M abduraimova, N. Abdullaeya



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527339
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
 
6.2 Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy resurslarni joylashtirishning nazariy 
asoslari 
 
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarini joylashtirish faoliyati 
yuqori risk darajasiga ega bo‘lgan sohalar biri hisoblanadi. Rossiyalik tadqiqotchi 
I.T.Balabanova riskka shunday ta’rif beradi: risk – yo‘qotishlar xavfining 
mavjudligi; omadga ishongan holdagi harakat. A.Mur va K.Xiarndenlar esa risk – 
xavf-xatar. Istalmagan hodisaning yuz berish ehtimolligi sifatida qaraladi va uning 
yuz berishi qimmatliklarning yo‘qotilishiga olib keladi, deya ta’rif beradi. Sharp 
U.F., Aleksandr G.Dj., Deyli DJ. tomonidan tayyorlangan “Investitsiyalar” nomli 
kitobda risk – investitsiya qiymati bilan bog‘liq noaniqlik deya ta’rif berilgan.
Risk o‘zi nima? Risk bu- qandaydir ko‘rinishdagi xavfli holatning yuz berish 
ehtimolligi, ammo ushbu holatning yuz berganligi emas. Ushbu risk bizning har bir 
bosgan qadamimizda ham, eydigan ovqatimizda ham, ichadigan suvimizda ham va 
biror-bir maqsad yo‘lida amalga oshiradigan ishimizda ham mavjud. Riskning yuz 
berishi esa bu hodisa. Hodisaning yuz berishi biz uchun hayotimizga, 
sog‘ligimizga, mulkimizga va iqtisodimizga zarar etkazishi mumkin. Bu 
zararlarning hajmi o‘z imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lgan darajada 
kichikroq bo‘lishi yoki o‘z imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lmagan 
darajada katta hajmda bo‘lishi mumkin.
Biz o‘z imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lgan darajadagi risk ham 
bizning keyingi faoliyatimiz uchun salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. O‘z 
imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lmagan riskning yuz berishi esa bizning 
keyingi faoliyatimizni butunlay izdan chiqarishi mumkin. SHuning uchun ham 
“sug‘urta” deb atalgan xizmat insoniyat jamiyatida uzoq yillar davomida 


142 
shakllangan va bugungi kun darajasiga etib kelgan.
Sug‘urta tashkiloti o‘zining boshlang‘ich kapitali, sug‘urta faoliyatidan olgan 
foydasi hamda jalb qilingan mablag‘lardan tashkil topgan vaqtinchalik bo‘sh 
mablag‘larni qo‘shimcha daromad olish maqsadida ishonchli va foydali sohalarga 
belgilangan vaqt oralig‘ida qaytib olish sharti bilan joylashtirishi investitsiya 
faoliyatdir. Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan olgan daromadi 
sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlar narxini 
pasaytirish imkonini beradi va bozordagi raqobatbardoshligini oshiradi.
Umuman olganda, sug‘urta tashkilotining faoliyatini ikki qismga bo‘lish 
mumkin: aktiv va passiv qismlar. Passiv qismda sug‘urta tashkiloti sug‘urta 
xizmatlarini sotish va qoplamalarni amalga oshirish maqsadida sug‘urta 
zaxiralarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Aktiv qismda esa vaqtinchalik bo‘sh 
mablag‘larni foyda olish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtirish, 
ya’ni investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanadi. 
Iqtisodiyot uchun sug‘urta tashkilotlarining aktiv hamda passiv qismdagi 
faoliyati ham birday muhim hisoblanadi. Passiv qismdagi faoliyati bilan iqtisodiyot 
tarmoqlarining barqaror faoliyati ta’minlanadi. Bunga mazkur tarmoqlarda 
kutilmaganda yuz bergan turli hodisalar natijasida ko‘rilgan katta miqdordagi 
zararlarni o‘z vaqtida qoplab berish bilan ish faoliyatining uzilishiga barham berish 
orqali erishiladi. Aktiv qismda esa passiv pul mablag‘larini aktiv kapitalga 
aylantirib, ya’ni investitsiya faoliyati orqali qo‘shimcha daromad yuzaga 
keltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son 
buyrug‘iga bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-
son bilan ro‘yxatga olingan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari 
to‘g‘risida”gi Nizomda sug‘urta tashkilotining investitsiyaga yo‘naltirilgan 
mablag‘lari ajratilgan aktivlardan hamda o‘z mablag‘laridan tashkil topganligi 
keltirilgan. 
Shundan kelib chiqib biz ushbu rasmda sug‘urta tashkilotlarining daromad 
manbalarini quyidagicha tasvirladik. 


143 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish