(Asos: Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 20 sentyabrdagi 09-01-sonli chora-tadbirlar rejasi)
T/r
|
Amalga oshiriladigan tadbirlar
|
Muddat
|
Mas’ullar
|
1
|
“1 oktyabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramini ko’tarinki ruhda nishonlash maqsadida har bir ta’lim muassasasida “Ustoz-qadri buyuk muallim!” mavzusida hududdagi el ardog’idagi faxriy ustozlar, Davlat va tarmoq mukofotlariga sazovvor bo’lgan ustozlar, yozuvchi va shoirlar bilan davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish.
|
2021 yil 20 sentabrdan 20 oktabrgacha
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov), metodistlar, maktab direktorlari
|
2
|
Ta’lim muassasalarida “Mening faxrim” mavzusida ta’lim sohasida o’rnak bo’lib, erishgan yutuqlari orqali ta’lim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qo’shayotgan o’qituvchilar va murabbiylarning fotostendini tayyorlash
|
2021 yil 20-30 sentabr
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov), metodistlar, maktab direktorlari
|
3
|
Ta’lim muassasalarida “Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!” mavzusida turkum tadbirlar (davra suhbatlari, anjumanlar, uchrashuvlar, ko’rgazmalar va h.k.) tashkil etish.
|
2021 yil 20 sentabrdan 20 oktabrgacha
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov), metodistlar, maktab direktorlari
|
4
|
“1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga bag’ishlab o’quvchi va o’qituvchilar o’rtasida turli tanlovlar o’rkazish
|
2021 yil 20 sentabrdan 20 oktabrgacha
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov), metodistlar, maktab direktorlari
|
5
|
Ta’lim muassasalarini bayram arafasida o’qituvchi va murabbiylarni ulug’lovchi, maktabning ulug’ dargoh ekanligini targ’ib qiluvchi, o’quvchilarni bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallashga da’vat etuvchi shiorlar va tasviriy vositalar bilan bezatish
|
2021 yil 20-30 sentabr
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov), metodistlar, maktab direktorlari
|
6
|
Tegishli mukofotlarga sazovvor bo’lgan o’qituvchilar va murabbiylar uchun mahalliy hokimliklarda qabul jarayonlarini uyushtirish, mukofotlarni topshirilishini tashkil etish
|
2021 yil 28-30 sentabr
|
Kadrlar bo’limi (A.Xo’jaqulov), maktab direktorlari
|
7
|
“1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ustozlarga bag’ishlangan “Siz ustozingizdan xabar oldingizmi” mavzusida chellenj e’lon qilish va uni tashkil etish
|
2021 yil 20-30 sentabr
|
Xalq ta’limi bo’limi barcha sho’ba rahbarlari, maktab direktorlari
|
8
|
Ta’lim muassasalarida o’quvchilar orasida “Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim” mavzusida insholar, “Mening ustozim” mavzusida rasm chizish tanlovlarini o’tkazish
|
2021 yil 20-30 sentabr
|
Metodistlar, maktab direktorlari
|
9
|
Bayram munosabati bilan o’qituvchilar murabbiylar o’rtasida ta’lim muassasalarida “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini o’tkazish
|
2021 yil 20-30 sentabr
|
Metodistlar, maktab direktorlari
|
10
|
Mehnat faoliyati davomidaalohida muvaffaqiyatlarga erishgan hamda bugungi kunda boshqa viloyatdan olis hududlarga kelib dars berayotgan pedagog xodimlarni ro’yxatini shakllantirish, ular bilan tuman hokimlarining uchrashuvlarini tashkil etish va ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish
|
2021 yil 20-30 sentabr
|
Kadrlar bo’limi (A.Xo’jaqulov), maktab direktorlari
|
11
|
Ta’lim muassasalari joylashgan hududda yashovchi yolg’iz keksalar, uzoq yillar mehnat qilgan xalq ta’limi faxriylari holidan xabar olish, ularni bayram munosabati bilan tabriklash, sovg’alar topshirish
|
Bayram arafasida
|
Kadrlar bo’limi (A.Xo’jaqulov), maktab direktorlari
|
12
|
Bayram munosabati bilan tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni Samarqand shahridagi muzeylar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlarga (bepul) sayohatlarini tashkil etish
|
2021 yil 20 sentabr-20 oktabr
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov),Kadrlar bo’limi (A.Xo’jaqulov), metodistlar, maktab direktorlari
|
13
|
Mehnat faoliyati davomida yuqori natijalarga va alohida muvaffaqiyatlarga erishgan pedagog xodimlar to’g’risida “1 oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga tabriklarni tuman markazlarida reklama tablolariga joylasdhtirish
|
2021 yil 20 sentabr-20 oktabr
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov),Kadrlar bo’limi (A.Xo’jaqulov), metodistlar, maktab direktorlari
|
14
|
“Ta’limga e’tibor-kelajakka e’tibor” rukni ostida maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda bayram arafalari viloyat va markaziy telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etish.
|
2021 yil 20 sentabr-3 oktabr
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov), XTB Matbuot kotibi (X.Aripov), maktab direktorlari
|
15
|
“1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga bag’ishlab ustoz va murabbiylar hayot va faoliyatini yoritib beruvchi ko’rsatuvlar tashkil etish, gazetalarda turkum maqolalar berib boorish, amalga oshirilgan ishlarni viloyat va respublika ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish
|
2021 yil 20 sentabr-20 oktabr
|
Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho’basi (Sh.Yusupov), XTB Matbuot kotibi (X.Aripov), maktab direktorlari
|