54- masalaga javob.
1. Bemorlarda yurak qon tomirlari yetishmovchiligi borligini sustak
(nitroglitserin) berilganda foyda qilishi qat’iy ravishda tasdiqlandi. Agar sustak berilganda og‘riq
qolmasa, u holda albatta og‘riq qoldiruvchi dorilar miqdorini ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Ayrim
bemorlarda jismoniy zo‘riqishda og‘riq bo‘lishi, kechasi og‘riq bo‘lmasligi yurak qon
tomirlarida skleroz va spazm borligini ko‘rsatadi. Bunday hollarda nitrongga β-
adrenoblokatorlar ko‘shib berilsa yaxshi natija olinadi. Agar bradikardiyaga moyillik bo‘lsa, V-
adrenoblokatorlar berish mumkin emas.
2. Bemorga qon tomirni kengaytiruvchi 4 xil dorini berish foydasiz hisoblanadi. Nitrong
va beta-adreno-blokatorlar berilganda, ular yurak ishini sekinlashtirishi xisobiga og‘riq qoladi.
Yurak ishemik kasalligida yurak qon tomirlari sklerozi bo‘lsa, ularni kengaytiruvchi intenkordin
va kurantil berilmaydi, aks holda qon oqishi susayib, stenokardiya kasalligi kuchayib ketadi.
Bunday kasallarga kurantilni antiagregant sifatida berib bo‘lmaydi. Papaverinni amaliyotda
yurak qon tomirlarini kengaytiruvchi dori sifatida qo‘llab bo‘lmaydi. Ba’zi paytlarda nikotinat
kislota kondagi xolesterin miqdorini kamaytiruvchi dori sifatida ishlatiladi (bemorda xolesterin
yuqori chegarada bo‘lganligi uchun). Amaliyotda nikotinat kislota xolesterinni kamaytiruvchi
dori sifatida ishlatilmaydi, chunki u xolesterinni oz mikdorda kamaytiradi. Parhez ovkatlar berish
bilan xolesterinni kamaytirish mumkin.
55-masalaga javob.
1. Yurakning ishemik kasalligi bor bemorlarda stenokardiya xuruji
bo‘lganda, bemorga o‘tirish yoki yotish tavsiya kklinadi, bu ularning ahvolini yengillashtiradi.
Chunki bemor yotgan vaktida markaziy qon aylanishi yaxshilanib, yurak ishi kuchayadi va
yurakda qon yetishmovchiligi yo‘qoladi.
2. Yuqorida aytilganlardan tashqari, bemor kaloriyasi kam ovqat iste’mol qilishi, vaznini
asta-sekin kamaytirishi, tuzni kam iste’mol qilishi va spirtli ichimliklar ichmasligi kerak
(ishtahani ochadigan mahsulotlar triglitserid miqdorini va arteriya qon bosimini oshiradi). Har
kuni badantarbiya va jnsmonii harakat qilish kerak. Jismoniy harakat o‘rtacha bo‘lsa,
stenokardiya xuruji kamayib, arterial bosim xam dorisiz normaga qaytadi. Agar bular bemorga
yordam bermasa, u holda sustakmite (1 tabletkadan ikki maxal) va obzidan (yurakning ishemik
kasalligi gipertoniya bilan bir vaqtda kechsa) 20 mg dan uch max,al beriladi. Bemor dispanser
nazoratida bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |