12
Taqrizchilar:
“Sug’urta va pensiya ishi kafedrasi”
dotsenti, i.f.n.
X.M.Shennayev
“KAFOLAT-sug’urta kompaniyasi” AJ Sug’urta bo’yicha direktori
i.f.n.
A.Sharobiddinov
13
Kirish
Respublikamiz sug’urta bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli
moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko’lamini
kengaytirish, sug’urta
tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada
iste’molchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol
investitsiyalar va
ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga sug‘urta
bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish maqsadida “Sug‘urta faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish, barcha majburiy sug‘urta
turlarini yagona hujjatga mujassamlashtirish va majburiy sug‘urtalanadigan
faoliyat turlarini kengaytirish, banklarga sug‘urta
agenti maqomini berish
hamda interaktiv, shu jumladan onlayn sug‘urta xizmatlarini kengaytirish
masalalari kiritildi
1
.
Shu bilan bir qatorda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlar yili”da
ilg‘or xorijiy tajriba asosida tibbiy sug‘urta mexanizmlarini
bosqichma-bosqich
joriy etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish kabi vazifalar belgilab berildi
2
.
Shuningdek
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
2 avgustda “O’zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va
uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-4412-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasining sug’urta
bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari belgilab
1
2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar
strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ID-1678.
2
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli “Faol tadbirkorlik, innovasion
g’oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g’risidagi Farmoni.
14
berildi
3
.
Mazkur o'quv-qo'llanmada sug‘urta biznesi fanining predmeti va ob’yekti,
sug‘urta biznesini sug‘urta faoliyati bo‘yicha turkumlanishi, sug‘urta mahsulotini
sotish va uni yaratish texnologiyasi,
sug‘urta bozorining
institutsional tuzilishi
va uning umumiy xarakteristikasi, sug‘urta biznesida sug‘urta vositachilarning
tutgan o‘rni va ular bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil etilishi, sug‘urta biznesida
moliyaviy faoliyatni byudjetlashtirish, sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy natijaning
shakllanishi, aktuariylar boshqarmasi va uning
faoliyatini tashkil etish, sug‘urta
zahiralari: sug‘urta zahiralari va uning umumiy xarakteristikasi,
sug‘urta biznesini
soliqqa tortish turlari va uning tartibi, sug‘urta tashkilotining aktuar hisoboti va
uning auditorlik tekshiruvini hamda sug‘urta tashkilotining bo‘limlar faoliyatini
tashkil etish bo’yicha nazariy va amaliy jihatlari o'z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: