M aktablar uchun hujjatlar kanali "Tasdiqlayman"



Download 317,5 Kb.
bet1/15
Sana10.11.2022
Hajmi317,5 Kb.
#863616
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
yoshlar ittifoqining yillik hisoboti


M aktablar_uchun_hujjatlar kanali









“Tasdiqlayman”
___-maktab direktori:
__________________________

___________________________ XTB tasarrufidagi _____-umumta’lim maktabi yoshlar ittifoqi
____________________________________________ning 2019 2020-o’quv yiliga mo’ljallangan
HISOBOTI

T/r



Chora tadbirlar nomi



Ijro muddati

Chora-tadbirlar ijrosi




  1. Boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etishga qaratilgan tashkiliy ishlar

1.



Sinf va maktab sardorlar Kengashi a’zoligiga saylovlarni o’tkazish


3-9 -sentabr
kunlari


_______________________ XTB tasarrufidagi __-maktabda boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkillash maqsadida 07.09.2019-yil sinf va maktab sardorlar Kengashi a’zoligiga saylovlar o’tkazildi. Ushbu saylov o’quvchilar o’rtasida o’tkazilib, unga ko’ra o’tgan yil davomida sardorlik vazifasida faoliyat olib borgan o’quvchilar, shuningdek, har tomonlama berilgan vazifalarni o’z vaqtida tashkillash va barcha o’quvchi-yoshlar uchun odob-axloqi, o’quvchilar ichida o’zini tutishi, boshqara olish qobilyati borligi hamda bilim saviyasi bilan o’zini ko’rsata olgan a’zolar ichidan ham o’quvchilar sardorlik vazifasiga tayinlandi. Saylov jarayoni maktab o’quvchilar o’rtasida o’tkazilib, unda har bir o’quvchi mustaqil tarzida sinf hamda Maktab sardorligiga munosib nomzodlarga ovoz berishdi. Sayloy natijasidan so’ng, Yoshlar yetakchisi: M. Kodirova saylangan sardorlar bilan yaqindan fikr almashish, o’z vazifalari bilan tanishtirish va bajariladigan ishlar yuzasidan tushuntirish olib borish maqsadida, Sardorlar Kengashi yig’ilishini o’tkazishini aytib o’tdi. Saylovda Yoshlar yetakchisi: M. Kodirova , MMIBDO’: ___________________, Sinf rahbarlari va 546 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etishdi.



2.


Boshlang’ich tashkilotning xisobot-saylov yig’ilishini o’tkazish




10-15 sentabr kunlari



_______________________ XTB tasarrufidagi __-maktabda boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkillash maqsadida 10.09.2019-yil boshlang’ich tashkilotning “Xisobot-saylov yig’ilishi o’tkazildi. Xisobot-saylov yig’ilishini Yoshlar yetakchisi M. Kodirova olib borib, unda ishtirok etayotgan 18 ta sardorlarga tushuntirishlar olib bordi. U o’z nutqida “Kamalak” bolalar tashkilotining o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berdi. “Kamalak” bolalar tashkilotiga a’zo bo’lgan har bir o’quvchi ushbu ustuvor vazifalarni bilish kerakligini aytib o’tdi. “ Kamalak” bolalar tashkiloti o’quvchilarni huquqiy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishini, shaxsiy gigena qoidalariga rioya etishni, ekologik madaniyatni shakllantirishni, ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishtirishi haqida so’z olib bordi. “Kamalak” bolalar tashkilotining sakkizta yo’nalishi bo’lib, har bir sinfda yo’nalishlar bo’yicha sardorlar saylandi va “Kamalak” sardorlari saylanadi. 1-7 sinfgacha bo’lgan “Kamalak” yoshidagi o’quvchilar o’rtasidan quyidagi sakkizta yo’nalishlar bo’yicha sardorlarning ya’ni: Yurist consult, mehr-shavqat, ekason, mehnat, o’quv bo’limi sardori, matbuot bo’limi sardori, yetakchi bo’lim sardori, tashkiliy bo’lim sardorlariga bajaraladigan vazifalari tushuntirlib va har oy maktabda va sinfda amalga oshiriladigan tashkilliy ishlar to’g’risida “Kamalak” sardorlari xisobot berib borishlarini aytib o’tdi. Shuningdek, ushbu bajaraladigan ishlarni har bir sardor o’z sardorlari bilan birgalikda bajarishini aytdi. Yig’ilishda M. Kodirova “Ittifoq” sardorlari haqida ham so’z olib bordi. 8-11 sinflar o’tasida o’tkazilgan saylovda saylangan sardorlarning ham vazifalari tushuntirildi. Sardorlarga “Yoshlar ittifoqi” tashkilotining o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari to’g’risida ma’lumot berdi. Va ular ham sakkizta yo’nalishlarga bo’lingan bo’lib; Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy yo’nalishi, Iste’dodli yoshlar yo’nalishi, Tashabbus va loyxalashtirish, Salomatlik va ekalogiya yo’nalishi, Ijtimoiy- himoya yo’nalishi, Sport va harbiy vatanparvarlik, Siyosiy-huquqiy savodxonlik yo’nalishi, Press klub yo’nalishlari bo’yicha saylangan sardorlar, yo’nalishlari bo’yicha tayinlangan sardorlari bilan birgalikda berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlarini va har oy ushbu ishlari yuzasidan xisobot berib borishlarini aytdi.Yig’ilish qaror qildi: Yoshlar yetakchisi: M. Kodirovaning ushbu yig’ilishdagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Sardorlarni nazorat qilish Maktab sardori: B. Ziyovuddinov va Yoshlar yetakchisi: M. Kodirova zimmasiga yuklatilsin.



3.

“Kamalak” bolalar tashkilotiga a’zolikka qabul qilish marosimini tashkil etish

10-12-sentabr
kunlari



_______________________ XTB tasarrufidagi __-maktabda boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkillash maqsadida 07.09.2019-yil “Kamalak” bolalar tashkilotiga a’zolik qasamyodi munosabati bilan tadbir o’tkazildi.. Tadbirda 1-“A”,1-“B”va1-“D” 1-“J”, 1-“K”, 1- “I” o’quvchilari, _______________________ “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi J. Mo’ydinov, MMIBDO’: ___________________ Yoshlar yetakchisi: M. Kodirova va Sinf rahbarlar ishtirok etishdi. A’zolik qasamyodida“Kamalak” bolalar tashkiloti ustavi va dasturi haqida Yoshlar yetakchisi: M. Kodirova so’z olib bordi. Va o’quvchilar harakatning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda va ularni targ’ib qilishda faol ishtirok etishlarini aytishdi. Barcha o’quvchilar, yaxshi o’qishga, vatanga sodiq farzand bo’lishga, namunali xulqi bilan o’rnak bo’lishga qasamyod qilishdi. Shuningdek, A’zolik qasamyodi tadbirida o’quvchilarimizning ota-onalari va 568 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir muvoffaqiyatli va ko’tarinki ruhda o’tkazildi

4.



O’zbekiston Yoshlar Ittifoqiga a’zolikka qabul qilish marosimini tashkil etish

12-15-sentabr
kunlari

_______________________ XTB tasarrufidagi __-maktabda boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkillash maqsadida 12.09.2019-yil kuni O’zbekiston Yoshlar Ittifoqiga qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu a’zolikka qabul qilish tadbirida “8-A”, “8-B”, 8- “D”, 8-“J” 8- “I”, 8- “K” sinf o’quvchilari ishtirok etib, ularga O’zbekiston Yoshlar Ittifoqini maqsad va vazifalari keng tarzida tushuntirildi. Maktab o’quvchilari “Yoshlar Ittifoqi” ga a’zo bo’lishganidan o’zlarida ko’tarinkilikni his etib, bundan xursand bo’lishdi. Tadbirda MMIBDO’: A. Ismatov, Yoshlar yetakchisi: M. Kodirova , Maktab psixologi: U. Jo’rayev, Sinf rahbarlari va 280 nafar o’quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.Tadbir muvoffaqiyatli va ko’tarinki ruhda o’tkazildi.





5.



Tumandagi bir-biriga yaqin bo’lgan maktab yetakchilari o’rtasida o’zaro hamkorlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ushbu maktablardagi sardorlarni tajriba almashish ekskursiyalarini tashkil qilish.

sentabr

_______________________ XTB ga qarashli ____- umumtaэlim maktabi boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etish maqsadida tumandagi 2-maktab va 20-maktab yetakchilari o’rtasida o’zaro hamkorlik chora- tadbirlari ishlab chiqildi hamda ushbu maktablar o’rtasida “ Ittifoq’ va“ Kamalak“ sardorlari tajriba almashish maqsadida maktabga ekskursiya tashkil qilishdi. Ekskursiyadan maqsad “ Ittifoq’ va“ Kamalak“ sardorlari bir- birlari bilan o’zlaridagi yangi loyihalarni almashishdi. Yangi o’quv yilidan maktabga o’quvchilarni qiziqtirish, davomoti past o’quvchilar va o’zlashtirishlari sust o’quvchilarni darsga qiziqishlarini oshirish haqida fikr almashishdi hamda“Yoshlar ittifoqi” faoliyatini yanada rivojlantirish uchun berilgan topshiriqlar ustida ishlashlari va yangi innavatsion g’oyalarni kiritish to’g’risida suhbatlashishdi. Va doimiy hamkorlikda ishlashlarini aytib o’tishdi.



6.



Boshlang’ich tashkilot tizimidagi sardorlar uchun o’quv-seminar tashkil qilish.

sentabr, fevral, may

_______________________ XTB ga qarashli ____- umumta’lim maktabi boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etish maqsadida boshlang’ich tashkilot tizimidagi sardorlar uchun _______________________ “ Ittifoq’ va“ Kamalak“ sardorlari maktab sardorlari va sinf sardorlariga o’quv-seminarlar tashkil qilib “Yoshlar ittifoqi” faoliyati va o’z yo’nalishlari bo’yicha tavsiyalar berishdi. O’quv-seminarda 168 nafar o’quvchi ishtirok etdi. O’quv-seminari muhokamaga boy bo’lib o’tdi



7.

Boshlang’ich tashkilot Kengash yig’ilishlarini o’tkazish.



Har ikki oyda kamida bir marta



_______________________ XTB ga qarashli ____- umumta’lim maktabi boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etish maqsadida boshlang’ich tashkilot, “ Ittifoq’ sardorlariga haftaning Payshanba kuni, “ Kamalak“ sardorlariga haftaning Juma kunlari kengash yig’ilishlari bo’lib o’tkazishi aytib o’tildi. Kengash yig’ilishlarida oylik ish rejalar ko’rib chiqiladi va o’tgan oydagi sardorlarning bajargan ishlari yuzasidan ularning hisobotlari tinglanadi, yangi takliflar va qarorlar qabul qilinadi.

8.

“English conversation”, “Yosh ixtirochilar”, “Zakovat”, “O’quvchi-yoshlar teatri”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Yosh qalamkashlar”, “Munozara”, to’garak va klublarni faoliyatini yo’lga qo’yish.



Yil davomida

_______________________ XTB ga qarashli ____- umumta’lim maktabi boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etish maqsadida, maktabda yil davomida “English conversation”, “Yosh ixtirochilar”, “Zakovat”, “O’quvchi-yoshlar teatri”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Yosh qalamkashlar”, “Munozara”, to’garak va klublari faoliyat yuritib kelmoqda. O’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida ushbu to’garaklar tashkil etilib, unga qo’shimcha ravishda o’quvchilarning qiziqishi va istaklaridan kelib chiqgan holda maktabimizda “Raqs” to’garagi ham tashkil etildi. O’quvchilar to’garaklarga o’z vaqtida muntazam qatnashib kelmoqda. Bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlamoqdalar.

9.



