Shifoxonaga kelganda bemor qiyiklik bilan yiringli balg‘am ajratishi, harakat qilganda
hansirab qolishi va nafas qisishi huruj qilib turishidan shikoyat qilgan.
Obyektiv tekshirilganda
nafas olishi minutiga 24 marotaba, isitmasi 38,8°S ga ko‘tarilganligi aniqlangan. Perkussiya
qilinganda o‘pkaning ikkala tomonida quticha tovushiga o‘xshash
tovush aniqlangan,
auskultatsiyada nafas olish kuchaygan va tarkoq hushtaksimon quruq va nam xirillashlar
eshitilgan. Rentgenda tekshirilganda o‘pka tiniqligi ortgan va shakli o‘zgargan, pastki qismida
esa katta bo‘shlikli kekgaygan joylar ko‘ringan. Tashqi nafas funksiyasi tekshirilganda I darajali
restriktiv nafas yetishmovchiligi aniqlangan.
1. Klinik tashxis qo‘ying.
2. Quyida ko‘rsatilgan qaysi davolash usulini to‘g‘ri deb xisoblaysiz?
a) yukori dozada penitsillin
berish kerak;
b) ta’sir doirasi keng antibiotiklar berish zarur;
v) jarroxlik usuli bilan davolash kerak;
g) bronxoskop yordamnda bronxlarini yuvish zarur.
d) bronxolitiklar berish kerak.
7-masala.
60 yoshli I. ismli bemor tez yordam mashinasida
miya qon tomirlarida qon
aylanishining buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga keltirildi. Ko‘p yillar davomida bronxoektazli
bronxit kasalligi borligi sababli davolanib yurgan. Obyektiv tekshirilganda tana harorati 39,5°S
ga ko‘tarilgan, atrofga befarq. Asab sistemasi tekshirilganda o‘choqli o‘zgarish belgilari, o‘ng
miya yarim sharlarida zararlangan joy borligi aniqlangan. Rentgen tekshirishlarida o‘pkaning
ikkala tomonida o‘pka rasmi kuchaygan, shakli o‘zgargan va o‘pka
taniqligi ortganligi
aniqlangan. Yurak qisqarishlari soni minutiga 110 marotaba, arterial qov bosimi 150/80 mm ga
teng. Jigarning pastki chegarasi qovurg‘a yoyidan 3 sm pastda. Qon analizi: Nb—100 g/l,
leykotsitlar — 27X10
9
/l, miyelotsitlar—1, metamiyelotsitlar—3, P—12, S—62, L—15, M—7,
ECHT—55 m/soat, zaharlangan donachali neytrbfillar bor.
1. Qanday tashxis qo‘yasiz?
2. Qanday tekshirish usullarini qo‘llash kerak?
a) O‘pkani tomografiya qilish kerak;
b) bronxografiya qilish zarur;
v) suyak ko‘migini punksiya qilib tekshirish lozim.
g) orqa miyani punksiya qilish kerak;
d) exoensefalografiya qilish zarur.
8-masala.
45 yoshli L. ismli bemor «o‘tkir pnevmoniya» va «surunkali pnevmoniya»
ning qaytalanishi tashxislari bilan ikki marta kasalxonada davolangan. Shundan beri oz miqdorda
shilliqli balg‘am ajratib, yo‘talib yuradi, vaqti-vaqti bilan isitmasi 37,3—37,5°S gacha
ko‘tariladi, lohas bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda ozroq jismoniy zo‘riqqanda
ham hansirash paydo
bo‘lgan. O‘pkasi tekshirilganda o‘ng kurak ostida bronxial nafas, quruq va nam xirillashlar
eshitiladi. Rentgenda tekshirilganda o‘n o‘pkaning 4—5-segmentlari,
bronxlari atrofida
infiltratlar borligi aniqlangan, ECHT — 24 mm/soat, tashqi nafas olish funksiyasi restriktiv turda
buzilgan.
1. Qanday tashxis qo‘yish kerak?
a) surunkali yiringli-obstruktiv bronxit;
b) qaytalangan surunkali pnevmoniya
v) diffuz surunkali bronxit va surunkali pnevmoniyaning qaytalangan davri;
g) surunkali obstruktiv bronxit, o‘pka emfizemasi, diffuz pnevmoskleroz.
P. Surunkali bronxit va surunkali pnevmoniya mezonini (kriteriyalari) aytib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: