir.
Terminologiya to r m a’noda fan yoki texnika, adabiyot, san’at yoki ishlab
chiqarishga xos term inlar yig'indisini tashkil etadi.
Fan-texnika, adabiyot, san’at va ishlab chiqarishning taraqqiy etib
borishi bilan term inologiya ham rivojlanib boradi, yangi term inlar paydo
bo'ladi. Ba’zi bir eskirib, keraksiz bo'lib qolgan term inlar esa iste’m oldan
chiqib qoladi.
Tilshunoslikda term inlam i tartibga solish masalasi har doim ham
dolzarb bo'lib kelgan. Har bir soha terminologiyasini tartibga solish bugun
ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. O'zbek tilshunosligida sohaviy terrni-
nologiyalami tartibga solish masalasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
Lekin qilingan ishlarning salmog'i bilan chegaralanib qola olmaymiz.
Chunki terminlami tartibga solish masalasini barcha soha terminologiyalarida
liam bir xilda olib borilyapti deb bo'lmaydi. Shu nuqtayi nazardan bu
yo'nalishda echim ini kutayotgan m uam m olar talaygina.
O 'zbek terminologiyasi to'laligicha bugunga qadar jiddiy shaklda
lingvistik tadqiqot obyekti bo'lm agan va barcha soha terminologiyalarini
tartibga solish masalasi deyarli hal etilmagan.
1 0 7
Mii'lumki, liar bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi
shu soha lerminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek,
larlibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki ilmiy
adabiyolda qo'llanadigan term in yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan
bo'lm as ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar
saqlanib qolaveradi. Shu bois, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsat-
kichi shu soha terminologiyasining «qat’iy ilmiy terminologiya»ga ega ekan-
ligi bilan ham belgilanadi. Buyerda «qat’iy ilmiy terminologiya» tushunchasi
biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uy-
g'unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni
ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan termi
nologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlami nazarda tutadi.
Terminlarning aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi,
madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Terminlarning rivojlanishi, tartibga solinishi
fanning har xil sohalarida turlicha b o ‘lib, m a’lum fanning taraqqiyotiga
bog‘liq. Bu taraqqiyot to ‘xtovsiz bo ‘lgani uchun yangi term inlarning kelib
chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida term in
larning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘11 an malar tuzish
uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir.
Terminlarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham
ta ’sir ko‘rsatadi. Demak, terminologiyani tartibga sohnishi nafaqat ilmiy
sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta b o ‘lgan masaladir.
Terminologiyani tartibga solishning samaradorligi term inlar bevosita
qo‘llanadigan quyidagi holatlarda yaqqol ko'rinadi: kasbiy ta ’limni to ‘g ‘ri
tashkil etishda, ishlab chiqarish amaliyotida b o ‘ladigan og‘zaki m uom a
lada, ilmiy va ishlab chiqarish jarayonlaridagi o ‘zaro yozishmalarda, mat-
baachilikda (ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish kabilarga oid adabiyotlarni
nashr etishda), chet el adabiyotlarini tarjim a qilishda va hokazo.
M a’lumki, har bir fan sohasi doimiy taraqqiyotda b o ‘ladi. Bu esa,
o ‘z navbatida, undagi tushunchalarning, ular orqali term inlarning ham
o'zgarib turishiga olib keladi. N o o ‘rin, asossiz tanlangan atam a m a’lum
davr o ‘tishi bilan ifodalangan tushuncha mazmuniga m os kelmasa, iste’
m oldan chiqadi, yangi atam a yaratiladi yoki uning sinonimi o ‘rnini
egallaydi. Shuning uchun ham atam a lug‘atlari m a’lum vaqt o ‘tishi bilan
qayta nashr qilinadi - to ‘ldiriladi yoki asossiz atam alar boshqa qulay va
aniq atam alar bilan almashadi. Demak, term inologiyani tartibga solish
bu doimiy va kundalik ishimiz bo‘lishi, shuningdek, u fan va texnika taraq
qiyoti bilan ham ohang takomillashib borishi lozim.
1 0 8
Tilshunoslikda terminlaming o‘zgarishi hamda yangi terminlaming paydo
bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqdir. Texnika taraqqiyoti
ta ’sirida terminologiya o'zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan,
ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining
um um iy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o'zgarib boradi. Texnik
malakaning endilikda m a’lum tor doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega
bo‘layotganligi va turli sohalaming mutaxassislari kundalik faoliyatida fan va
texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi term inlarga bo'lgan yuksak
talab bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni
talab etadi. Chunki jamiyat hayotida fan va texnika qanchalik katta ahamiyatga
ega b o ‘lsa, uni egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun term inlar
ham shunchalik m uhim ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan, term inlam i
tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir.
Fan-texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangi-
dan-yangi mashinalar, apparatlar, asbob-anjom lar va texnologikjarayon-
larning paydo bo'lishi bilan ulami ifodalovchi yangi term inlar ham vujudga
kelmoqda. Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko'proq kirib
kelgan bo'lsa, shu soha terminologiyasi to'xtovsiz ravishda kengayib bor-
moqda. M asalan, ana shunday sohalardan biri poligrafiya-nashriyotchilik
sohasidir. Mazkur soha taraqqiyotiga e’tibor bersak, bu sohaga texnik vosita-
laming kirib kelishi, asosan, yigirmanchi asr boshlariga to'g'ri keladi. Lekin
uning eng taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir. H ozirgi
zamonaviy poligrafiya-nashriyotchilik tarm og'i hujjatlarni tayyorlash va
ularning nusxalarini ko'paytirish, kitob holiga keltirish jarayonlarini o'zida
mujassamlashtirgan texnik vositalar qo'llanadigan yetakchi sohalardan
biriga aylandi. Natijada, ushbu soha lerminologiyasiga juda ko'plab yangi
tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy term inlar ham
kirib kelmoqda. Albatta, bunday o'zgarishlar o'zbek tilining ish ko'rish
doirasini kengaytirib, uning leksik sostavini yangi-yangi ilmiy va texnik
term inlar bilan boyitdi.
K o'pchilik hollarda yangi term inlar yaratish ishiga oddiy taijim a yoki
kalkalash jarayoni sifatida qaraymiz. Terminologiyadagi mavjud kamchilik
ham da tartibsizliklaming asosiy sabablaridan biri ham shundadir. Zotan,
yangi term in yaratish har taraflam a mukammal bo'lgan ijodiy jarayondir.
H ar qanday ilmiy-texnikaviy term in oddiy so'zning yoki so'z birikmasi-
ning terminologiyadagi aksi bo'lib, u aniq chegaralangan ham da belgilan-
gan m azm unga, bu m azm un esa, kontekstdan q at’iy nazar, faqat shu
terminga oid bo'lishi lozim.
109
K.M.Musayev terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir sha-
harga qiyoslaydi. Uning fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-
da, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakl-
lanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub bo‘lgan turli m e’morlar,
loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. U lar har bir qurilayotgan
inshootni yaxshi o ‘rganga,n holda barpo etadilar. Terminologiyani tartibga
solishdagi o ‘ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadi (Мусаев K.M.
Ф ормирование, развитие и современные проблемы терминологии.
— М.: Наука, 1986.).
Rus tilshunosi D.S.Lotte terminologiyaga bag‘ishlangan asarlarida barcha
sohaviy terminologiyalar uchun umumiy bo'lgan quyidagi jiddiy kamchi-
liklarni ko‘rsatib o ‘tadi:
1. Barcha terminologik sistemalar uchun taalluqli b o ‘lgan jiddiy kam-
chiliklardan biri term inlarning ko‘p m a’noliligidir. Bunda bir term in ikki
va undan ortiq m a’nolarda qo‘llanadi.
2. Hozirgi terminologiyadagi ikkinchi yirik nuqsonlardan biri terminlar
sinonimiyasi hodisasidir. Term in-sinonim (dublet)lar deganda muayyan
bir tushunchani ifodalash uchun ikki va undan ortiq term inning m uom a-
ladabo‘lishi tushuniladi.
3. Terminologiyadagi yana bir kam chilikbu m a’lum bir tushunchani
ifodalashga xizmat qiluvchi terminning anglatishi lozim bo'lgan tushuncha
mohiyatiga uyg‘un bo‘lmasligidir. Ba’zi holatlarda so‘zning aynan m a’nosi
bilan tushuncha mohiyati o ‘rtasida nomutanosiblik vujudga keladi.
4. Terminologiyadagi navbatdagi nuqson term inning ko‘p komponent-
lardan iborat b o ‘lishi va natijada, uni qollashdagi noqulaylikdir. Bunda
muayyan bir tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi term in ikki va undan
ortiq kom ponentlardan iborat b o ‘ladi. Bunday yasalishga oid b o ‘lgan
term inlarda, birinchidan, nutq iqtisodi, ya’ni ixchamligi buziladi, bu
esa. o ‘z navbatida, fikrlashga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, term in
kcragidan ortiq darajadauzun bo ‘lgandaellipsis (nutq unsurining tushib
qolishi) hodisasining vujudga kelish ehtim oli kuchayadi.
5. Yuqoridagi nuqsonga yaqin boTgan yana bir kamchilik bu - term in
t alaflu/.ining noqulayligi. Bunday terminlar ikki sababga ko‘ra vujudga keladi:
1) asosiy term inni yaratishda uning derivatlilik imkoniyatlari yetarlicha
inobatga olinmaydi; 2) xorijiy term inni o ‘zlashtirishda unga jiddiy e ’tibor
bilan qarab, tanqidiy yondoshilmaydi.
6. Terminologiyadagi eng katta kamchilik bu terminologiyani keragidan
ortiq miqdorda xorijiy term inlar bilan toTdirib tashlashdir. T o ‘g‘ri, hech
110
qanday til faqat o ‘z term in elem entlari hisobiga term inologiyasini qura
olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki, dunyoda sof tilning o ‘zi
um um an mavjud emas. H ar doim boshqa tillardan term in o'zlashtirish
jarayoni sodir b o ‘lib turadi, bu jarayondan chekinish m um kin emas.
Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham xorijiy terminlami sun’iy ravishda
tilga olib kirish har doim o'zini oqlayvermaydi. Bunday holatlarda ko'proq
o‘z til im koniyatlaridan foydalanish va bunda term in ifodalashi lozim
bo'lgan tu shuncha m ohiyati bilan term in o'rtasidagi m utanosiblikni
saqlashga e ’tiborni qaratish lozim.
7. K o'p hollarda b a’zi tushunchalarni ifodalovchi term inlar iste’molda
mavjud bo'lmaydi. Natijada bunday tushunchalar o 'ta muhim va ahamiyatli
bo'lishiga qaram asdan, keng tarqalish im koniyatidan m ahrum bo'ladi.
8. Y ana bir kam chilik shuki, term in yaratilishida u anglatishi lozim
bo'lgan tushuncha m ohiyati bilan o'zaro batartiblik (sistemalilik)ning
yetishmasligidir (Лотте Д.С. Основы построения научно-технической
терминологии. — М осква, 1961).
D.S.Lotte tom onidan ko'rsatib o'tilgan barcha soha terminologiyalariga
oid bu kamchiliklar, oradan 40 yildan ortiq vaqt o'tishiga qaram asdan,
bugungi kunda ham o'z aham iyati va dolzarbligini yo'qotm asdan turibdi.
M a’lumki, terminologik lug'atlar ham soha terminologiyasini tartibga
solishda o'ziga xos aham iyat kasb etadi. Akademik G '.A bdurahm onov
term inologik lug'atlarning m a’lum fan sohasiga xizmat qilibgina qolmay,
term inlam i tartibga solish, takom illashtirish ham da standartlashtirishda
ham muhim rol o'ynashini ta ’kidlaydi. Terminologik lug'atlar uchun term in
tanlash nihoyatda mas’uliyatli ish. Chunki har bir term in m a’lum tushun
chani to 'g 'ri ifodalashi, o'zi ifodalagan sohaga va ayni chog'da ona tilining
ichki qonuniyatlariga mos bo'lishi shart. Tanlangan term in bir m a’noli,
ixcham so'z yoki birikm adan iborat bo'lishi, qolaversa, u sinonimlarga
ega bo'lmasligi kerak.
Terminologik lug'atlar ko'pincha bir tilda yoki ikki tilda tuzilib, uning
vazifasi har bir sohadagi term inlam i izohlab, tushuntirib berishdan iborat.
Bunday lug'atlar “Maxsus lug'at”, ya’ni “Ayrim sohalar lug'ati” deb ham
yuritiladi.
Term inologik lug'atlar har qaysi soha bo'yicha, chunonchi, qishloq
xo'jaligi, falsafa, tabobat, tilshunoslik, geografiya, fizika, m atem atika,
geologiya kabi barcha sohalar bo'yicha tuziladi.
O 'zbek tilida T.N .Q ori Niyoziyning “ Ruscha - o'zbekcha m atem atik
term inlar lug'ati”, R.X.M axlin va M.D.Yagudayevlarning “Ruscha - o 'z
bekcha qisqacha botanika term inlari lug'ati”, Y.A.Yunusovning “Ruscha -
111
o'zbekcha qisqa fiziologik term inlar lug'ati”, M.A.Sobirovning “Ruscha -
o'zbekcha matematik term inlar lug'ati” va boshqalar ana shunday term i
nologik lug'atlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |