Bog'liq ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)
OSHKOZON-ICHAK KASALLIKLARI BO‘YICHA KLINIK MASALALAR 59-masala. Poliklinikaga 42 yoshli bemor kelib bir yildan buyon oshqozoni soxasida
og‘riq sezishdan, ba’zi ovqatlarni iste’mol qilganda kuchli zarda qaynashidan shikoyat qidadi.
Keyingi 3—4 kun ichida ertalab va kechqurun oshqozoni sohasida kuchli og‘riq bo‘lishidan
qiynalayotganini aytgan. Ish qobiliyatini yo‘qotmagan. Og‘riq iste’mol sodasi ichgandan va
ovqat yegandan keyin bosilgan. Ba’zan kechasi turib ovqat yegan. Vazni sezilarli darajada
kamaygan. Tekshirilganda me’daning o‘ng sohasida og‘riq, borligi aniqlangan. Vrach bemorni
12 barmoq ichagida yarasi bor deb tekshirtirishga buyurgan:
a) ezofagogastroduodenofibroskopiya (EGDFS) qilish zarur;
b) oshqozonini rentgenda tekshirish kerak;
v) qonni analiz qilish kerak;
g) me’da shirasini tekshirish zarur;
d) najasni yashirin qon ketishiga tekshirish zarur;
1. Yuqoridagi tekshirish usullarining qaysi biri yara borligini tasdiqlaydi?
2. Bemorni davolash uchun ko‘rsatma bering.
60-masala. 29 yoshli bemorda o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lib, kasallikning
hamma belgilari bor va rentgen tekshirishlarida ham tasdiqlangan. Kasalligi oldingi safargiga
o‘xshab qaytalanganligi uchun kasalxonaga yotqizilgan. Bemor kasalxonaga yotganda unda
astenizatsiya belgilari aniqlangan va arterial qon bosimi juda xam past bo‘lgan. Bemor parxez
tutish bilan birga har xil dorilar bilan xam davolangan:
a) zaytun moyidan kuniga 1 choy qoshiqdan ikki mahal ichgan;
b) almageldan 1 choy koshiqdan ovk%atdan 1—3 soat o‘tgandan keyin ichgan;
v) kuniga ikki marta 0,1 g dan kofein ichgan;
g) 3% li tiamin bromiddan 1 ml dan mushak orasiga ukol kabul qilgan;
d) 0,25% li novokain eritmasidan kuniga 50 ml dan uch maxal ichgan.
1. Ko‘rsatilgan dorilarning kaysi biri yara kasalligini davolashda foydali hisoblanadi?
2. Qaysi bir dori notugri berilgan?
3. Yara kasalligini qaytalantiradigan yana uchta dorining nomini ayting?
61-masala. 55 yoshli bemor o‘n yildan beri kasal bulib, kasallik belgilari sust kechadi.
Ish qobilyatini yo‘qotmagan. Oxirgi oylarda og‘riq kuchayib, doimiy bo‘lib qolgan. Og‘riq ovkat
yeyish bilan bog‘liq emas. Boshqa a’zolarida kasallik alomatlari yo‘q. Ambulatoriyada rentgen
qilinganda me’daning antral qismida kattaligi 1 sm bo‘lgan yara aniqlangan.
1. Quyidagi belgining qaysi biri to‘g‘ri hisoblanadi?
a) kasallik qaytalangan;
b) yara ko‘shni a’zolarga teshib kirgan;
v) yara o‘smaga aylangan;
g) yara teshilgan;
d) rentgenda tekshirishda xatolikka yo‘l ko‘yilgan.
1. Tashxisni tasdiklash uchun qanday tekshirish usullarini qo‘llash kerak?