Uyushmagan yoshlarni ijtimoiy yoki iqtisodiy foydali mehnatga jalb etish. mahallalar kesimida uyushmagan yoshlar ro’yxatini shakllantirish va ular uchun shaxsiy rivojlanish treninglarini tashkil etish. Ularni to’garak, klublar faoliyatiga keng jalb etish, ular o’rtasida turli xil sport musobaqalari tashkil etish.

Yil davomida



_______________________ XTB ga qarashli ____- umumta’lim maktabi boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etish maqsadida: Uyushmagan yoshlar ijtimoiy yoki iqtisodiy foydali mehnatga jalb etildi. Mahallalar kesimida uyushmagan yoshlar ro’yxati shakllantirildi. Ularni sportning baskedbol, fudbol, valleybol, stoll tennisi, shaxmat-shashka to’garaklari tashkil etilgan, ular o’rtasida turli xil sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Hamda ularning qiziqishlari va fikrlari bilan o’rtoqlashib, ularga yurtimizda yoshlarga berilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi va ularning rejalari bilan fikr almashinildi.

II. Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar

10.



“Ustozimga ehtirom” loyiҳasini o’tkazish.



  1. oktabr




Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozittsiya, keng dunyoqarashga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida 1- oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni ” munosabati bilan Sentabr oyining 3-haftasi boshlanishida biz o’quvchilar bilan birgalikda 1-oktabr “Ustoz va Murabbiylar” kuniga bag’ishlangan badiiy tadbir kechamizga tayyorgarlikni boshladik. Tayyorgarlik mobaynida o’quvchilar o’rtasida “Raqs” to’garagi va “Musiqa” to’garagi tashkil etilib ushbu to’garaklar tadbirimizni yanada chiroyli o’tishini ta’minlab berdi. Ustozlarga bag’ishlangan ushbu badiiy tadbirimiz 29-sentabr kuni o’tkazildi. O’quvchilar tadbirda Ustozlarga bag’ishlangan she’rlar, qo’shiqlar, bir-biridan jozibali raqslar, intermedialar va Ustozlar ishtirokida o’yin metodlari o’tkazishdi. Tadbir so’ngida barcha o’quvchi yoshlarimiz , tadbir ishtirokchilarimiz va Yoshlar yetakchisi bilan birgalikda “Biz yosh avlod vakillariga qolaversa “Ustoz va Murabbiy” larimizga berilgan hurmat va e’tibor hamda imkoniyatlarni yaratib berayotgan va O’zbek xalqining bugungi kunda tinch, totuv va xursandchilikda yashashiga fidokorona hissalarini qo’shayotgan Hurmatli Prezidentimizga chuqur hurmatimiz va minatdorchiligimizni namoyon etgan holda Vatnimiz madhini kuyladik. Ushbu tadbir dasturimiz o’zgacha xursandchilikda va muvoffaqiyatli o’tkazildi. Tadbirda 756 nafar o’quvchilar ishtirok etishdi.

11.


O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i hamda Konstitutsiyasi qabul qilinganligining ____ yilligi munosabati bilan “Bayrog’im-faxrim” tadbiri va “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” ijodiy ishlar tanlovini o’tkazish.




18 noyabr,
8-7 dekabr

Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozittsiya, keng dunyoqarashga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida 18-noyabr “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilingan kuni” munosabati bilan maktabning belgilangan chora- tadbirlari asosida quydagi tadbir o’tkazildi:
Maktab foyesi, kirish qismi o’zgacha tarzida bezatildi.” Iste’dodli yoshlar” to’garagi a’zolari bayramga bag’ishlab chizgan rasmlarini ko’rgazmalarini tashkil etdilar.
15-noyabr kuni ushbu bayram munosabati bilan “Ittifoq” sardorlari va “Kamalak” sardorlari a’zolari bilan birgalikda “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ining qabul qilinganilik kunini ____-yiligini bayramona tarzida o’takizishdi. Ushbu badiiy tadbirimizda: O’quvchi yoshlarimiz tomonidan milliy ramzimiz bo’lmish bayrog’imizga bag’ishlangan she’riy chiqishlar, kuy va qo’shiqlar va sahna ko’rinishlari tadbiq etildi. Ushbu badiiy tadbirimiz o’quvchi yoshlarimizda, o’zgacha tassurot qoldirdi. Tadbirmiz so’ngida ishtirokchilarimiz tomonidan Vatan madhi kuylandi va ushbu qo’shiq mobaynida, nafaqat ishtirokchilar balki tadbir tomoshobinlari ham jo’r bo’lib Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatlarini birgalikda tarannum etdilar. Ushbu badiiy tadbirimiz ko’tarinkilik darajada muvoffaqiyatli o’tkazildi. 7-dekabr kuni “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” qabul qilinganiligi munosabati bilan maktabimizda ushbu kunga bag’ishlangan badiiy tadbirimizni o’tkazdik. Badiiy tadbirimiz “Konstitutsiyamiz-bosh qomusmiz” mavzusida o’tkazildi. Tadbirimizda, “Ittifoq” sardorlari va a’zolari o’zlarining tashabbuslari bilan chiqishlarini namoyish etishdi. Tadbirimiz kuni maktabimiz kirish qismi va zali o’zgacha tarzida bezatildi. Tadbir mobaynida O’quvchi -yoshlarimiz tomonidan Vatanga bag’ishlangan she’riy ko’rinishlar, musiqiy chiqishlar va tadbir ishtirokchilari va o’quvchilar bilan birgalikda Konstitutsiyamizdagi moddalarni qanchalik darajada yaxshi bilishlarini namoyon etish maqsadida turli xil o’yin metodlari bo’lib o’tdi. Va tadbirimizni yanada bayramona tarzida ko’tarinkilik ruhda o’tishi va barchamizga xo’sh kayfiyat bag’ishlash maqsadida tadbirmizda bir-biridan chiroyli raqs ko’rinishlari ham namoyish etildi. Tadbir so’ngida o’zlarining faol ishtiroki bilan qatnashgan o’quvchi- yoshlarimiz munosib tarzida baholandi. Va Tadbir ishtirokchilari tomonidan “Vatan” ga bag’ishlangan “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston” qo’shig’I kuylandi. Ushbu badiiy tadbirimiz har tomonlama ko’tarinkilik ruhida va muvoffaqiyatli o’tkazildi. Tadbirda 460 nafar o’quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

12.


Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yakka tartibda uyda ta’lim oladigan o’quvchilar hamda mahallalardagi nogiron yoshlar uylariga tashriflar uyushtirish orqali “Biz sen bilan bir safdamiz”, “Tabassum ҳadya et” tadbirlarini amalga oshirish. Tadbir doirasida nogiron o’quvchilarni dars mashg’ulotlariga qatnashishiga imkoniyat yaratish.

Dekabr


3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan maktabning belgilangan chora- tadbirlari asosida quyidagi tadbir o’tkazildi:
Maktab zali, kirish qismi o’zgacha tarzda bezatildi. “ Iste’dodli yoshlar” to’garagi a’zolari bayramga bag’ishlab chizgan rasmlarini, ko’rgazmalarini tashkil etdilar.
3-dekabr kuni Yoshlar yetakchisi, “Yoshlar Ittifoqi” maktab sardorlari va sinf sardorlari, hamda maktabimizning iste`dodli o`quvchilari tomonidan “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag`ishlab ko`ngilochar dasturlarga boy bo`lgan tadbir o`tkazildi. Ushbu badiiy tadbirimizda: Ona Vatanimiz bo`lgan O`zbekistonni madh etuvchi ko`plab she`r va qo`shiqlar jajji o`quvchilarimiz tomonidan ijro etildi, raqslar guldastasi hamda sahna ko`rinishlari taqdim etildi. Har bir sinfda “Mehr quticha”lari tashkil etildi va hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtojlarga hamda nogironlarga esdalik sovg`alari topshirildi. Ushbu badiiy tadbirimiz ko`tarinki ruhda, tomoshabinlarning qarsaklari bilan yakunlandi. Tadbirda 402 nafar o’quvchi ishtirok etdi.


Download 317,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish