M. A1imardonov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar kafedrasi professori, I f. d B. Hamdamov



Download 5,54 Mb.
bet52/81
Sana04.04.2022
Hajmi5,54 Mb.
#528035
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)

Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi
tasarrufidagi suv xo'jaIigi tashkilotlari 3,5
enyergiyasi to'lovlari



3,4



3,3



3,3

Moliya vazirligi huzuridagi
Sug'ori1adigan yerlarning meliorativ 0,8
ajratmalar



0,9



0,8



0,9

Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo'jaligi
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 0,8
qo'llab-quvvatlash uchun maqsadli
mablag'lar

0,9

0,6

0,6

Boshqa xarajatlar 5,7

5,8

6,1

2,1



tomonidan iste'mol qilinadigan elektr-

holatini yaxshilash fondiga maqsadli


fermer xo'jaliklarini moliyaviy

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi


«Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq “Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2008-2012 yillarda yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilgan. Ushbu dastur doirasida maxsus fond tashkil etilgan bo'lib, ushbu fond mablag'larini shakllantirishga budjetdan xarajatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu fondga ajratmalarning 2016 yildagi miqdori jami budjet xarajatlariga nisbatan 0,9 foizni tashkil etgan.
“Hosildorligi past bo'lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetishtiruvchi qishloq xo’jaligi korxonalarini moliyaviy qo'1lab- quvvatlash tartibi to’g’risida”gi Nizomda davlat budjetidan ajratiladigan mablag'lar quyidagi yo’nalishlarda sarflanishi ko’zda tutilgan:

  • fermer xo’jaliklarining soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorliklari, boshqa joriy majburiyatlari, asosiy maxsulotlarni etishtirish uchun moddiy-texnika resurslar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun qarzlarini to'1ashga;

  • kelgusi yil hosili uchun sotib olinadigan resurslar va ko’rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan to’lovlarga;

  • yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini va xo’jalikning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq boshqa xarajatlarini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.

Ushbu xarajatlarning jami budjet xarajatlaridagi salmog'i 2016 yilga kelib 0,6 foizni tashkil etmoqda. Umumiy tendentsiyada pasayish kuzatilayotgan bo'lsa-da, nominal mazmunda uning o’sib borayotganligi kuzatilmoqda.
Investitsiyaviy moliyalashtirish va xalqaro chegaralar orqali o’tadigan kapital oqimlari iqtisodchilar va hukumatning e'tibor qaratadigan asosiy ko'rsatkich bo'lib qolishda davom etadi. Globallashuv atamasi ustida hanuzgacha bahslar davom etmoqda va u haqida aniq bir tugal xulosaga kelinmagan. Tarixan, boshqa mamlakatlar ishlab chiqarish salohiyatini
belgilashda investitsiyalar sezilarli o’ringa ega bo'lgan. Biror kompaniya yoki investitsiyalovchi banklar guruhining xorijdagi birorta ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritishi, investitsiya kiritilgan mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirgan va investor investitsiya qilgan mablag'ini tezda qaytarib olib chiqib ketishi osonlik bilan hal etib bo’lmaydigan masalaga aylangan. 1980- yillarning oxirida jismoniy kapitaldan farqli ravishda, aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy instrumentlarga xalqaro transaktsiyalar hajmi sezilarli darajada o’sdi. 1990-yillardagi Osiyo va rivojlananayotgan bozorlardagi inqirozlarning tezlashishining asosiy sabablaridan biri investorlarga o'zlari kiritgan sarmoyalarni tezda qaytarib olish imkonini beruvchi savdoga oid moliyaviy instrumentlarga qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi bilan bog'liq edi. 2007- yildagi yuzaga kelgan bozor inqirozi Qo’shma Shtatlarga jiddiy darajada takrorlanmadi. Biroq, Portugaliya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya kabi boshqa mamlakatlar investorlar mazkur mamlakatlar moliya bozorlaridan o'z1arining portfel investitsiyalarini olib chiqib ketganligi sababli qattiq bosimni boshdan kechirdilar.
Savdo balansida yuz berayotgan harakatlarning muhimligi bu hatti- harakatlar iqtisodiyotni moliyalashtirilishida qanchalik darajada ishtirok etayotganligi bilan belgilanadi. XIX asr o'rta1aridan 1980-yillarning o'rtalarigacha bo'lgan davrda AQSH iqtisodiyoti mamlakatning ichki manbaalari hisobiga moliyalashtirilgan. Milliy jamg’armalar xorijda amalga oshirilgan milliy jamg'armalar o'rtasidagi ijobiy saldo sababli milliy investitsiyalarni mablag’ bilan ta'minlash uchun etarli bo’lgan. Iste'mol tovarlariga uy xo'ja1iklarining sarflarining ortishi, jamg'arishning qisqarishi, davlat budjeti defıtsiti holatida, iqtisodiyotni investitsiyalashni tashqi manbaalar hisobidan moliyalashtirishga majbur bo’lindi. AQSH iqtisodiyotining muhim qismi ichki jamg'armalar hisobidan emas, balki xorijiy investitsiyalar orqali moliyalashtirildi. Bu xorijiy investitsiyalar AQSH hududidagi, biroq AQSHning iqtisodiyotining o’ziga tegishli bo'lmagan xorijiy aktivlar bo’yicha kelajakdagi da'vo1arni o'zida ifodalaydi.
Qo'shma Shtatlarda sanoat aktsiya va obligatsiyalarini chiqarish orqali, davlat qarzini istisno qilgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali moliyalashtirish iqtisodiyotni kengaytirish uchun foydali bo'lgan bo’lardi. Bu holada, AQSH davlat qarzi hisobiga investitsiyalash AQSH ning ichki ishlab chiqarish salohiyatini oshirmadi, balki bu erda moliyaviy ta'minlanish uchun hukumatning ehtiyojlari bilan investitsiyaviy moliyalashtirish uchun sanoat ehtiyojlari o'rtasida raqobpt yuzaga keladi. Makroiqtisodiy nuqtai nazardan, byujdet defitsitini bunday tashqi moliyalashtirish, kelgusida AQSH davlat sektori qarzlarining xorijiy kreditorlariga to’lovlarni amalga oshirish uchun AQSH tovar va xizmatlarining katta qismini uzoq vaqt davomida xorijda sotishga majbur bo'ladigan vaziyatni yuzaga keltiradi. Bu miqdor AQSH iste'moli yoki investitsiya uchun mavjud bo'lmaydi. Shunday qilib, savdo balansi, shuningdek umumiy to'1ov balansi beqarorligi, federal hukumat budjet defıtsiti bilan chambarchas bog'liqdir.
1990 yillar oxiridagi AQSH dagi jadal iqtisodiy o'sish bu fikrni tasdiqladi. Federal budjet 1998-yilda balansga erisha oldi. Bunda AQSH hukumati nafaqat budjet defıtitsitini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli qimmatli qog'ozlar chiqarishga ehtiyoj sezmadi, balki uch yil ichida budjetning profitsit qismiga G'aznachilik amalda oliy jinsdagi qarzlarini qaytarib sotib oldi. XX asr oxiriga kelib, defitsitni qoplash uchun xorijiy qarzdan foydalanish muammosi o'z dolzarbligini yo'qotib borayotgan edi, biroq 2002 yilning boshlarida yana yirik budjet defıtsitining yuzaga kelishi, federal budjet kamomadini qoplash uchun xorijiy investorlar rolini oshirib yubordi. Buning ustiga Amerika Qo'shma Shtatlarida uy maishiy jamg’arish darajasi nisbatan past darajada ekanligi qayd etildi.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish